Nodirbek habibullayev
Download 41.76 Kb.
|
Badiiy san'atlar
11.IRSOLI MASAL – arabcha “maqol kiritish” ma’nosini bildiradi. She’rivat va nasrda ifodalanayotgan biron fikrni isbotlash uchun xalq maqollaridan (matal yoki hikmatli so‘z ham ) keltirish san’ati irsoli masal sanaladi.
O’qlaring ko’nglumga tushgach kuydi ham ko’z, ham badan, Kim kuyar ulu quruq chun nayistong’a tushdi o’t. baytning ikkinchi misrasida keltirilgan “qamishzor (nayiston)ga o’t tushsa, ho’l-u quruq baravar yonadi”ma’qoli birinchi misrada aytilayotgan fikrni dalillayapti. Bir g‘amza yetar Lutfiyni devona qilurg‘a, Bordur masal: „А1 oqil-u kamfihul ishora“. (Lutfiy Baytning ikkinchi misrasida muallif “Oqilga ishora kifoya” mazmunidagi arab maqolidan foydalangan Sabr qilsang g'o'radin halvo bitar, Besabrlar o'z oyog'idan yitar. (Gulxaniy) Vahob Rahmonov yozishicha, "Ikki maqol keltirish, ya'ni irsol-u du masal namunasini Muhammad Niyoz Nishotiyning "Husn va Dil" dostonidan ko'raylik: Kimki qozar oqibat ul tushgusi, Kimki yoqar oxir o'shal pishgusi... 12.TANOSUB – arabcha “bir - biriga munosib” degan ma’noni ifodalaydi. She’r baytlarida ma’no jihatidan bir-biriga yaqin tushunchalarni anglatuvchi so‘zlarni qo‘llab, ular vositasida obrazli ifodalar, lavhalar yaratish san’ati tanosib deyiladi. Ko‘z birla qoshing yaxshi, qabog‘ing yaxshi, Yuz birla so‘zing yaxshi, dudog‘ing yaxshi, Eng birla menging yaxshi, saqoqing yaxshi, Bir-bir ne deyin boshtin-ayog‘ing yaxshi. Anda bir shox hokim- u voliy (shoh hokim voliy) Muliki ma’mur himmati oily(mulk, ma’mur) Bir yaqodin bosh chiqarib, barcha bir to’nga kirib, Bir o’ngirlik, bir tirizlik, bir yaqqo yenglik qiling. Soz bazmida navo ushoqg’a maxsus bo’lib, Changdek faryodlar mahzunu dilozorimga xos Sen husun ila boysan, senga chun farz durur haj Qil tengri uchun Ka’ba ko’nglimni ziyorat 13.ISHTIQOQ – arabcha “yorish, bo‘lish, so‘zdan-so‘zni ajratish” ma’nosini ifodalaydi. Bir o‘zakdan hosil bo‘lgan ma’nodosh so‘zlarni muayyan g‘oyaviy badiiy maqsadda ishlatish san’ati ishtiqoq deyiladi. Sarvinozim gul chog‘i gulshanga kirdi, ey nasim, Ham oni yelpi-yu, xam gul yaprog‘in boshiga soch(Navoiy) Jonimdek o’zga joni dilafkor ko’rmadim Ko’nglim kabi ko’ngulni giriftor ko’rmadim. Download 41.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling