Nodirbek habibullayev
Download 41.76 Kb.
|
Badiiy san'atlar
8.T A J О H U L I О R I F - arabcha “bilib bilmaslikka olish” ma’nosini ifodalovchi san’atdir. „Andin iboratturkim, so‘zlaguvchi bir nimani bilur, bir nuqta bila o‘zni bilmagandek ko‘rsatur“ (Atoulloh Husayniy). Ushbu san'at qo'llanilgan baytning mazmunida gumonsirash, ikkilanish, shubhalanish, hayratlanish, ajablanish tuyg'ulari yaqqol ko'zga tashlansa-da, shu hissiyotlar orqali haqiqat, asos jonli va go'zal tarzda gavdalanadi. Shoir baytda aks ettirilayotgan biron obrazli iborani aniq aytmasdan o‘zini bilib bilmaslikka olgandek ko‘rsatishni nazarda tutadi. Bu san’atda ko‘pincha mahbuba qiyofasi qiyosiy holda tasvirlanadi, bir yoki bir necha narsaga o‘xshatiladi. Shoirning o‘zini bilib bilmaslikka solish shartli bo‘ladi.
Malak yo xur, bilmon yo parisen? Bu raftor ila yo kabki dariysen? Baytda shoir mashuqani malak, hur, pari kabki dariylarga o’xshatadiyu, aniq qaysi biri ekanini takidlamay, o’zini bilmaslikka soladi. Aslida esa u maxbubani shularning barchasiga qiyoslab, uning benihoya go’zalligi diqqatimizni qaratyapti. Menglaring mushki Xo’tan yo nuqtai jondur,begim? Englaring vardi Eram yo bog’i rizvondir, begim? Baytda mahbuba menglari mushki Xo’tanga, jon nuqtasiga, englari esa Eram atirguli, jannat bog’iga qiyos qilinadiyu, lekin qaysi biriga o’xshashi aniq aytilmaydi. Chunki maqsad har ikkisiga tashbih qilishdir. Shoir mahbuba menglarining qoralik, xushboylikkada Xo’tan mushkiga, go’zallikda jon nuqtasiga, englarining esa ham Eram atirguli, ham jannat bog’iga o’xshashini ta’kidlayapti xalos. Download 41.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling