Nodirbek qizi yashil suvo’tlar bo’limi va uning ekologiyasi


Sifonokladiyalar qabilasi - Siphonocladiales


Download 4.89 Mb.
bet12/17
Sana10.07.2023
Hajmi4.89 Mb.
#1659495
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Yashil suvo\'t (risola)...

Sifonokladiyalar qabilasi - Siphonocladiales

Bu qabilaga sifonokladiya tuzilishiga ega bo’lgan ko’p hujayrali va ko’p yadroli, tallomi ipsimon, shoxlangan suvo’tlar kiradi. Kladafora (Cladophora) va unga ancha yaqin bo’lgan rizoklonium ( Rhizoclonium) hamda sferopleya (Sphaeropleae) va valgoniya (volonia) turkumlari mazkur tartibga oiddir.
Kladafora turkumining ko’pchilik vakillari dengizlarad ba’zilari chuchuk suvhavzalarida uchraydi.

12-rasm.Kladafora. A – qoramtir hujayralar zoosporalarga ega bo’lgan ipning umumiy ko’rinishi; B – zoosporangiy; V – Ko’p yadroli hujayra; n-perenoid; y-yadro; x-xromotofor.
Tallomi to’q yashil rangda va shoxlangan. Hujayrasi ko’p qavatli, qalin kletchatkadan iborat po’st bilan qoplangan. Sitoplazma hujayra devoir atrofida joylashgan bo’lib, unda yirik g’alvirsimon plastinka shaklidagi xromataforlari bo’ladi. Ko’p perenoidli. Sitoplazma maxsus boyoq bilan bo’yalgan hujayrada juda ko’p miqdorda yadro ko’rinadi. Jinssiz ko’payishi shoxlangan hujayra uchlarida juda ko’p miqdorda zoosporalar hosil qilish orqali bo’ladi.
Chuchuk suvlarda o’suvchi C. glomerata – diploid xromosomalarga ega.
Rizoklonium Ryizoclonium turkumi vakillari kladaforadan tallom ipining shoxlanmaganligi bilan farq qiladi. Hujayrasi silindirsimon, uzun, 2dan 8tagacha yadrosi bor.
Kichik suv havzalarida sferopleya (sphaeroplea) degan turi uchraydi. Unning tallomi ipsimon, lekin shoxlanmagan va substratga birikmagan.hujayrasi uzygan silindirsimon, qirralari sal kesilgan, 70 tagacha halqasimon xromotoforaga ega. Pirenoidlari bir qator. Har qaysi xaromotoforasiga bittadan ba’zan ikkitadan yadro bo’ladi. Hujayra markazini vakuola ishg’ol etadi,
Bunda jinssiz ko’payish ro’y bermaydi.
Voloniya (Volonia) ko’pchilik turlari tropic va subtropik dengizlarda tarqalgan. Voloniyaning yosh tallomi sifonsimon tuzilishga ega, yirik makraskopik pufakchadan iborat.


2.1. Konyugatlar yoki matashuvchilar sinfi – Conjugatophyceae


- bu sinfga bir hujayrali ipsimon yashil suvo’tlar kiradi. Ularning hayot siklida harakatchan stadiya bo’lmaydi. Zoosporalari va gametalar hM hosil bo’lmaydi. Jinsiy ko’payishi ikki egetative hujayraning o’zaro matashishi va ulardan birida protoplastining ikkinchisiga qo’shilishi vositasida sodir bo’ladi. Bu jarayon konyugatsiya yoki matashish deb ataladi. Konyugatsiya jarayonidan tashqari, ular vegwtativ yo’l bilan ham ko’payadilar. Ko’pchilik matashuvchilarda xromotofori hujayra markazida joylashgan. Aksariyat vakillari chuchuk suvlarda, ba’zilari nam tuproq va sho’r suvlarda tarqalgan.
Bu sinf 4 ta tartibga bo’linafi: bularning eng muhimlari mezotinlilar – Mesotaeniales, zignemalilar – Zygnematales va desmidiumlilar – Desmidiales dir.
Mezotinlilar va zignemalilar tartibining vakillarida hujayra jild bilan qoplangan, desmidiumlilarning hujayra po’stida ikkita. Ba’zan undan ham ko’proq murakkab tuzilgan pora bo’ladi.

Download 4.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling