Nogironligi bor shaxslar bilan ijtimoiy ish amaliyoti
Download 1.03 Mb.
|
portal.guldu.uz-Nogironligi bor shaxslar bilan ijtimoiy ish amaliyoti
Tayanch tushunchalar: ijtimoiy himoya, ijtimoiy siyosat, nogironlik, nogiron, konvensiya, deklaratsiya.
1.Nogironlikka oid me’yoriy huquqiy hujjatlar shakllanish evolyutsiyasi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida har bir inson irqi, terisining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoxud boshqa e’tiqodlaridan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy yoxud tabaqaviy yoki boshqa sharoitidan qat’i nazar, barcha huquqlar va erkinliklarga ega bo’lishlari shart ekanligi belgilab qo’yilgan. Bu nogironlarga ham bevosita va to’la taalluqlidir. Shu bilan birga nogironlik buzilgan salomatlik hamda munosabat va muhit to’siqlari o’zaro munosabatlari natijasi bo’lib, bu nogironlarni jamiyat hayotida boshqalar bilan teng va samarali ishtirok etishiga halaqit beradi. Xalqaro hamjamiyat buni hisobga olgan holda, nogironlarning o’ziga xos xususiyatlarini hurmat qilish va buni insoniy turfa xillikning tarkibi va insoniyatning uzviy ajralmas bir qismi sifatida qabul qilish, ularni jamiyatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida to’laqonli ishtirok etishlarini ta’minlashning huquqiy asoslarini yaratgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan 2006 yil 13 dekabrdagi 61/106-rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan “Nogironlar huquqlari to’g’risidagi Konvensiya” hamda “Nogironlarning huquqlari to’g’risidagi Konvensiyaga Fakultativ protokol” ana shu xalqaro hujjatlarning asosiylari hisoblanadi. Ularda nogironlarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatlarini rag’batlantirish va himoya qilish, shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarini va bu huquqlardan boshqalar bilan teng ravishda foydalanish imkoniyatlarini kafolatlash tamoyillari belgilab qo’yilgan. Ushbu Konvensiyada nogironlarning huquqlari va asosiy erkinliklari, xususan ularning yashash, fuqarolik, huquqiy himoyalanish, ta’lim olish, salomatliklarini saqlash, boshqalar bilan teng ravishda mehnat qilish, siyosiy, ijtimoiy, madaniy hayotda, bo’sh vaqtni o’tkazish, dam olish va sport bilan shug’ullanishda ishtirok etish, o’zlari va oilasi uchun yetarlicha turmush sharoitiga ega bo’lish va ijtimoiy yordam huquqlari e’tirof etilgan va ularni amalga oshirishning huquqiy kafolatlari belgilangan. Bunda, ayniqsa, 6 nogiron ayollar, bolalar va keksalar huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan. Shu bilan birga, ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan yoki unga qo’shilgan davlatlarning nogironlarning mustaqil turmush kechirishlari va turmushning barcha jabhalarida har taraflama ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’lishlari uchun ularning boshqalar bilan teng ravishda ijtimoiy muhitdan, transport, axborot va aloqa, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tizimidan, shaharlarda va qishloq joylarida aholi uchun taqdim etiladigan boshqa ob’ektlar va xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash borasidagi majburiyatlari ko’rsatilgan. Konvensiyada qayd etilgan qoidalarga rioya etilishi va ishtirok etuvchi davlatlarning mazkur masala bo’yicha majburiyatlarining ijrosini ta’minlashni muvofiqlashtirish va buning monitoringini amalga oshirish maqsadida BMTning Nogironlar huquqlari bo’yicha qo’mitasi tashkil etilgan. “Nogironlarning huquqlari to’g’risidagi Konvensiyaga Fakultativ protokol”da ushbu Qo’mitaning o’z yurisdiksiyasida bo’lgan shaxslarning yoki shaxslar guruhining yoxud ular nomidan ushbu ishtirok etuvchi davlat tomonidan Konvensiya qoidalari buzilishining jabrdiydalari ekanligi to’g’risidagi arizalarini qabul qilish va ko’rib chiqish vakolatlari belgilab qo’yilgan. “Nogironlar huquqlari to’g’risidagi Konvensiya”ni qabul qilishdan nogironlarga yanada teng imkoniyatlarni ta’minlash uchun milliy, mintaqaviy va xalqaro darajalardagi strategiyalar, rejalar, dasturlar va tadbirlarni rag’batlantirish maqsadi ko’zlanganligini alohida ta’kidlash kerak. O’zbekiston Respublikasi hukumati Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Nogironlar huquqlari to’g’risidagi Konvensiya”sini imzolagan. Mamlakatda nogironlarning barcha huquq va erkinliklarini ta’minlashning mustahkam huquqiy asoslari ham yaratilgan. Nogironlik bo’yicha Jahon Hisobotining ma’lumotiga ko’ra, dunyoda bir milliarddan ortiq turli nogironligi bor odamlar yashaydi. Bu esa er yuzi umumiy aholisining 15 foizini tashkil qilgan bo’lib, “dunyoning eng yirik ozchiligi”dir. 2006 yilda BMT Bosh Assambleyasi BMT Nogironlar Huquqlarini himoya qilish Konvensiyasini (UNCRPD) va nogironligi bor odamlarning huquqlarini va sha’nini himoya qilishga qaratilgan Fakultativ Protokolini qabul qildi. U 2008 yilda kuchga kirdi. Konvensiya yigirma birinchi asrda qabul qilingan inson huquqlari to’g’risidagi birinchi shartnoma; halqaro qonun tarixida inson huquqlari to’g’risidagi eng tez kelishilgan shartnoma; va internet orqali olib boriladigan keng miqyosdagi konsultatsiyalardan kelib chiqqan birinchi shartnoma hisoblanadi. BMT Nogironlar Huquqlarini himoya qilish Konvensiyasi (UNCRPD) o’zining imzolash uchun ochilgan kunida boshlab har qanday boshqa inson huquqlari to’g’risidagi Konvensiyalardan ham ko’proq imzolarni qabul qildi. Konvensiya yangi inson huquqlarini o’rnatmasada, davlatlarga nogironligi bor odamlarga nisbatan, o’ta aniqlik bilan, ularni hurmat qilish, himoya qilish va qo’llash majburiyatlarini ko’rsatib beradi. Mavjud inson huquqlari to’g’risidagi Konvensiyalar nogironligi bor odamlarning huquqlarini qo’llash va himoya qilishda aytarli imkoniyatlarni taklif qilgan bo’lsa ham, lekin ma’lum bo’ldi-ki, bu salohiyatdan foydalanilmadi. Haqiqatdan, nogironligi bor odamlarning inson huquqlarini inkor qilishda davom etdilar va ular dunyoning barcha nuqtalarida jamiyatning bir chetida saqlanib keldilar. Bundan, Konvensiya nafaqat davlatlar tomonidan nogironligi bor odamlarni kamsitilmasliklarini aniqlashtirib beradi, balki ular jamiyatda qadr-qimmati bilan hayotdan zavqlana olishlari uchun qulay sharoitlar yaratib berishda ko’plab qadamlarni bayon qiladi. Shunday qilib, Konvensiya, boshqa inson huquqlari shartnomalaridan farqli o’laroq, davlatlar tomonidan kamsitilishni taqiqlash va hamma uchun teng huquqlikka erishish borasida chora-tadbirlarni o’rnatish yo’lida yanada chuqurroq yondoshishga imkon yaratib beradi. 2013 yil iyun oyi xolatiga ko’ra, BMTga a’zo 192 ta davlatlardan 130 ta mamlakat Nogironlar Huquqlarini himoya qilish Konvensiyasini tasdiqladi va 155 ta mamlakat uni imzoladi. O’zbekiston Nogironlar Huquqlarini himoya qilish Konvensiyasiga 2009 yil 27 fevralda imzo chekdi. O’sha paytdan boshlab, O’zbekiston hukumati nogironligi bor odamlarning huquqlarini qo’llab-quvvatlash yo’lida yirik muvaffaqiyatlarga erishdi. Nogironligi bor odamlarning yillik bandlik hisobi uch baravarga, ya’ni 2008 yilda 2200 kishidan 2012 yilda 7500 kishigacha oshdi. Nogironligi bor odamlarning inson huquqlariga ega ekanliklari alohida ta’kidlanib, tayyorlangan ommaviy axborot mahsulotlari miqdori esa 2008 yilga nisbatan uch barobarga kupaydi. Hukumat qarorlari nogironligi bor odamlar uchun binolarga kirishlari, ko’chalar va transport vositalaridan foydalanishlari, ularning maishiy va boshqa xizmat turlaridan foydalanishlari, ta’lim va bandlikka ega bo’lish huquqlarini imkoniyatlarini yaratdi. BMT Taraqqiyot Dasturi O’zbekiston Respublikasining asosiy hamkori sifatida bu kabi yutuqlarga va sayi-harakatlarga hissa qo’shganligidan fahrlanadi. Milliy hamkorlari bilan birgalikda, O’zbekistondagi BMTTD ijtimoiy korxonalarni va nogironligi bor odamlar uchun bandlik masalalarida qulay sharoitlar yaratib beruvchi xizmatlarni hamda ularning to’la ijtimoiy integratsiyasiga qaratilgan ijtimoiy xizmatlarni joriy qildi va uni qo’llab quvvatladi. Ishonamanki, bu kabi tarixiy hujjatning o’zbek tilida chop etilishi va butun mamlakat miqyosida muhokama qilinishi O’zbekistondagi BMT Nogironlar Huquqlarini himoya qilish Konvensiyasi (UNCRPD)- ning tasdiqlanishi va faoliyatini amalga oshirishi uchun qo’shimcha rag’batlantiruvchi omil bo’lib xizmat qiladi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling