Nodirbek habibullayev


b)ig‘roq – (yoki ifrot) - Tasvirdagi aqlga sig'maydigan, inson tafakkuri mantig'iga to'g'ri kelmaydigan mubolag'a ig'roq yoki ifrot


Download 41.76 Kb.
bet3/23
Sana09.01.2022
Hajmi41.76 Kb.
#262556
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Badiiy san'atlar

b)ig‘roq – (yoki ifrot) - Tasvirdagi aqlga sig'maydigan, inson tafakkuri mantig'iga to'g'ri kelmaydigan mubolag'a ig'roq yoki ifrot (arabcha-haddan oshish, chegaradan tashqariga chiqish) deb yuritiladi: "Sar hovuzdan katta edi kosasi..." ( "Alpomish "), Semurg' uchganda bo'ron qo'zg'oladi, yashin uchganday bo'ladi, qanoti ko'kni qoplaydi (H. Olimjon, "Semurg") kabi. Ul sanamkim suv yaqosinda paritek o'ltirur, G'oyati nozuklukindin suv bila yutsa bo'lur.

Atoiyning tasviricha, bu sanam juda go'zal, go'yo nurdan yaratilgan, bir so'z bilan aytsak, parining o'zi, shunchalik nozikki, bir qultum suv bilan yutib yuborish mumkin. Bu aqlga sig'maydi, hayot mantig'iga tamoman zid keladi.



c)g‘uluv - Tasvirdagi tasavvur qilib bo'lmaydigan, haddan ziyod mubolag'ani hayotda hech kim ko'rmagan. Bu g'uluv (arabcha-1. Qiychuv; 2. Haddan oshmoq) deb yuritiladi: "Go'ro'g'li qilichining har hamlasi qirq ming lashkarning bo'ynini uzardi..." yoki "Ko'kan yig'layverib shudgorni ko'l qilibdi" (G'. G'ulom) kabi. "Jangchi Tursun"da ona-Vatan tuprog'ining har qarichini asrash lozimligini uqtirar ekan, "Qayoqqa chekinasan? Bormi keraksiz yering? Ne uchun odam bo’lding, kelmasang dushmanga teng?" deya hayqiradi:

Sening uchun butun elni Og'ir uyat tutsinmi? Seni ko'rganda quyosh Yuzini bekitsinmi?.. Ko'zing tushganda Amu Ilondek to'lg'onsinmi? Zarafshon uyatingdan Yantoq kabi yonsinmi?..

Bu kabi mubolag'alar aniq asarning g'oyasini ochishda eng zarur va yaratuvchan vositadir, ayni paytda, ular san'atkor qalbining bepoyonligini, tafakkurining xalqchilligini, shoironaligini ko'rsatadi.

2.LITOTA-(yunon. "Litotes"--oddiy, kichik)-tafrit (arabcha-mo'tadildan pastki holat) mubolag'aning teskarisi bo'lib, badiiy asardagi biror predmetni, hodisani, detalni bir necha barobar kichraytirib tasvirlash san'atidir. Narsa, hodisa qanchalik kichraytirib, Zaiflashtirib, kuchsizlantirib tasvirlansa, unga nisbatan tasvirlanayotgan narsa, hodisa ulkan va ulug'vor ko'rinadi. Shu sababga ko'ra, ko'pincha, litota mubolag'a bilan birga ishlatiladi. Xorazmiyning ushbu baytiga diqqat qilaylik: Bo'ying sarv-u sanobartek, beling qil, Vafo qilgan kishilarga vafo qil.

Baytda yorning qad-qomatini tasvirlar ekan, bo'ychanligini, bo'yining tikligini-xushqadligini (qarag'ayga) o'xshatib bo'rttirish maqsadida belini judayam ingichka qilib kichraytirmoqda.

3. TASHBEH – arabcha o‘xshatish ma'nosini.bildiradi.

Muayyan bir predmet, hodisani aniq tassavur qilish uchun uni boshqa tanish bo‘lgan narsa, hodisalarga o‘xshatish, qiyoslash orqali tasvirlanadi.


Download 41.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling