Tetrasporalilar qabilasi (Tetrasporales)
Bu tartibning eng xarakterli belgisi ularning tallomining begetatsiya davomida palmelloid holatga o’tishidir. Shuning uchun ba’zi adabiyotlarda ular volvokssimonlar tartibiga qo’shib o’rganilgan. Bu tartibning tipik vakillari apiosistis (Apiocystis) va tetrospora (teraspor) lardir. Apiosistisning tallomi noksimon shaklda bo’lib, sirti shilimshiq bilan o’ralgan koloniya hosil qiladi va boshqa suvo’tlarga yopioshib o’sadi.
7-rasm. Apiocystis. Koloniyasining ko’payishi
8-rasm.Apiocystis. Koloniyasining umumiy ko’rinishi.
Tetrasporaning tallomi shaklsiz holatga o’xshash shilimshiq koloniyadan iborat. Bunday koloniyani oddiy ko’z bilan ko’rish mumkin. Har ikkala turkuimning koloniyasi ichida hujayralar yakka holda xlaminomonadani eslatadi. Koloniya ichidagi har qaysi hujayra harakatsiz xivchinga o’xshash ikkitadan ipchaga ega. Bu ipchalar psevdosil deb ataladi. Elektron mikroskopda tekshirilganda, ularning bazal tanachalari xlominimanadaga o’xshash yulduzsimon qirralardan tuzilgan bo’lib, yashil suvo’tlari xivchinlarigba o’xshash. Opiosiostis va tetraspotra jinssiz ko’paygan vaqtda shilimshiq koloniya zoosporaga aylanadi, zoospora ikkita haqiqiy xivchinga ega. Zoospora shilimshiqdan chiqqandan keyin, biro z harakat qilib, yangi koloniyaga aylanadi., Jinsiy ko’payishi izogomiya.
Xlorokokklilar yoki protokokklilar qabilasi – Chlorococcales, Protococcales
Bu tartibga kokkaid, bir hujayrali, koloniyali va senobiy shakldagi suvo’tlar kiradi. Xrokokklarning hujayrasi xuddi vovokslarnikiga o’xshash tuzilishga ega bo’lib, hujayra ichida sitoplazma, pirenoidli kosachasimon xromotofor, markazida bitta yadro joylashadi. Ularda xivchin, qisqaruvchi vakuola va sigma (qizil ko’zcha) bo’lmaydi. Suv to’ri hujayrasida yirik vakuola bo’lib, hujayra devoir atrofida ko’p yadroli sitoplazma va xramatafora joylashgan. Jinssiz ko’payishi zoosporalar va aplonospor (avtospor) lar vositasida boradi. Senobiy turlarida zoosporalar va aplanasporalar volvokssimonlarga o’xshash ona hujayra ichida qiz senobiy hosil qilib o’sadi.
Jinsiy ko’payishi izo, getero va oogomiya. Jinssiz ko’payish vaqtida hosil bo’ladigan zoospore va aplonasporaga asoslanib, bu tartib ikki guruhga: xlorokokk – zoosporalar (chlorocales – soosporinae) va xlorokokk – avtosporalar (chlorococcales autosporinae) ga bo’linadi. Ikkala guruhning ayrim turkumlari ustida to’xtaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |