Qilsa zulm ul zolim, elni qilmag’il, yo rab zabun Chun tazallumdir ishim, doim meni mazlum qil
Men suygan suyukli shunchalar go’zal Oydanda go’zaldir kundanda go’zal
Chu jonimdin aziz jonona sensan Kerakmas jon menga sansiz badanda
14.TARSE’ – arabcha “ziynatlash. bezash, ipga marjon tizish” ma'nolarini ifodalaydi Baytda birinchi misra so‘zlari bilan ikkinchi misra so‘zlarining bir-biriga ohangdosh, vazndosh, qofiyadosh qilib tasvirlash usuli tarse’ deyiladi.
Yor etmas elmish, kishini g‘urbatda kishi Shod etmas emish ko‘ngulni mehnatda kishi.(Navoiy) Qamar yuzindin bo’lur munavar Shakar so’zindin kelur mukarra Sendek menga bir yori jafokor topilmas Mendek senga bir zori vafodor topilmas
Jondin seni ko’p sevarim, ey umri aziz Sendin seni ko’p sevarim ey umri aziz
15.MULAMMA’ – arabcha “yarqiroq, yarqiratilgan” ma’nosini ifodalaydi.
She’rning bir qismini bir tilda, boshqa bir qismini ikkinchi tilda yozish sana’ti mulamma’ deyiladi. Ba’zida bu san’at talmi’ deb ham yuritiadi. Talmi’ — ar. rang-barang qilmoq ma’nosini ifodalaydi
Mulamma’:
Do'stlaringiz bilan baham: |