Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti
|
Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot institutiga tamal toshi 1957-yil 15-iyunda qo‘yilgan.
1963-yildan 1992-yilgacha institut “O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti ilmiy-tekshirish instituti” bo‘lgan.
2020-yilda Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti sifatida tashkil etildi.
|
– Marketing tizimini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
– jahon fani yutuqlari, ilg‘or tajribalarini o‘rganish va umumlashtirish, ulardan foydalanish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
– qishloq xo‘jaligida tabiiy resurslardan foydalanish muammolarini o‘rganish, tahlil qilish va takomillashtirish;
– qishloq xo‘jaligida yer-suv resurslaridan foydalanish munosabatlarini takomillashtirish;
– qishloq xo‘jaligida tuproq unumdorligini oshirishni rag‘batlantirish tizimi va mexanizmlarini takomillashtirish;
– qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida qo‘shimcha qiymat zanjirini takomillashtirish;
– mintaqa va hududlar bo‘yicha aholining oziq-ovqatlarga bo‘lgan talabini o‘rganish, talab va taklifni prognozlashtirish va uzoq muddatlarga mo‘ljallangan ssenariylarini ishlab chiqish;
– mintaqa va hududlar kesimida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda suv tejamkor va intensiv texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
– mintaqa va hududlar kesimida qishloq xo‘jaligi ekinlari va dorivor o‘simliklar yetishtirish bo‘yicha namunaviy texnologik kartalarni ishlab chiqish, ularning elektron platformasini shakllantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
– mustaqil tadqiqotchi yo‘nalishida ilmiy xodimlar tayyorlash va xodimlarning xorijiy davlatlarda tajribasini oshirishga ko‘maklashish;
– qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasini rivojlantirishga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqotlar bo‘yicha qo‘llanmalarni chop etish, o‘z faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlar o‘tkazish;
– turli tashkilot, korxonalar va ilmiy-tadqiqot muassasalari, agrar soha taʼlimi tizimidagi o‘quv yurtlari tomonidan ishlab chiqarishga joriy qilish uchun berilgan taklif va tavsiyalar to‘g‘risida xulosalar berish;
– doktorlik dissertatsiyasi himoyasi bo‘yicha Ixtisoslashgan ilmiy kengashlar ishini tashkil etish va ilmiy ishlarga xulosalar berish.
|
Tomchilatib sug‘orish tizimlaridan foydalangan holda paxta xom ashyosini ishlab chiqarish va mashinalar yordamida yig‘ib olish bo‘yicha namunaviy texnologik kartalar (2019-2023-yillar uchun) ishlab chiqildi;
Dorivor ekinlar va shifobaxsh o‘simliklarni yetishtirishda mehnat va moddiy resurslar sarfi va namunaviy texnologik kartalar ishlab chiqildi;
“UZBAT A.O.” qo‘shma korxonasi bilan hamkorlikda 2 ta ilmiy-texnikaviy ishlanma amalga oshirildi, tamaki sotib olish narxlarini 44% va 33% oshirish zarurligi asoslandi va joriy etildi;
Jahon bankining “O‘zbekiston Respublikasida chorvachilikni rivojlantirish” va “O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirish” loyihalari mablag‘lari hisobiga tashkil etilgan ishlab chiqarish tizimining iqlim o‘zgarishiga moslashganlik holati tadqiq etilib, iqtisodiy-ekologik baholandi;
“Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarga xizmat ko‘rsatuvchi “Axborot-konsalting markazi”ni tashkil etish va faoliyatini yuritish bo‘yicha tartib”, “Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarga xizmat ko‘rsatuvchi “Tara-qadoqlash xizmati” shaxobchalarini tashkil etish va faoliyatini yuritish bo‘yicha tartib”, “Qishloq xo‘jaligiga transport xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tartib”lar ishlab chiqildi;
Tog‘ va tog‘oldi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy va meʼyoriy huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.
2020-yilda ilmiy xodimlar tomonidan xorijiy jurnallarda 14 ta, mahalliy jurnallarda 24 ta, “WoS” va “Scopus” bazasidagi xalqaro nashrlarda 3 ta ilmiy maqola, xorijiy va mahalliy konferensiyalarda esa 25 tadan ortiq tezislar chop etilgan. Shuningdek, institut olimlari tomonidan 3 ta monografiya chop etilgan va 7 ta taklif vazirlik va idoralarga amaliyotga joriy etish uchun qabul qilingan.
Yuqori malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida 2020 yilda 3 ta falsafa doktori (PhD), 1 ta fan doktori (DSc) tayyorlandi.
|
“O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishiga moslashgan qishloq xo‘jaligi faoliyatini baholash” mavzusida ilmiy-tadqiqot olib borish;
“Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini baholash hamda resurslardan samarali foydalanish va barqaror bioxilmaxillikni taʼminlash” mavzusida ilmiy tadqiqot olib borish;
“Qoraqalpog‘istonning qurg‘oqchil tumanlarida chorvachilik sohasi va ozuqa bazasini rivojlantirish” mavzusidagi ilmiy tadqiqotni amalga oshirish;
“O‘rta Osiyo va Janubiy Kavkaz (CAC) qishloq xo‘jaligida lider-ayollar (CAWLA) dasturi salohiyatini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot” mavzusidagi ilmiy tadqiqotni amalga oshirish;
Qishloq xo‘jalik ekinlarini parvarishlash va mahsulot yetishtirish bo‘yicha namunaviy texnologik karta ishlab chiqish;
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishda talab etiladigan mehnat va moddiy resurslar sarfi meʼyorlarini asoslash;
Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
“Kinoa” va “Amarant” ekinlarini parvarishlash va mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha namunaviy texkartani ishlab chiqish;
Innovatsion texnologiyalarga asoslangan “Aqlli” qishloq xo‘jaligini rivojlantirish iqtisodiy samaradorligini oshirishning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish va boshqalar rejalashtirilgan.
|
Direktor: Farmanov Tulqin Haitmurodovich
Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Qibray tumani, “Universitet” ko‘chasi, 2-uy
Telefon: (+99871) 206-52-30
Faks: (0371) 260-52-30
Elektron pochta: qxiiti@agro.uz
Sayt: qxiiti.uz
|