Nogironligi bor shaxslar bilan ijtimoiy ish amaliyoti


Download 1.03 Mb.
bet11/74
Sana14.12.2022
Hajmi1.03 Mb.
#1005116
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   74
Bog'liq
portal.guldu.uz-Nogironligi bor shaxslar bilan ijtimoiy ish amaliyoti

Nazorat savollari:

  1. Nogironlir bilan ishlashda qanday modellar yaratilgan?

  2. Ijtimoiy modelning kelib chiqish tarixi?

  3. Ijtimoiy modelning tarkibiy qismlari?

  4. Tibbiy modelning funksiyalar?



3-mavzu. Nogironlikning sabablari va turlari.
Reja:
1. Nogironlikning irsiy sabablari, nogironlikni tushunishda genetik yondashuv.
2. Nogironlikni ortirish sabablari.
3. Mental nogironlik va uning xususiyati, intellektual nogironlikning xususiyatlari, sensor nogironlikni xususiyatlari.


Tayanch tushunchalar: irsiyat, genetik, intellektual, sensor, xususiyat, uzluksiz buzilish, tanqislik.



  1. Nogironlikning irsiy sabablari, nogironlikni tushunishda genetik yondashuv.

Irsiy kasalliklar - genetik informatsiya (irsiy axborot) ning buzilishi natijasida kelib chikadigan kasalliklar; asosan, xromosomalar yoki genlardagi mutatsiyalar tufayli paydo boʻlib, nasldan-naslga oʻtadi. Mutatsiyalar tashqi muhit omillari (ionlashtiruvchi nurlar, ayrim biologik faol kimyoviy birikmalar) hamda organizm va hujayralardagi salbiy taʼsirlar oqibatida roʻy berishi mumkin.
I. k. asosan, klinik-genealogik usul bilan oʻrganiladi, bunda avlodlar shajarasi tuziladi. Bu usul yordamida I. k. (autosomdominant, autosom-retsessiv va jins bilan bogʻliq kasalliklar)ning turli yoʻllar bilan nasldan-naslga o’tishi aniqlanadi. Autosomdominant kasalliklarda, kasallik autosomada joylashgan dominant genlar orqali nazorat qilinadi. Bunda kasallik har avlodda 50% dan ortiq hollarda uchraydi. Braxidaktiliya, araxnodaktiliya, retinoblastoma, psoriazning maʼlum bir turlari va b. shu yoʻl bilan nasldan-naslga oʻtadi.
Autosom-retsessiv I.k. da patologik retsessiv genlar ota-onada boʻlsa, kasal bola tugʻilish ehtimoli bor, shuning uchun bu kasalliklar har avlodda uchramaydi. Lekin, bu ehtimollik oʻzgargan gen tutuvchi yaqin qarindoshlar oʻrtasida oila qurilganda oshadi. Bularga fenilketonuriya, miokloniya, epilepsiya, oligofreniyaiknt maʼlum bir turlari va b. misol boʻla oladi.(OK 16-modda. Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar Nikoh tuzishga: loaqal bittasi ro‘yxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar o‘rtasida; nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida; loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar o‘rtasida yo‘l qo‘yilmaydi.)

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling