Nodirbek qizi yashil suvo’tlar bo’limi va uning ekologiyasi


III-BOB. YASHIL SUVO’TLAR BO`LIMINING EKOLOGIYASI


Download 4.89 Mb.
bet16/17
Sana10.07.2023
Hajmi4.89 Mb.
#1659495
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Yashil suvo\'t (risola)...

III-BOB. YASHIL SUVO’TLAR BO`LIMINING EKOLOGIYASI


3.1.Yashil suvo’tlarning tabiatdagi ahamiyati
Yashil suvo’tlar bo’limining ekologiyasi hamda tabiatdagi ahamiyati juda katta. Uning tarkibidagi pigmentlar, yog’, uglevod hamda vitaminlar baliqlar hamda inson uchun ozuqa hisoblanadi. Nafaqat bu balki atmasferaga, suvga toza kislorod ishlab chiqarib, boshqa zararli moddalarni yig’ib, suv va havoni ifloslanishini oldini oladi. Lekin antrapologiya ta’sirida ya’ni insonlar suvlarga chiqindilar tashlab ularni ifloslantirishi, sug’orish ishlarini noto’g’ri amalga oshirish natijasida suvlarni qurib qolishi ( masalan Amudaryo va Sirdaryoda suvni noto’g’ri foydalanishi sababli suvi kamayib, Orol dengizini qurib qolishi), katta zavot va fabrikalardan chiqayotgan zararli kimyoviy moddalar ham suvo’tlarga ta’sir qilib, ularni qirilib ketishi yoki turlarning kamayishiga sabab bo’lyapti. Buning oldini olish maqsadida insonlar suvlardan oqilona foydalanishi, atrof muhitga, ekologiyaga ko’proq e’tibor qaratib, ularni himoya qilishi zarur.
Yashil suv o’tlari tabiatidagi ahamiyati:
1. Ular yosh baliq, zooplanktonni hazm qilishda muhim zanjirdir.
2. Ko’p miqdorda yashil suv o’tlari suv muhitini kislorod bilan ta’minlaydi.
3. Suvni tozalash uchun biologik filtr rolini o’ynang – yashil suv o’tlari hujayralari hujayra membranasi orqali suvda erigan organik moddalarni o’zlashtiradi.

19-rasm. Suvo’tlarning gidroekotizmdagi o’rni.

3.2. Yashil suvo’tlarning inson hayotidagi ahamiyati


Inson hayotidagi yashil suv o’tlarining ahamiyati:
1. Yashil protokokk suv o’tlari tarkibida to’yimli va yuqori mahsuldor xususiyatlarga ega bo’lgan boshqa qimmatbaho birikmalar mavjud. Ularni etishtirishga sarflanadigan minimal xarajatlar tufayli bu turdagi suv o’tlari xlorofill va vitaminlar ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida ishlatiladi. Ular qishloq xo’jaligi hayvonlari uchun ozuqa sifatida ishlatiladi.
2. Sanoatda filamentli yashil suv o’tlari ishlatiladi – ulardan yuqori sifatli bardoshli qog’oz tayyorlanadi, etil va vino spirtlari, aseton va shu kabilar olinadi.
3. Ba’zi turlar bir qator mamlakatlar aholisi tomonidan oziq-ovqat uchun ishlatiladi. Ushbu maqsadlar uchun, masalan, Yaponiyada Ulva va Enteromorpha maxsus etishtiriladi.
4. Yashil suvo’tlarining ayrim turlari fiziologik faol moddalar ishlab chiqaruvchilari sifatida ishlatiladi. Haematokokk turining turlari sanoat miqyosida astaksantin karotenoidlarini, botryokokkni – lipidlarni olish uchun etishtiriladi.



20-rasm. Suvo’tlarning inson hayotidagi ahamiyati. Oziq-ovqat, sanoat, kosmetik va formatevtikada foydalanishi.



21-rasm. Kogane daryosida tabiiy o’sadigan Suizenji Nori ta’sviri.

Shu bilan birga, yashil suv o’tlari salbiy ahamiyatga ham ega – masalan, ularning suv havzalarida ko’payishi baliq ovlash davrida baliq ovlashning murakkablashishiga, shuningdek, kema va qayiqlarning o’tishiga yoki daryoning normal oqimiga to’sqinlik qilishi mumkin. Lekin foydali taraflari ko’proq bo’lgani sababli biz ularni himoya qilishimiz, ular ustizda ilmiy labatoriyalar o’tkizib, insonlar va atrof-muhit uchun ko’proq foydalarini topish zarur. Masalan, Xlorokokknamolarning tez ko’payishi xususiyatigaega bo’lganligi sababli, ular sun’iy ko’paytirilib, labaratoriyalarda fiziologik jarayonlarini o’rganishda, baliqchilikda va qishloq xo’jaligi hayvonlariga yem sifatida, xattoki inson hayoti uchun zarur oziq-ovqat, vitaminli va dorilvor mahsulotlar yetishtirishda foydalanadi.


XULOSA

Ushbu “Yashil suvo’tlar bo’limi” mavzusini o’rganishda - yashil suvo’tlarning o’zining xilma xilligi, turlarining ko’pligi bilan boshqa o’simliklardan ajralib turishi va tabiatda o’z o’rniga va ahamiyatga ega ekanligini tushunib yettik. Yashil suvo’tlar bo’limining lotincha nomi “chloropyta’ bo’lib, u tuban o’simliklarga kiradi. Ushbu o’simlik turlariga qarab, chuchuk suvlarda dengiz xattoki quruqliklarda ham tarqalgan. Bu bo’limga 3ta sinf 390ta avlod 5700dan ortiq tur kiradi. Chin yashil suvo’tlar sinfi taraqqiyot siklida monad hujayra bo’lib, izokand va izomor tuzilishli xivchinlarga ega bo’lishi, volvokslar qabilasiga birlashtiradi, undan xlominomonadaga o’xshash bir hujayrali tetrasporalilar va xlorokokklilar kelib chiqqan. Bular orasidagi kokkoid shakldagi organizmlar mavjudligi isboti hisoblanadi. Ularning protoplazmasida harakatchan vakuola bilan qizil ko’zchasi saqlanib qolgan.Ulotrikslar tallomi plastinkasimon ulva hamda ipsimon tallomi murakkablashib – differensiallangan xetaforalar kelib chiqqan. Sifonlilar juda ham qadimga suvo’tlar hisoblanadi. Matashuvchilar sinfining eng harakterli belgilaridan biri xivchinli stadiyalarning yo’qligi va jinsiy ko’payishning o’ziga xos ketishidir. Bu sinfning eng sodda tuzilganlari mezotuniumlar tartibi bo’lib, ular o’sishidan 4 ta individ taraqqiy etadi. Evolyutsiya jarayonida ulardan desmiudumlilar va zignemalilar kelib chiqqan. Xaralar boshqa yashil suvo’tlardan vegetativ va jinsiy organlarining tuzilishi, zigotaning taraqqiy etishi jihatidan farq qiladi. Ko’p yillardan buyon olimlar hujayra protoplazma harakatini o’rganishda undan asosiy abyekt sifatida foydalandilar. Bundan tashqari, hujayra markazida joylashgan yirik vakuolaga elektr toki ta’sir ettirib, biologik xususiyati o’rganiladi.


Yashil suvo’tlar bo’limining ekologiyadagi yoki tabiatdagi ahamiyati juda katta bo’lib, atmasfera va suv havosini tozalab, kislorod chiqarib beradi. Uning ichidegi pigment, vitaminlar, insonlar va mayda baliq uchun ozuqa hisoblanadi.
Shuning uchun ham ularni ko’paytirish, ilmiy izlanib yanada ko’proq turlarini aniqlash yoki yaratish lozim.

Download 4.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling