Nodirbek qizi yashil suvo’tlar bo’limi va uning ekologiyasi


Xlorokokk – zoosporalar – Chlorococcales zoosporinae


Download 4.89 Mb.
bet8/17
Sana10.07.2023
Hajmi4.89 Mb.
#1659495
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
Yashil suvo\'t (risola)...

Xlorokokk – zoosporalar – Chlorococcales zoosporinae
Xlorokokk (Chlorococcum, 2.1 .6-rasm) turkumi turli substratlarda chuchuk suvlarda, tuproqda, toshlarda, daraxt po’stloqlarida, gul tuvaklarida o’sib, unga och yashil rang beradi. Hujayrasi sharsimon bir yoki bir necha pirenoidli. Zoosporalari cho’siq, ikki xivchinli, ona hujayra ichida 8 dan 32 tagacha hosil bo’ladi. Ular ona hujayra devorini yirib, suvga chiqadi, unda biroz suzib, xivchinlarini tashlaydi va po’st bilan o’ralib, yangi sharsimon hujayraga aylanadi. Keyinchalik bu yosh hujayra o’sib, ona hujayra shakliga kiradi. Jinsiy ko’payishi izogomiya.
Xloroxitrum (Chlorochytrium) turkumining vakillari endofit bo’lib yuksak o’simliklarning hujayra oralig’ida o’sadi. Hujayrasi sharsimon, ellipsoid shaklda. Bu turkumning eng ko’p tarqalgan vakili Chlorochytium lemnae ryaska o’simligi tanasida yashaydi. Uning yirik ellipsoid shakldagi hujayrasi esa Lemnae trisutea o’somligi hujayralari orasida yashaydi. Hujayrasi tiniq yashil rangda. Ko’p yadroli qalin po’st bilan o’ralgan. L.I.Kursanov va uning shogirdi N.N.Shemaxonovaning kuzatishlariga qaraganda Ch.Lemnae faqat jinsiy yo’l bilan ko’payadi. Jinsiy ko’payishi vaqtida hujayra dastlab reduksion bo’linib, keyin gaolpid hujayra (256) bo’laklariga ajraladi. Keyinchalik har qaysi bo’lakdan ikki xivchinli gametalar suvga chiqib bir-biri bilan komulyatsiya qiladi va to’rt xivchinli zigotaga aylanadi. Bu diploidli zigota rryaska o’simligining labchalari orqali epidermis hujayralari orasiga joylashib o’sib, ellipsoid shakldagi xloroxitrumga aylanadi. Xloroxitrum hujayrasi diploidliligi bilan boshqa yashil suvo’tlaridan farq qiladi. Uning faqat gametalari gaploidli bo’ladi.
Xloroxitrum hujayrasida yashil rang beruvchi xlorofill pigmenti bo'ladi. Shuning uchun ham u endofit bo'lishiga qaramay, avtotrof oziqlanadi. Amerika qit'asida o'suvchi murakkabguldoshlar oilasining barglarida Ryodochytrium yashaydi. Uning hujayrasidagi xlorofill butunlay yo'qolgan. Shu oralig'idagi organik moddalar hisobiga oziqlanadi.

9-rasm.Chlorococcum. A – voyaga yetga hujayra; B – zoosporaning hosil bo’lishi; V- zoosporaning ona hujayradan chiqishi; G – zoospore; D – yosh hujayra.
Xaratsium (Characium) bir hujayrali epifit suvo't. Xujayrasi uzun-cho'ziq yoki urchuqsimon bo'lib, asimmetrik tuzilishga ega. Substratga kichkina yumaloq tanachalar yordamida yopishib o'sadi. Ko'payishi ikki xivchinli zoosporalar yordamida sodir bo'ladi. Ona hujayra devori yirtilgandan so'ng zoosporalar suvga chiqadi.
Gidrodiksion yoki suv to'rchasi (Hydrodictyon) yirik mikroskopik senobial suvo'ti bo'lib, ko'proq ko'lmak va azotga boy chuchuk suvlarda o'sadi. Uzunligi 15 - 30 sm. Ba'zi turlarida silimdr yoki uzunchoq hujayralari uchtadan bo'lib, uchlari bilan tutashadi va likopchasimon shakldagi to'r hosil qiladi. Masalan, H. Africanium, H. Reticulatum hamma tomoni berk silindrga o'xshaydi.
H. Africanum kichik suv omborlari ostida to'planadi, uning hujayrasi silindr shaklda bo'lib, diametri 1 sm.
H. Reticulatum sinobial mikroskopik bo'lib hamma tomoni berk silindrga o'xshaydi. Uning bo'yi 0,5 m ga, eni 10 - 15 sm ga yetadi. Hujayra devori to'rt shaklda bo'lib, u uzunligi 1 sm li hujayra ualrning o'zaro (4 - 5 tanasining) qo'shilishidan hosil bo'lgan katakchalardan tuzilgan. Sitoplazma hujayra po'sti ostifa joylashgan. Hujayra markazini vakuola ishg'ol etadi, xromotaforalari ko'p perinoidli va ko'p yadroli.
Pediastrium (Pediastrum) toza suvlarda yoki substratga yolishgan holda o'sadi. Uning taraqqiyot davri gidrodiksionga o'xshash bo'lib, koloniyasi qalin po'stli, ko'p qirrali yadsi bargga o'xshaydi. U mikroskolik tuzilishga ega. Koloniyasi 4 tadan 128 tagacha hujayradan tashkil topgan. Koloniya chetidagi tekis hujayralar po'stidan 1 - 2 ta tikansimon o'simta chiqadi. Protoplazmasi ko'pincha yaxlit, unda kesilgan bir pirenokdli xromotoforga joylashgan. Hujayra uzoq vaqt bir yadroligicha saqlanib, qarigan hujayralari ko'payishi oldidan ko'p yadroli bo'ladi.

Download 4.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling