Nogironligi bor shaxslar bilan ijtimoiy ish amaliyoti
O’zbekiston Respublikasining Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish qonuni
Download 1.03 Mb.
|
portal.guldu.uz-Nogironligi bor shaxslar bilan ijtimoiy ish amaliyoti
4. O’zbekiston Respublikasining Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish qonuni.
2008-yil 11-iyul kuni “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi nogironlarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Shaxsni, shu jumladan o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogiron deb topish tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan, o‘n olti yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogiron deb topish esa, tibbiy-maslahat komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari va tibbiy-maslahat komissiyalarini tuzish, shuningdek ular tomonidan xulosalar berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Davlat nogironlar turmush faoliyatining cheklanganligini baholash asosida ularning ijtimoiy yordam hamda himoya chora-tadbirlariga bo‘lgan ehtiyojlari hisobga olinishi ta’minlanishini, nogironlarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy himoya qilishning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan turlaridagi dasturlar amalga oshirilishini, nogironlarning jamiyat bilan uyg‘unlashishi uchun sharoitlar yaratilishini, nogironlarni kamsitishning barcha shakllaridan himoya qilishni ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilishini kafolatlaydi. Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: nogironlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash; nogironlarning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik; nogironlarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish; nogironlarning huquqlari va ular uchun imkoniyatlar tengligini ta’minlash; nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash; nogiron bolalarning maktabgacha va maktabdan tashqari ta’limini, nogironlarning kasb tayyorgarligini, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim olishini ta’minlash; davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining nogironlar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasidagi faoliyatining oshkoraligini hamda ochiq-oydinligini ta’minlash; nogironlarni ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 avgustdagi F-5006-son farmoyishi bilan tashkil etilgan Nogironligi bo’lgan shaxslarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan takliflarni tayyorlash bo’yicha komissiya tomonidan nogironlikni barvaqt aniqlash va oldini olish, nogironligi bo’lgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko’rsatish, ularni kasbga o’qitish va ishga joylashtirish sohasidagi ishlarning ahvoli kompleks va chuqur o’rganildi. Mazkur jarayonda aholinining keng qatlamlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, shuningdek, xalqaro va xorijiy tashkilotlar vakolatxonalari yuqori faollik va daxldorlik hissini namoyon qildilar. O’tkazilgan kompleks o’rganish, aholi bilan ochiq va to’g’ridan-to’g’ri muloqot yakunlari bartaraf etish yuzasidan ta’sirchan choralarni tezkor ko’rishni talab etuvchi qator tizimli kamchiliklar va muammolarni aniqlash imkoniniberdi. Hamkorlikdagi sa’y-harakatlar bilan nogironligi bo’lgan shaxslarning turmush darajasi va sifatini yanada yaxshilash, ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko’rsatish, bunday shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro’yobga chiqarishga, jamiyatdagi faol pozitsiyasini shakllantirishga ko’maklashish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqildi. 2008 yilda mamlakat parlamenti yangi tahrirdagi “O’zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risida”gi Qonunni qabul qilganligi, 2011 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011–2015 yillarda yolg’iz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo’yicha qo’shimcha 7 chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarori, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganligi va ular ijrosi sobitqadamlik bilan ta’minlanayotganligi — buning yaqqol dalolatidir. Mazkur amaldagi qonunchilikka muvofiq, davlat nogironlar turmush faoliyatining cheklanganligini baholash asosida, ularning ijtimoiy yordam hamda himoyaga bo’lgan ehtiyojlari hisobga olinishi ta’minlanishini, nogironlarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy himoya qilish dasturlari amalga oshirilishini, ularning jamiyat bilan uyg’unlashishi uchun sharoitlar yaratilishini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko’rilishini kafolatlaydi. O’zbekistonda nogironlarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat: birinchidan, nogironlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash; ikkinchidan, nogironlarning kamsitilishiga yo’l qo’ymaslik; uchinchidan, nogironlarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish; to’rtinchidan, nogironlarning huquqlari va ular uchun imkoniyatlar tengligini ta’minlash; beshinchidan, nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash; oltinchidan, nogiron bolalarning maktabgacha va maktabdan tashqari ta’limini, nogironlarning kasb tayyorgarligini, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim olishini ta’minlash; ettinchidan, davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining nogironlar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasidagi faoliyatining oshkoraligini hamda ochiq-oydinligini ta’minlash; sakkizinchidan, nogironlarni ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o’rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish. Mamlakatda aholi punktlarini loyihalash va qurish, transport vositalari, aloqa va axborot vositalarini yaratish hamda ishlab chiqarishda nogironlarning ehtiyojlari hisobga olinadi. Nogironlarning ta’lim olishi, ularni kasbga tayyorlash va malakasini oshirish ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan shakllarda, 8 eksternat, masofadan o’qitish, davlat ta’lim standartlari asosida oiladagi ta’lim va mustaqil ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Ularning umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’limi barcha ta’lim muassasalarida, zarur bo’lgan hollarda esa, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Toshkent va Farg’ona shaharlaridagi o’rta maxsus ta’lim muassasalari imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlariga aylantirilgan. Nogironlar mehnatidan foydalanish uchun nogironlarning ehtiyojlarini va mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan holda ixtisoslashtirilgan korxonalar, tsexlar va uchastkalar tashkil etiladi. Ko’zi ojiz nogironlar sharoitlari o’z imkoniyatlariga mos keladigan ishlab chiqarishda ishtirok etishda imtiyozli huquqqa egalar. Xodimlarining soni yigirma kishidan ortiq bo’lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda mahalliy davlat hokimiyati organlari nogironlarni ishga joylashtirish uchun xodimlar sonining kamida uch foizi miqdorida ish joylarining eng kam sonini belgilaydi va zaxirada saqlaydi. Nogironlarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam sonini yaratish bo’yicha mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini ijro etmaganligi uchun korxona, muassasa va tashkilotga har bir yaratilmagan ish joyi uchun ana shu korxona, muassasa va tashkilot xodimining o’rtacha yillik ish haqi miqdorida jarima solinadi. Nogironligi tufayli nogiron bilan mehnat shartnomasi tuzishni yoki ish yuzasidan uni yuqori lavozimga ko’tarishni rad etishga, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga, nogironni uning roziligisiz boshqa ishga o’tkazishga yo’l qo’yilmaydi, tibbiy-ijtimoiy ekspertizaning xulosasiga ko’ra, nogironning sog’lig’i kasb vazifalarini bajarishga monelik qilgan yoki nogironning yoxud boshqa shaxslarning sog’lig’i va mehnat xavfsizligiga tahdid qilgan hollar bundan mustasno. Nogiron o’z mehnat qobiliyatini tiklaganidan keyin, ilgarigi ishiga yoki shunga teng ishga joylashish huquqiga ega. Agar xodim ish beruvchining aybi bilan nogiron bo’lib qolsa hamda o’zgalarning parvarishiga va yordamiga muhtoj bo’lsa, unda ish beruvchi 9 nogiron mehnat qobiliyatini yo’qotgan davrda uni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari yoki tibbiy-maslahat komissiyalarining xulosasiga binoan, parvarish qilayotgan shaxsni o’z hisobidan ta’minlashi hamda jabrlangan xodimga etkazilgan moddiy zarar va ma’naviy ziyonning o’rnini qoplashi shart. Mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uyda ishlovchi nogironlarga, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi nogironlarga mazkur faoliyat uchun yashashga mo’ljallanmagan joylar berilishida, xom ashyo olishi va mahsulot sotishida zarur yordam ko’rsatadilar. O’zbekistonda nogironlarga ijtimoiy yordam pul to’lovlari (pensiyalar, nafaqalar, bir yo’la beriladigan to’lovlar), texnika vositalari yoki boshqa vositalar, shu jumladan avtomobillar, o’rindiqli aravachalar, protez-ortopediya buyumlari, maxsus harfli matbaa nashrlari, ovoz kuchaytirgich apparatlar va signalizatorlar bilan ta’minlash, tibbiy, kasbiy, ijtimoiy reabilitatsiya qilish, maishiy va transport xizmatlari ko’rsatish, dori vositalari bilan ta’minlash kabi turlarda ko’rsatiladi. O’zgalarning parvarishiga va yordamiga muhtoj nogironlarga tuman, shahar ijtimoiy ta’minot bo’limlari tomonidan uyda yoki nogironlarga ijtimoiy xizmat ko’rsatish statsionar muassasalarida tibbiy va maishiy xizmatlar ko’rsatiladi. O’zbekistonda birinchi marta davlat tilida nashr etilayotgan “Nogironlar huquqlari to’g’risidagi Konvensiya” hamda “Nogironlarning huquqlari to’g’risidagi Konvensiyaga Fakultativ protokol” nogironlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo’yicha xalqaro standartlar bilan bevosita tanishish, milliy normalarni ularga muvofiqlashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirish maqsadlariga xizmat qilishi shubhasizdir. Nogiron shaxslarning bir qismini uy mehnatiga jalb qilish hamda oilaviy biznesni yo’lga qo’yishda ularni qo’llab-quvvatlash maqsadida bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Markazlari yiliga o’rtacha besh mingdan o’n ming nafargacha nogironlarni ishga joylashtiradi. Jumladan, ular tikuvchilik, kosiblik, zardo’zlik, quroqchilik, kompyuter texnikasini ta’mirlash xizmatlari kabi yo’nalishlarda uy mehnati bilan band24. O’zbekiston Respublikasining «Shahar yo’lovchi transportidan bepul foydalanishni tartibga solish to’g’risida»gi Qonunida 1991-1945 yillardagi urush nogironlari, I-guruh urush nogironini kuzatib borayotgan shaxs, ko’zi ojiz nogironlar va ularni kuzatib borayotgan shaxs shahar yo’lovchi transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqiga ega ekanligi belgilab qo’yilgan25. 2016 yilda O’zbekiston paralimpiyachilari yuksak natijaga erishdilar26. «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»27 O’zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga ko’ra, nogironlar va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslar, shuningdek yuqori darajada ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi guruhlari o’rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ko’maklashishjismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlaridan birini tashkil etadi. Shuningdek mazkur Qonunning 6-moddasida davlatning jismoniy tarbiya va sport vositalaridan aholining, shu jumladan ayollar va yoshlarning, shuningdek nogironlarning sog’lig’ini mustahkamlash maqsadida foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratishi, nogironlarning va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslarning paralimpiya hamda surdlimpiya o’yinlarida, nogironlar o’rtasidagi maxsus olimpiadalar va boshqa sport tadbirlarida ishtirok etishini rivojlantirish hamda ta’minlashga ko’maklashishi belgilab qo’yilgan. 2015 yil 10avgustda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Keksalar va nogironlarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qo’llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida»28 qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga ko’ra, 2016 yil 1 yanvardan boshlab 17 ming nafardan ziyod o’zgalar parvarishiga muhtoj bo’lgan yolg’iz yashayotgan hamda yolg’iz keksalar va nogironlarga ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko’rsatish yakka tartibda shakllantiriladigan ijtimoiy xizmatlar dasturi asosida amalga oshiriladigan bo’ldi29. Jumladan, 2016 yil yanvar oyidan 17 ming nafardan ziyod o’zgalar parvarishiga muhtoj bo’lgan yolg’iz yashayotgan hamda yolg’iz keksalar va nogironlar uchun yakka tartibda shakllantiriladigan ijtimoiy xizmatlar dasturi ishlab chiqildi. Yolg’iz keksalar va nogironlarga har oyda etkazib beriladigan oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsiy gigena tovarlarining soni 9 tadan 15 nomga ko’raytirilgani, shuningdek ularni oluvchiga jami to’plamning belgilangan umumiy qiymati doirasida mahsulotlar va tovarlar turlari hamda miqdorini tanlash huquqi berilganligi ijtimoiy yordam sohasida yangilik bo’ldi30. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling