Nodirbek qizi yashil suvo’tlar bo’limi va uning ekologiyasi


Edogoniylar qabilasi – Oedogoniales


Download 4.89 Mb.
bet11/17
Sana10.07.2023
Hajmi4.89 Mb.
#1659495
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
Yashil suvo\'t (risola)...

Edogoniylar qabilasi – Oedogoniales

Bu tartibga ipsimon shakldagi shoxlanmagan, bir yadroli, substratga yopishib o’sadigan suvo’tlar kiradi. Hujayrasi yirik, o’yilgan, xromotoforali va ko’p perenoidli. Ularning o’ziga xos bo’linishi natijasida, hujayra po’stida “qalpoqcha” deb ataladigan halqasimon ilmoqlar vujudga keladi. “Qalpoqchalar”ning miqdoriga qarab, ularni boshqa yashil suvo’tlaridan osonlik bn farqlash mumkin.Bundan tashqari, monad hujayralari ko’p xivchinli bo’lib, xivchinlari zoosporalarining old qismida tojga o’xshab joylashgan. Bunday shakldagi monad hujayra stefanokant deb ataladi.
Edogonium (Oedogonium) ning zoospore tuzilishi electron mikroskopda yaxshi o’rganilgan. Edogonium chuchuk suvo’t bo’lib, yer yuzida keng tarqalgan. Tallomi shoxlanmagan op shaklida, yoshligida suv ostidagi substratga yopishib o’sadi, keyinchalik uzilib suv betide suzadi. Hujayrasi silindr shaklida, usti bir qavat yupqa po’st bilan o’ralgan. Hujayra devoir atrofida sitoplazma va bitta yirik yadro hamda to’rsimon ko’p perenoidli xromotofora bor.

  1. Briopsidlilar yoki sifonlilar qabilasi – Bryopsidales-siphonales

Bu tartibga kiruvchu suvo’tlarga oziga xos tuzilgan, ya’ni tallomi bog’imlarga bo’linmay yaxlit bo’lgan, go’yo bir gigant hujayradek turkumlar kiradi. Tallomi tashqi tomondan ancha defferensiyalangan, qalin, ba’zan bir necha qavatli po’st bilan o’ralgan. Hujayra devoir atrofida sitoplazma, ko’plab mayda yadro va pirenoidsiz tariqsimon xromatafora bo’ladi. Xramataforalarida xlorofill va karatinoidlardan tashqari sifongin va sifonoksantin pigmentlari bo’ladi. Ko’payishi vegetative va jinsiy yo’ bilan boradi. Jinssiz ko’payish kuzatilmaydi. Jinsiy ko’payishi geterigomiya va ba’zan izogomiya. Ular aksariyati tropic dengizlarda ayrim turlari qora dengiz va shimoliy dengiz suvlarida keng tarqalgan bo’lib, toshlarning ustida yopishgan holda o’sadi.
Qora dengizning uncha chuqur bo’lmagan suv osti toshlarida briolsis turi keng tarqalgan. Uning yopishib o’suvchi rizoididan tikka osib chiqqan yog’on ipning ichlari “patsimon” shozlangan. Bular o’z navbatida yana bir yoki ikki martta shoxlanishi mumkin. Bunday shoxlangan ip bitta yaxlit hujayradan iborat bo’lib, uning markazini vakuol ishg’ol etadi. Ikki fazali fazali geterotrof taraqqiyot sikli B. plumose turida aniqlangan. Tallomi murakkab tuzilgan va differensiyalangan vakillariga Caulerpa misol bo’ladi. Uning ko’pchilik turlari tropic dengizlarda, ba’zi turlari, masalan, C. prolifera o’rta dengizda tarqalgan. Kaulerning uzunligi 50 sm va ba’zan undan ham uzunroq, 1 m ga yetadigan populyatsiyalari ham uchraydi. Kodium (Codium) ning oddiy sifonsimon iplarining chigallanishidan psevdoparenximatoz makraskopik tallom hosil bo’ladi. C. tomentosum Qora dengizning 10 m chamasi keladigan chuqurlikda o’sadi. Tallomi substratga disksimon bazal qismi bilan birikadi. Kuchki shoxlangan, yog’onligi 8 mm va uzunligi 50 sm ga yetadigan to’q yashil iplar ko’rinishida bo’ladi.
Sifonli suvo’tlarning ba’zi vakillari tallomi halqa shaklida joylashib, shoxlangan, vegetatsiya davrida faqat bir yadroli, hujayra devoir atrofida karbonat kalsiy tuzlari to’plangan va xramataforlari perenoidsiz bo’ladi. Bunday tuzilish dazikladus (Dasycladus) va asetabulariya (Acetabularia) – (tallomi tik o’suvchi poyachadan iborat, uzunligi 3 – 5 sm). turkum vakillarida uchraydi.
O’rta dengizda D. clavaeformis keng tarqalgan bo’lib, qalin o’tloqzorlar hosil qiladi. Uning shoxlangan pufaksimon ipi 5 mm uzunlikda bo’ladi.


  1. Download 4.89 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling