Noelektrolitlarning suyultirilgan eritmalari uchun bu bog‘liqlik quyidagicha bo‘ladi: t


Download 57.5 Kb.
bet2/2
Sana16.06.2023
Hajmi57.5 Kb.
#1498747
1   2
Bog'liq
FK 6- Moddaning issiqligini aniqlash

Bekman termometri
Bekmanning metastatik termometri temperaturaning kam o‘zgarishlarini aniqlash uchun xizmat qiladi. Bekman termometri kapillyarining yuqori qismida simob uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha rezervuar borligi uni oddiy termometrlardan farqlaydi. Ushbu qo‘shimcha rezervuar termometrning pastdagi asosiy rezervuarida simobning miqdorini o‘zgartirishga va shu orqali o‘lchanishi mumkin bo‘lgan temperaturalar oralig‘ini kengaytirishga imkoniyat beradi. Bekman termometrining 25-30 sm uzunlikdagi shkalasi 5-6 gradusga mos keladi va har bir gradus 0,01 ga teng bo‘laklarga bo‘lingan bo‘ladi. Shuning uchun lupadan foydalanib 0,002-0,003 gradus aniqlikda o‘lchashlar o‘tkazish mumkin. Ishni boshlashdan avval termometr kapillyaridagi simob sathi tajriba o‘tkazilayotgan temperaturada termometr shkalasi chegarasida bo‘lishiga erishish kerak. Buning uchun pastki rezervuardan ortiqcha simob yuqoridagi qo‘shimcha rezervuarga yoki aksincha, agar yuqoridagi rezervuarda ortiqcha simob bo‘lsa, pastki asosiy rezervuarga o‘tkaziladi.


Krioskopik o‘lchashlar uchun Bekman termometrini sozlash
Krioskopik o‘lchashlarda o‘lchanishi kerak bo‘lgan eng yuqori temperatura erituvchining muzlash temperaturasidir. Shu sababli ushbu temperaturada termometrning pastki rezervuaridagi simobning miqdori kapillyardagi simob sathi shkalaning yuqori qismida bo‘lishini ta’minlaydigan bo‘lishi kerak. Suvli eritmalar bilan ishlaganda kapillyardagi simob meniskining bunday holati oddiy termometrning O0S temperaturasiga mos keladi.
Termometrning nol nuqtasini o‘rnatish uchun uni eriyotgan muzga (O0S) tushiriladi va 10-15 minutdan keyin kapillyardagi simobning sathi belgilanadi. Agar u shkalaning pastki qismida yoki shkaladan pastda bo‘lsa, yuqoridagi rezervuardan pastdagiga simob o‘tkaziladi. Buning uchun termometr to‘nkariladi va termometrni ikki qo‘l bilan ushlab turib yengil silkitish orqali pastki rezeruardagi simobning kapillyar bo‘ylab harakatlanishiga erishiladi. Simob kapillyarni to‘ldirib, yuqori rezervuardagi simob bilan birlashgandan so‘ng, simobning birlashgan joyidan uzilishiga yo‘l qo‘ymagan holda, yuqoridagi qo‘shimcha rezervuar pastdagi asosiy rezervuardan bir oz yuqori holatga kelguncha extiyotlik bilan termometr aylantiriladi. Shunda simob yuqori rezervuardan pastki rezervuarga oqa boshlaydi. Jarayonni tezlashtirish uchun pastki rezervuarni vodoprovod suvi bilan sovutish mumkin, so‘ngra qo‘shimcha rezervuarda simob kam qolgan paytda termometr vertikal holatga keltiriladi va muzga tushiriladi.
Termometr muzga tushirilayotganda stakan devorlariga tegmasligi va uning tubiga tayanmasligi kerak, buning uchun termometrni vertikal holatda shtativga o‘rnatiladi. Muzli suvni shisha tayoqcha bilan aralashtirib va vaqti-vaqti bilan muz bo‘lakchalarini qo‘shib, 3-5 minut davomida stakandagi temperaturani doimiy saqlab turiladi. Bu esa sovishni va quyi rezervuardagi simobning siqilishini hamda zarur bo‘lgan simobning qo‘shimcha rezervuardan asosiyga oqib o‘tishini ta’minlaydi. 5 minutdan keyin termometr muzdan chiqariladi va o‘ng qo‘l bilan ushlab turib, uning yuqori qismini chap qo‘lning bosh barmog‘iga qisqa, kuchsiz urib simob uziladi. So‘ngra termometr yana muzga tushiriladi va silkitish yordamida simobning kapillyar va qo‘shimcha rezervuarlarning ulangan joyidagi kapillyardagi muvozanat holati kuzatiladi. Agar simob shkaladan yuqorida to‘xtasa, termometr muzdan chiqariladi, pastki rezervuar qo‘l bilan bir oz isitiladi va kapillyarning yuqori qismida to‘planib qolgan simobni, yuqorida aytilgan amallarni bajarib, qo‘shimcha rezervuarga tushirib yuboriladi. Termometrni yana muzli stakanga tushiriladi va simobning kapillyardagi muvozanat holati tekshiriladi. Simobning Bekman termometri shkalasining 3-4 gradus orasidagi yuqori qismida to‘xtatishga erishish uchun yuqoridagi amallar bir necha bor takrorlanadi. Bekman termometrida simobning muvozanat holati o‘rnatilgandan so‘ng, oddiy termometr yordamida Bekman termometri shkalasidagi graduslarga mos keladigan Selsiy graduslaridagi temperatura tekshiriladi.
Sozlangan termometr bilan juda ehtiyotlik bilan muomala qilish zarur: uni stolga qo‘yish yoki xona temperaturasida uzoq vaqt qoldirish mumkin emas. Aks holda majburan o‘rnatilgan muvozanat buziladi, termometr xona temperaturasigacha isiydi va kapillyardagi simob ustuni qo‘shimcha rezervuarga ulangan joygacha ko‘tariladi va yig‘ilib qolgan simobning tomchisi uzilib, qo‘- shimcha rezervuarga tushib ketishi va termometrning sozi buzilishi mumkin. Buning oldini olish uchun termometrni vertikal holda shtativga mahkamlab, doimo muzli stakanda ushlash lozim. Agar moddaning molekulyar massasini aniqlash uchun suv qo‘llansa, zarur bo‘lgan temperaturani o‘rnatish oson bo‘ladi: suv bilan muzning aralashmasi uzoq vaqt O0S da tura oladigan barqaror muvozanat sistemadir.
Bekman termometrini sozlagandan so‘ng bevosita erituvchining muzlash temperaturasi Tmuz ni aniqlashga o‘tiladi, so‘ngra o‘rganilayotgan moddaning eritmasi uchun Tmuz topiladi, T aniqlanadi va moddaning molekulyar massasi va molyal konsentratsiyasi hisoblanadi, elektrolit eritmasining izotonik koeffitsienti, dissotsilanish darajasi va osmotik koeffitsienti topiladi, shuningdek erituvchining muzlash konstantasi aniqlanadi.
Download 57.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling