Nodirbek qizi yashil suvo’tlar bo’limi va uning ekologiyasi


Xaralar yoki nurlilar ajdodi


Download 4.89 Mb.
bet15/17
Sana10.07.2023
Hajmi4.89 Mb.
#1659495
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Yashil suvo\'t (risola)...

2.3.Xaralar yoki nurlilar ajdodi
Xarasimonlar sinfining hozirgi zamon vakillari bitta tartib haralilar (Charales) ni tashkil qiladi. Ular bir oila-xaradoshlar (Characea ) va olti turkumdan iborat. Keng tarqalgan turkumlari hara (Chara) va nitella (Nitella) dir.
Bular boshqa yashil suvõtlardan, murakkab tuzilgan jinsiy organlari va tallomning morfologik tuzilishi bilan farq qiladi.

18-rasm.Chara. Tallomining umumiy ko’rinishi
Xara ning tallomi tikka õsuvchi bõyi 20-50 sm (ba’zan 1 m) gacha yetadi. Boshpoyasing halqa shaklida shoxlanishi qirqbõğimga õxshaydi. Boshpoya va undan õsib ciqqan yon shoxlari tõxtovsiz õsish xususiyatiga ega, bõğim ham bõğim oraliqlariga bõlingan. Xaraning bõğim oraliğidagi hujayralar ust tomondan maxsus põstloq bilan qoplangan. Boshpoya qismida “barglarni”eslatuvchi shoxchalar halqa shaklida joylashgan. Har bir bosh poyaning uchida bir tõda yosh “bargcha” lardan tashkil topkan õsish nuqtasi bõladi.
Xara hamisha va qat’iyan tik õsadi. Uning õsishi poyaning õsish konusiga joylashgan bitta yarim sharsimon kõrinishdagi hujayraning bõlinishi xisobiga boradi. Dastlab õsish nuqtasidagi apikal hujayra asos tomonga qarab, parallel joylashgan sigment hujayra hosil qiladi. Bu hujayralar õz navbatida, qõshbotiq va qõshqavariq shakldagi hujayralarni atrofga ajratadi.
Qo’shqavariq hujayra boshqa bo’linmay, bo’g’im oralig’iga aylanadi. Bu vaqtda bo’g’im hosil qiluvchi qo’shbotiq hujayra ko’ndalang to’siq bilan ajralib, keyinchalik ulardan “barglar” hosil bo’ladi. “Barg” asosining ustki bo’g’im hujayralaridan, o’sishi chegaralanmagan “poya” shoxchalar taraqqiy etadi.
Hujayralari sellyulozali po’st bilan o’ralgan bo’lib, tashqi qavati kalsiy korbanat tuzlari bilan to’yingan. Sitoplazma hujayra po’sti devori aytofida joylashgan bo’lib, ichida ko’plab mayda, disksimon perenoidsiz xromotoforlari joylashgan. Hujayra po’sti qum to’planganligi uchun g’adir-budur va mo’rt bo’ladi. Sitoplazma ichlarida joylashgan yirik vakuola bilan tutashgan joyda aylanma harakat qiladi. Xaralarda jinssiz ko’payish kuzatilmaydi. Ular vegetativ va jinsiy yo’l bilan ko’payadi. Vegetativ ko’payishi rizoidlaridagi tugunchalarining o’siahidan yangi tallom hosil bo’ladi. Jinsiy ko’payishi oogomiya.
Odatda, oogoniy bilan anteridiy bir tup o’simlikda (bir uyli), ayrim hollarda har xil tuplarda (ikki uyli) rivojlanadi.



Download 4.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling