Nogironligi bor shaxslar bilan ijtimoiy ish amaliyoti
Download 1.03 Mb.
|
portal.guldu.uz-Nogironligi bor shaxslar bilan ijtimoiy ish amaliyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-Mavzu: Nogironlikni tushunish modellari Reja
- Tayanch tushunchalar
- Model
Nazorat savollari:
Nogironlik tushunchasining paydo bo’lishi? Nogironlar bilan ishlash texnologiyalari? Jamiyatda nogironlarga ko’rsatilayotgan xizmatlar? O’zbekistonda nogironlarga oid davlat dasturlarining qabul qilinishi? 2-Mavzu: Nogironlikni tushunish modellari Reja: Model tushunchasi va uning xususiyatlari. Tarixiy model va uning xususiyatlari. Tibbiy model va uning ijobiy va salbiy xususiyatlari. Nogironlikning ijtimoiy modeli. Tayanch tushunchalar: model tushunchasi, tarixiy model, tibbiy model, ijtimoiy model, modellashtirish. Model tushunchasi va uning xususiyatlari Ko'p hollarda ma'lum bir sohaga oid izlanishlar olib borilayotganda haqiqiy obyekt emas, balki uning qandaydir ma'nodagi nusxasi o'rganiladi. Bunga, bir tomondan, ma'lum bir sabablarga ko'ra (chaq-moqning turg'un emasligi, quyoshning uzoqligi, obyekt bilan ishlash katta mablag' talab etishi yoki inson hayotiga havf solishi va hokazo) haqiqiy obyektni to'g'ridan-to'g'ri o'rganishning iloji bo'lmasa, ikkinchi tomondan izlanishlar uchun obyektning qandaydir ma'nodagi nusxasini o'rganishning o'zi ham yetarli bo'ladi. Albatta, bu hollarda obyektning nusxasi izlanish olib borilayotgan sohaning talablariga to'liq javob berishi kerak bo'ladi. Model - haqiqiy obyektning izlanish olib borilayotgan sohaning ma'lum talablariga javob beradigan nusxasidir. Model so'zi (lotincha modulus - o'lchov, me'yor) sizga samolyot-sozlik, mashinasozlik yoki kemasozlik to'garaklari orqali tanishdir. Hayotda obyektlarning modellariga juda ko'p misollar keltirish mumkin. Masalan, yerning modellari bo'lib globus yoki xarita; samolyotning modeli bo'lib kichiklashtirilgan nusxasi, avtomashinaning modeli bo'lib siz bilgan o'yinchoqlar; chaqmoqning modeli bo'lib yuqori kuchlanishli elektr manbaidagi qisqa tutashuv yoki payvandjash elektrodining yonishi; insonning modeli bo'lib uning hujayrasi yoki qo'g'irchoq yoki fotosurati; inson miyasining hisoblashga oid modeli bo'lib kalkulyator yoki kompyuter xizmat qiladi. Haqiqiy obyekt va uning modeli o'tkazilayotgan tajribalarda bir xil natija bersagina izlanish olib borilayotgan soha talablariga javob beradi. Masalan, samolyot va uning kichik nusxasi bo'lgan model bir xil aerodinamik qonunlarga bo'ysunadi. Model uchun topilgan natijalar haqiqiy samolyot uchun ham o'rinlidir. Loyihalashtirilgan haqiqiy samolyot qurilgach, uni laboratoriyadagi maxsus qurilmalar — samolyotga havo oqimini yuboruvchi stendlarda sinab ko'riladi. Bu holda laboratoriyadagi stendlar atmosferaning modeli bo'lib xizmat qiladi. Hayotda shunday jarayonlar bo'ladiki, ularning modeli sifatida matematik munosabatlar va formulalar qaraladi. Bu holda tanlangan model haqiqiy obyektning xususiyatlarini o'zida mujassamlashtirgan bo'lishi zarur, ya'ni o'rganilayotgan obyekt va tanlangan model xususiyatlari bir xil munosabat va formulalar orqali ifodalanishi lozim. Keng ma’noda model deganda real ob’ektlarning ixtiyoriy tasviri yoki ifodasi tushuniladi.Ob’ektlar bir-bridan murakkablik darajasi bilan farq qilgani kabi, ularning modellari ham u yoki bu murakkablik darajasiga ega bo‘ladi.Bundan tashqari ular ifodalanish xarakteri bo‘yicha ham bir-biridan farqlanadi: og‘zaki tasvir, grafik tasvir, matematik formula va tenglamalar, fizik ob’ektlar(real ob’ektlarning kichiklashtirilgan yoki soddalashtirilgan analoglari). Modellar static (o‘zgarmas tizimni aks ettiruvchi) yoki dinamik (tizim faoliyatini ma’lum vaqt oralig‘ida kuzatish imkoniyati bo‘lgan) bo‘lishi mumkin. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling