Nodirbek habibullayev
Download 41.76 Kb.
|
Badiiy san'atlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Balogat ilmi"
- (Atoulloh Husayniy)
NODIRBEK HABIBULLAYEV BADIIY SAN’ATLAR Badiiy san'atlar sharq mumtoz adabivotining o‘ziga xosligi, milliyligi, latofati, nazokati, rango-rangligi, jozibadorligi va ta'sirchanligini ifodalovchi tasvir vositasidir. Qadimda bu soha arablarda "Balog'at ilmi", fors-tojiklarda "Ilmi sanoye'" va bizda "San'at ilmi" deb yuritilgan. Bu ilm, asosan, uch qismdan tashkil topgan: Badiiy san'atlar uchga bo‘linadi: Lafziy san'atlar Ma'naviy san'atlar 3. Lafziy-yu ma’naviy san’atlat 1.Lafziy san 'atlar: Asarning til jihatidan jozibadorligi, ohangini ta’minilashga yordam beradi. Lafziy san’tlar she’riy nutqdagi so‘zning tovushi bilan bog‘liq.Ko‘proq shakl hodisasi sifatida ko‘rinadi.Uning: tardi aks, tasdir, takrir, tadrij, tajziya, tashtir, tasbe, tarse', tadvir,ishtiqoq, raddi matla', mukarrar, aks, saj', qaytariq, muvozina,muzoraa, iltizom, nido, radif, hojib kabi ko'rinishlari bo'lib, "Lafziy go'zalliklarning asosi uldirkim, alfozki ma'nog'a tobe' qilg'aylar" (Atoulloh Husayniy), ya'ni shakliy bamolik mazmun go'zalligining voqe bo'lishiga xizmat qiladilar. 2.Ma’naviy san’atlar: Asarning g‘oyalarini yorqin ifodalash, lirik va epik timsollarni hayotiyroq gavdalantirish. ularnig ma'naviy qiyofalari, his-tuyg‘ular ta'sirchanroq aks ettirishga xizmat qiladi. So'zning ma'nosi bilan bog'iiq she'riy san'atlar jamini ma'naviy san'atlar deb yuritiladi. Uning: iyhom, ittifoq, tadbix, faxriya, taqsir, irsoli masal, tashxis, intoq, tazod, husni ta'lil, iltifot, talmix, ruju', tazmin, muqobala, ta'riz, tanosib, tajnis, laf va nashr kabi o'nlab ko'rinishlari mavjud. Download 41.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling