Nodirbek habibullayev
TALMEH – arabcha so‘z bo‘lib ma’nosi “nazarga solmoq, kо‘z qirini tashlash ”
Download 41.76 Kb.
|
Badiiy san'atlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vomiq-u Farhod-u Majnun
- Laylou Shirin
- «qo‘y»
4.TALMEH – arabcha so‘z bo‘lib ma’nosi “nazarga solmoq, kо‘z qirini tashlash ” ma’nosini bildiradi.
She’r yoki nasrda tarixiy va afsonaviy voqea, asar va qahramonlar nomiga ishora qilish vositasida fikrni qisqa, ixcham tasvirlashdir. Ko'p o'qurdum Vomiq-u Farhod-u Majnun qissasin, O'z ishimdin bul ajabroq dostone topmadim. (Alisher Navoiy) Boda mushtoqig‘a lutf ila qadah tut, soqiy, Yo‘qsa Jamshidg‘a ham aylamadi jom vafo.(Nodira) Husni naslidin seningdek oy paydo bo’lmadi, Mohi Kan’oniy dag’i ham muncha zebo bo’lmadi(Lutfiy) Sendin o’rgangan kibi Laylou Shirin zulmu kin, Mendin o’rganmak kerak Majnun bila Farhod ishq, (A.Navoiy) Jafo tegdi boshimg’a Layloyu, Shirinu, Uzrodin, Bukun Vomiq ila Majnun Farhodimni sog’indim.(Uvaysiy) 5.IYHOM – arabcha “shubhaga solish, chalg‘itish” ma’nosini ifodalaydi. Mumatoz adabiyotda iyhom haqiqiy va majoziy ma'nolarga ega. Shaklan bir, ma’no jihatdan bar xil bo‘lgan (jinsdosh) so‘z yoki so‘z birikmasini she’riyatda qo‘llagan holda bir baytda ikki xil ma’noni ifoda etish san’atidir. Labing bag'rimni qon qildi, ko'zimdin qon ravon qildi, Nega holim yomon qildi-men andin bir so'rorim bor. Zahiriddin Boburning g'azalidagi bu baytda "so'rorim" so'zi iyhom san'atini voqe qilyapti: yorning labiga ishtiyoqlik oshiqning bag'rini "qon" qildi, ko'zini qizartirib yubordi, holini yomon qildi, undan bir so'rishgina bu azoblardan qutqarishi mumkin degan mazmun ifoda qilingan. Garchi birinchi qarashda kitobxon "so'ramoqchiman" degan yuzadagi ma'noni ilg'asa-da, "so'rmoqchiman" tushunchasini anglagach, shubhasi tarqaladi. Lekin bu holatni ochiq-oydin ifodalamasdan, anglaydigan darajada sirli va pardali qilib tasvirlash-qalbni hayajonga soladi. Bosh qo‘yay dedim, oyog‘i tufrog‘iga dedi: «qo‘y» Bo‘sa istab la’li rangin so‘rditn. ersa dedi: «ol» qo‘y- 1)mayli, qo‘ya qol 2) qo‘y, kerakmas ol- l)qizil 2) ola qol Anga yetkurdi so’zni Mexri munir Ki: “Bu yanglig’ki, men bo’lubmen asir” Mexr-1) quyosh 2) ism Kun tushta ko’rgali seni tushti zavolg’a. Tush- 1) tush ko’rmoq 2) tush payt Oy tongg’a qoldi kecha boqib ul jamolga. Tong-1) tong 2) kuchli hayrat 6. T A M S I L – arabcha “misol keltirish” ma’nosini ifodalaydi. She’r baytining birinchi misrasida ifodalangan fikrga dalil sifatida ikkinchi misrada hayotiy bir hodisani misol qilib keltirish san’atidir. Ey ko‘ngil, jonni xayoli olida qil peshkash, Har nima bo‘lsa aziz, eltur kishi mehmon sori.(Lutfiy) baytida ikkinchi misrada keltirilgan hayotiy hodisa-mezbonning o'zi uchun eng aziz bo'lgan narsani mehmon oldiga qo'yishi birinchi misradagi fikr qiyosi emas, balki dalili, tasdiqiga xizmat qiladi. Baytdagi "Har nima aziz bo'lsa, kishi mehmoniga tutadi, shuning uchun, ey ko'ngul, sen ham joningni, ya'ni eng aziz narsangni yor xayoliga peshkash qil" mazmuni ham tamsil mohiyatini ko'rsatib turibdi. Download 41.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling