Nogironligi bor shaxslar bilan ijtimoiy ish amaliyoti
Tibbiy model va uning ijobiy va salbiy xususiyatlari
Download 1.03 Mb.
|
portal.guldu.uz-Nogironligi bor shaxslar bilan ijtimoiy ish amaliyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nogironlikning ijtimoiy modeli
Tibbiy model va uning ijobiy va salbiy xususiyatlari.
“Nogironlikning tibbiy modeli”ning ta’rifi. Ushbu modelga ko‘ra, nogironlik, bu shaxsning kasalligi, organizmining shikastlanishi yoki jaroxatlari va ruhiy holatining buzilishi tufayli duch keladigan muammolar deb tushuniladi. Bunday holatlar natijasida bu shaxslar jamiyatda to‘liq ishtirok eta olmaydilar, boshqalar bilan teng ta’lim ololmaydilar, kasb-hunarga ega bo‘lib ishga joylasha olmaydilar, o‘zlarining kundalik shaxsiy ehtiyojlarini qondira olmaydilar, ko‘chada erkin harakatlana olmaydilar, boshqalar bilan bemalol muloqot qila olmaydilar va oila qurish imkoniyatidan mahrum bo‘ladilar, degan tushunchalar “tibbiy model” g‘oyasiga asoslangan. Bu model shaxsning ushbu muammolarining yechimi sifatida, uning jaroxatlarini davolashni, organizmi funksiyalarini qayta tiklashni (reabilitatsiya), ruhiy holatini izga solishni va jamiyatga moslashtirib uni “normal” qilishni ilgari suradi. Nogironlarning jamiyatda duch keladigan muammolari faqat ularni o‘zgartirish orqali yechish mumkin. Shuning uchun, “tibbiy model” mutaxassislar, masalan shifokorlar, maxsus o‘qituvchilar, logopedlarning yo‘lyo‘riqlari bilan nogironlik muammolarini hal qilish mumkin degan tushunchaga asoslangan, va bunda nogironlik muammosiga duch kelgan shaxs o‘z hayotini yaxshilash yoki muammolarini hal qilishda passiv ishtirokchi sifatida qatnashadi, ya’ni o‘z fikriga va qaroriga deyarli ega bo‘lmaydi. Nogironning bunday passiv ishtiroki uning shaxsiy qudratini pasayishiga, ya’ni o‘ziga bo‘lgan ishonchi, qaror qabul qilishi, o‘z fikr va qaroriga tayanishi, o‘zini himoya qilishi, boshqalar bilan munosabat o‘rnatishi, faol va tashabbuskor bo‘lishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, uni boshqalarga tobe bo‘lishiga olib keladi. Nogironlikning ijtimoiy modeli “Nogironlikning ijtimoiy modeli”ning ta’rifi. Bu modelning “tibbiy model”dan g‘oyaviy o‘zagi mutlaqo farq qilgani tufayli va bu ikki model o‘rtasidagi tafovutni tushuntirish uchun O‘zbek tilida yangi atamalarni joriy etishga to‘g‘ri keladi. Bu atamalar shartli atamalar bo‘lib, ular “ijtimoiy model”ni tushuntirish maqsadida vaqtincha qo‘llaniladi. “Ijtimoiy model”ni keng targ‘ib qilish uchun kelajakda doimiy qo‘llaniladigan atamalar ishlab chiqilishi lozim bo‘ladi. Bu atamalar quyidagilar: sharoit cheklanganlik, sharoiti cheklangan shaxs, tana funksiyasi cheklanganlik, va tana funksiyasi cheklangan shaxs. “Ijtimoiy model”ni tushunish uchun, birinchi o‘rinda shaxsning tanasini yoki ruhiyatini boshqalardan farq qiladigan holati, ya’ni “tibbiy model”da nogironlik deb ta’riflangan holat bilan shaxsning ma’lum bir faoliyatni yoki harakatni bajara olmaslik holatini bir-biridan ajratib olish kerak. “Ijtimoiy model” g‘oyasiga ko‘ra, tana funksiyasi cheklanganlik shaxsning jamiyat hayotida ishtirok eta olmasligi, faoliyat yuritmasligi, ta’lim ololmasligi, oila qura olmasligi, o‘z oilasida yashamasligi va hokazo muammolarining sababchisi emas. Tana funksiyasi cheklangan shaxsning barcha bilan teng va jamiyatda to‘laqonli ishtirok eta olmasligining sababi, bu jamiyatdagi mavjud jismoniy to‘siqlar, salbiy munosabatlar, noto‘g‘ri tushuncha va qarashlar, o‘rnatilgan tartib va tizimlardir. Yoki boshqa so‘zlar bilan ifodalaganda, tana funksiyasi cheklangan shaxsning atrof muhit bilan bo‘ladigan munosabati natijasida kelib chiqadigan muammo bu sharoit cheklanganlik (nogironlik). Masalan, “ijtimoiy model”da ko‘zi butunlay ojiz bo‘lgan shaxsning holati “tana funksiyasi cheklanganlik” holati deyilsa, lekin shu shaxsning ma’lum bir faoliyatni bajara olmasligi, masalan kitobni mutoala qila olmasligi “sharoit cheklanganlik” deyiladi, va natijada bu ko‘zi ojiz shaxs “sharoiti cheklangan shaxs” deyiladi. Yoki harakatlanish aravachasidan foydalanadigan shaxs binoga uning eshiklari yetarlicha keng bo‘lmagani tufayli kira olmasa, bu holda uning sharoiti cheklangan bo‘ladi. “Ijtimoiy model”ga ko‘ra, bu shaxsning binoga kira olmasligining sababi uning harakatlanish aravachasida yurganligida emas, aksincha buning sababi bino harakatlanish aravachasiga moslashtirilmaganida. “Tibbiy model”da bu ikki jihat ajratib ko‘rsatilmaydi. “Ijtimoiy model”ga ko‘ra, barcha insonlar bir-biridan ma’lum bir jihatlar bilan farqlanadi, barcha insonlarning jamiyatdagi teng huquqli ishtiroki va faoliyatini ta’minlash uchun alohida shaxslarni o‘zgartirish emas, balki jamiyatdagi to‘siqlarga barham berish lozim. Ushbu model, ikki yoqlama yondoshuvni tavsiya etadi. Birinchisi, to‘siqlarni bartaraf etib jamiyatni barcha teng va erkin ishtirok etadigan qilish, va ikkinchisi shaxslarni salohiyatini va shaxsiy qudratini oshirish, bunga ma’lumotga ega bo‘lish, qobiliyat va ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda tibbiy sog‘lomlashtirish ishlari kiradi. Tibbiy sog‘lomashtirish bilan “tibbiy model” tushunchalari bir xil tushunchalar emas. “Ijtimoiy model” shaxsning har tomonlama imkoniyatini oshirish uchun tibbiy sog‘lomlashtirish yondoshuvini ham faol ishtirokka ta’sir ko‘rsatuvchi omil sifatida tavsiya etadi. Ushbu modelning “tibbiy model”dan tubdan farq qiladigan xususiyatlaridan yana biri, bu barcha olib boriladigan say-harakatlar va chora-tadbirlarning asosiy yetakchilari bu muammolarga duch kelayotgan sharoiti cheklangan shaxslarning o‘zlari. “Ijtimoiy model”ning pirovard maqsadi, jamiyatdagi mavjud to‘siqlarni bartaraf etish orqali barcha insonlar uchun teng imkoniyatlar yaratilishiga erishish. Ya’ni, ko‘zi ojiz shaxsni kitob mutoala qilishiga erishish uchun, kitobni nafaqat odatiy nashrda, balki Brayl yozuvida chop etish yoki elektron shaklda ovozli kitoblar yaratish lozim. Har bir yaratiladigan mahsulot yoki ko‘rsatiladigan xizmat barcha insonlarning ehtiyojlarini hisob olgan holda yaratilishi kerak. “Ijtimoiy model”da bunday yondoshuv “universal dizayn” deb ataladi, ya’ni mahsulotlar va xizmatlar nafaqat tana funksiyasi cheklangan shaxslar uchun, balki barcha insonlar uchun mo‘ljallangan bo‘lishi lozim. Barcha insonlarning jamiyatdagi teng va hech qanday to‘siqlarsiz hamda kamsitilmay ishtirok etishini ta’minlash uchun, “nogironlikning ijtimoiy modeli”ni keng ommaga yetkazish juda muhim masala. Ijtimoiy model nogironlarning faol ishtirokida ishlab chiqilgan. Shu bilan birga, nogironlarning katta tajribasi tahlil qilindi - zamonaviy jamiyatda nogiron bo‘lish nimani anglatadi. Ijtimoiy model tibbiy modeldan farqli ravishda yaratilgan. Ijtimoiy model odamlar duch kelishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni - nogironlarga qo‘yiladigan cheklovlarni jamiyatning zamonaviy ijtimoiy tuzilmasi bilan ajratib, chiziq chizdi. Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy model nogironlar uchun muammo emasligini aniqladi! Muammo shundaki, jamiyat qanday ishlaydi! Nogironlik to‘g‘risidagi yangi tushunchani nima olib kelganligini yanada vizual ravishda namoyish etish uchun biz tibbiy va ijtimoiy modellarning ba’zi jihatlarini ajratib ko‘rsatamiz. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling