«NO’KİS» O’zbekstan respublikasi joqari ha’m orta arnawli biLİmlendiRİw miNİstrliGİ


Download 455.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana21.06.2017
Hajmi455.44 Kb.
#9486
1   2   3   4   5   6   7

 

bwlsa, rezonans Holati ywqoladi va K ning miqdori 1 ga yaqinlashadi, sistema titrash Hosil qiluvchi 

kuchga wsib boruvchi inertsiya qarshiligi kwrsatadi. Buning natijasida titrashni izolyatsiya qiluvchi 

vosita orqali titrash wtishi kamayadi. 


 

45

Ammo bu Holat iqtisodiy tomonidan salbiy natija beradi, chunki katta Hajmdagi titrashni 



izolyatsiya qilish vositalari qimmat bwlishi bilan birga ularni amalga oshirish vositalari  Ham 

qimmatlashib ketadi. Shuningdek texnik jiHatdan noqulayliklari mavjud. Katta Hajmdagi titrashni 

izolyatsiya qilish vositasiga wrnatilgan agregat bazi bir ywnalishlar bwyicha ozod Harakatlanish 

darajasiga ega bwlib qoladi. 

Sanoatda qwlda ishlatiladagan mexanizmlar uchun Ham titrashni izolyatsiya qilish vositalari 

qwllanilgan. Bunda titrash tarqatuvchi asbob bandi uning asosi bilan titrashni kamaytiruvchi elastik 

elementlar, masalan rezina uzuklar ёrdamida biriktirilgan. Shuningdek, kwp zvenoli sharnirsimon 

biriktirilgan elementlardan foydalaniladi. Bu esa titrashni ancha kamaytirish imkoniyatini tug’diradi. 

Prujinali titrashni izolyatsiya qilish vositalarining birmuncha ijobiy tomonlari bor. Ularni Ham 

yuqori chastotadagi Ham past chastotadagi titrashlarni swndirish maqsadida qwllash mumkin. Yani 

ular Har qanday deformatsiyada wz elastik xususiyatlarini ywqotmaydi. Shuningdek issiq va 

sovuqqa, ёg’lar tasiriga yaxshi bardosh beradi, 

Rezinadan qilingan titrashni swndirish vositasi qwllanilganda gorizontal tekislik bwylab 

tarqaluvchi titrashlarni swndirish masalasini Hal qilish muHim aHamiyatga ega. Buning uchun 

rezina qirqimlar Hosil qilinadi, teshiklar teshiladi ёki bir necha parallel wrnatilgan swndirish 

vositalaridan foydalaniladi. 

 

TİTRAShDAN SAQLANİSh ShAXSİY MUHOFAZA 



JİHOZLARİ. TİTRAShNİ WLChASh VOSİTALARİ 

 

Qwlda ishlatiladigan mexanizatsiyalashtirilgan elektr va pnevmatik asboblardan foydalanilganda 



ishchilarning qwllari orqali wtadigan titrash tasirini kamaytirish maqsadida shaxsiy muHofaza 

aslaHalaridan foydalaniladi. Bunday vositalarga qwlqoplar, titrashdan saqlovchi plastina va 

prokladkalar kiradi. Bunday vositalarni qwlga wrnatib ishlatiladi. Shaxsiy muHofaza aslaHalariga 

qwyiladigan texnik talablar GOST 12.4.002-74 da aniqlangan. 

Titrashlarning sovuq sharoitlarda tasir darajasining ortib ketishini Hisobga olib ishchilarni qish 

vaqtida issiq kiyim va issiq qwlqoplar bilan taminlash tavsiya etiladi. 

Titrash kasalliklarining oldini olish maqsadida ishlab-chiqarish sanoat korxonalarida titrash 

bilan bog’liq bwlgan mashina va mexanizmlar bilan ishlovchi kishilar uchun maxsus ish rejimi 

tashkil qilingan. Masalan, qwlda ishlatiladigan titrash tarqatuvchi mexanizm bilan ishlovchi ishchi 

sanitariya norma talabiga muvofiq umumiy ish smenasining 2/3 qismidan oshmagan miqdorda 

ishlashi mumkin. 

Boshqa sanitariya gigienik omillar normada bwlsa titrash tasirida ishlaёtgan ishchiga 

quyidagicha ish rejimi tashkil qilinadi. Bunda ovqatlanish uchun tanaffus 40 minutdan kam 

bwlmasligi bilan birga yana ikki marta chegaralangan tanaffus qilinadi. Bu tanaffuslar ish 

boshlangandan keyin taxminan 1-2 soat davomida 20 minut va tushlik tanaffusdan 2 soat wtgach 

30 minut bwlishi kerak. Tanaffuslardan ishchi aktiv dam olishi uchun foydalanish kerak (masalan, 

maxsus gimnastika mashg’ulotlari va boshqa saqlanish chora-tadbirlari). 

Titrash tarqataёtgan mashinalarda ishlaёtgan ishchilar uchun ularning ish ritmiga titrash 

bwlmagan texnolgik vazifalarni bajarish ishlarini Ham qwshib olib borish tavsiya etiladi. 

Agar biron-bir ishchida titrash kasalligi boshlanganligi aniqlansa, uni vaqtincha VTEK qaror 

chiqarguncha titrash bwlmagan engilroq ishga wtkazish tavsiya qilinadi. 

Umumiy titrash tasirida ishlaёtganlar maxsus oёq kiyimi kiyishlari kerak (GOST 12.4.024-76). 

Titrashni ST SEV 1991-78 “Titrashni wlchash uchun qwyiladigan umumiy talablar” shartlari 

asosida wlchanadi. Bunda titrashni texnologik jiHozlarda cheklash standartlari va sanitariya 

normalari berilgan. 

Kwplab ishlatiladigan wlchash asboblari orasida İShV-1 va VİP-2 ni kwrsatib wtish mumkin. 

Chet el apparatlari ichida Daniyaning “Bril va Ker” firmasida ishlab chiqarilgan wlchash 

qurilmasi va GDR ning RFT apparati komplektini kwrsatish mumkin. 

 

 

 



 

 

46

ShOVQİNDAN SAQLANİSh 

 

Odam uchun ёqimsiz Har qanday tovushlar shovqin deb ataladi. Jismlarning bir-biriga urilishi, 



ishqalanishi va muvozanat Holatining buzilishi natijasida Hosil bwlgan Havoning elastik tebranishi 

Harakati qattiq, suyuq va gazsimon muHitda twlqin Hosil qilib tarqaladi. Bunda muHit zarralari 

muvozanat Holatiga nisbatan tebranish Hosil qiladi va bu tebranish tezligi twlqinlar tarqalish 

tezligidan ancha kichkina bwladi. 

Gazsimon muHitda shovqin tezligi quyidagicha aniqlanadi: 

  

ρ



μ

/

ст



газ

Р

С

=

 



 

Bunda: 


μ - gaz adiabati kwrsatgichi (Havo uchun μ=1.4); P

st

 - gazning bosimi



ρ

 - gazning 

zichligi. 

Normal atmosfera sharoitida (T=293 K va P

st

 =1034 GPa) tovush tezligi S Havoda 344 m/s ga 



teng. 

Tovush twlqinlari malum chegaragacha tarqalishi mumkin. Mana shu chegara oraliq tovush 

maydoni deb ataladi. Tovush maydonidagi Har bir nuqtada Havo zarralarining Harakat tezligi vaqt 

birligida wzgarib turadi. Bir laHzada kuzatilgan Havo twliq bosimining tasir kuchidan Holi bwlgan 

Havoning wrtacha bosimiga nisbati tovush bosimi deb ataladi va R bilan belgilanada. Tovush 

bosimining wlchov birligi Pa. 



Odam qulog’iga tovush bosimining wrta kvadrat miqdori tasir qiladi. 

Download 455.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling