Nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
Download 305.89 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqMilliy va umummadaniy kompetensiya.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Milliy va umummadaniy kompetensiya
- Foydalanilgan adabiyotlar
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa
va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish. Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr- oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e‘tiqodli bo‘lish, badiiy va san‘at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog’lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish. Foydalanadigan ko‘rgazmali qurollar: shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Doskada: ―Har bir inson ham, u kelajakda qaysi kasbda ishlamasin, ilk bor maktabga qadam qo‘ygan damlarini, qo‘liga birinchi bor qalam tutqazgan muallimini faxr bilan eslab yuradi‖ Abdulla Oripov O‘qituvchi: Bir umr sizga ta‘zimdamiz, aziz ustozlar! Doim e‘zozdasiz, qalbi daryolar, Ziyo tarqatasiz, har on, har soniyada, Hech charchamang, aziz muallimlar! Respublikamizda ta‘lim-tarbiya sifatini oshirishda juda ko‘plab ta‘lim fidoyilari jonbozlik qilib kelmoqda. Bizning maqsadimiz esa mana shunday fidoyilarni keng ommaga tanishtirish ularning ishlarini yoshlarimizga ibrat qilib ko‘rsatish. „Har kuni, har soatda fidoiy bo‘lish, o‘zini tomchi va tomchi, zarrama-zarra buyuk maqsadlar sari charchamay, toliqmay tinimsiz safarbar etib borish, bu fazilatni doimiy, kundalik faoliyat mezoniga aylantirish-haqiqiy qahramonlik aslida mana shu O‘qituvchilik kasbi ana shunday haqiqiy qahramonlikni taqazo etadi. Biz sizni Respublikamizda faoliyat olib borayotgan o‘z fanining qahramonlari bilan tanishtiramiz. Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas`uliyatli vazifani ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz, ertaga o‘rnimizga keladigan yoshlarning ma`naviy dunyosini shakllantirishda ularning xizmati naqadar beqiyos ekanini o‘zimizga yaxshi tasavvur qilamiz. Bu yorug` olamda har bir odam o‘zining mehribon ota-onasiga, ustoz va muallimlarga nisbatan hamisha minnatdorlik tuyg`usi bilan yashaydi. Inson o‘z umri davomida qanday yutuq va natijalarga erishmasin, qayerda, qanday lavozimda ishlamasin, maktab dargohida olgan ta`lim-tarbiyasi uning yetuk shaxs va malakali mutaxassis bo‘lib shakllanishida ulkan ahamiyatga ega ekani shubhasiz. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ma`rifatparvar bobolarimizning fikrini davom ettirib, agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug`i maktab bo‘lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o‘qituvchilik va murabbiylikdir, desak, o‘ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Biz yurtimizda 1 oktabr sanasini O‘qituvchilar va murabbiylar kuni sifatida umumxalq bayrami deb e`lon qilganimizning chuqur ma`nosi bor, albatta. (Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch) Ta‘lim tizimiga o‘zlarining beqiyos xizmatlarini qo‘shgan, maktabni ulug` dargoh deb, hisoblagan jadid bobolarimiz haqida qisqacha to‘xtalib o‘tish bizning muqaddas burchimiz. Har doim o‘qituvchilik kasbimizda ularning ruhlari bizga madadkor bo‘lsin. Mahmudxo‘ja Behbudiy – Turkistonda jadidchilik harakati rahbarlaridan biri, yozuvchi, jurnalist va jamoat arbobi. 1874 yil 10 martda Samarqandning Baxshitepa qishlog`ida tug`ilgan. 1919 yil Qarshi shahrida Buxoro amiri tomonidan o‘ldirilgan. Behbudiy Samarqandda birinchilardan bo‘lib 1904 yil usuli jadid maktabini tashkil qildi va shu maktab uchun ―Muntaxabi jug`rofiyai umumiy‖ (―Qisqacha umumiy geografiya‖), ―Kitob ul-atvol‖ (―Bolalar uchun kitob‖), ―Muxtasari tarixi islom‖ (―Islomning qisqacha tarixi‖), ―Amaliyoti islom‖ va boshqa darsliklar, shuningdek maktab va ta‘lim- tarbiya to‘g`risida bir necha maqolalar yozdi. Samarqanddagi xususiy nashriyotida darsliklardan tashqari ―Turkiston, Buxoro va Xiva xaritasi‖ni bosib chiqardi.Gazeta va jurnallar nashr etdi. 1911 yil yozilgan ―Padarkush‖ p‘esasida u barchani ilm- ma‘rifatli bo‘lishga chaqirish, ilmsizlik balosini daf qilish g`oyasini ilgari surdi. Abdurashidxonov Munavvarqori - siyosat va ma‘rifat arbobi. Turkistonda jadidchilik haralkati namoyandalaridan biri, pedagog. ―Sho‘roi Islom‖ tashkiloti (1917-18) ideologi va rahbari.1878 yil Toshkent shahrida tug`ilgan. 1929 yil nohaq millatchilikda ayblanib qamoqqa olindi va 1931 yilda otib tashlandi. Toshkentdagi Yunusxon madrasasida ta‘lim olgan.1903 yildan jadid maktablari ochib, dars bergan. Shunday maktablar uchun tovush usulida yozgan ―Adibi avval‖ (―Birinchi adib‖, 1907) alifbe kitobi, ―Adibi soniy‖ (―Ikkinchi adib‖1907) o‘qish kitoblari bir necha bor nashr qilingan. 1908 yil uning ―Sabzazor‖ (to‘plam), ―Yer yuzi‖ (geografiyadan), ―Tajvid‖ (Qur‘onni o‘qish usulini o‘rgatgan) kitoblari ham bosilib, yangi usuldagi maktablarda darslik sifatida qo‘llangan. 1906-1917 yillarda jadid gazetalarida muharrirlik qilgan. Abdulla Avloniy (1878-1934), shoir, dramatrug, davlat va jamoat arbobi. Mehnat Qahramoni (1925), professor (1930). Eski maktab va madrasada o‘qigan (1884- 1890). Toshkentda yangi usuldagi maktablar ochgan (1904); ―Turon‖ (1913; 1914 yildan ―Turkiston‖) teatr truppasini, ―Nashriyot‖ (1914), ―Maktab‖ (1916) kitob nashr qilish shirkatlarini tashkil qildi; ―Shuhrat‖ (1907), ―Turon‖ (1917) gazetalarni nashr etdi. ―Ishtirokiyun‖ gazetasining tashkilotchisi va muharriri (1918). ―Kasabachilik harakati‖ jurnali muharriri (1921). Eski shahardagi xotin-qizlar va erlar maorif bilim yurtlarida mudir (1922-29), Maorif xodimlari eski shahar soyuzi raisi (1923), Turkfront huzuridagi milliy harbiy maktab (1924-29), O‘rta Osiyo kommunistik universiteti (SAKU; 1925-29), O‘rta Osiyo davlat universiteti (1930-34) o‘qituvchisi. Avloniy yangi usuldagi maktablar uchun darsliklar yozgan; uning she‘riy to‘plamlari, dramatik asarlari nashr etilgan. Ilm deb o‘qimak, yozmakni yaxshi bilmak, har bir kerakli narsalarni o‘rganmakni aytilur. Ilm-dunyoning izzati, oxiratning sharofatidur. Ilm inson uchun g`oyat oliy va muqaddas bir fazilatdur.Zeroki, ilm bizga o‘z ahvolimizni, harakotimizni oyina kabi ko‘rsatur. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o‘tkir qilur. Savobni gunohdan, halolni haromdan, tozani murdordan ayurub berur, tog`ri yo‘lga rahnamolik qilub, dunyo va oxiratda mas‘ud (baxtli, saodatli) bo‘lishimizga sabab bo‘lur degan edi buyuk ma‘rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy. Abdulla Avloniy ilm nimalarga qodir ekanligini bizga anglatganiday, Sergeli tumandagi 300-maktabning fizika fani oliy toifali o‘qituvchisi Shodiyeva Maqsuda, kimyo fani birinchi toifali o‘qituvchisi Rizayeva Shoxista, boshlang`ich ta‘lim o‘qituvchilari Karimova Oysuluv va Xolboyeva Marhabo kabi pedagog kadrlarimiz ham shunday ilmning qadriga yetib, barkamol avlodni tarbiyalashda jonbozlik ko‘rsatmoqdalar. Respublikamizdagi jamiki, barcha o‘qituvchi va murabbiylarga sog`lik, kuch- quvvat va kelajagimiz bo‘lgan yoshlarni tarbiyalashda ulkan omadlar tilab qolamiz. Topshiriq: O‘qituvchilarni madh etuvchi dil izhorlari va she‘rlardan shogirdlarining kalomi. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish. Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr- oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e‘tiqodli bo‘lish, badiiy va san‘at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog’lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish. Mashg‘ulot turi: Amaliy, og`zaki Jihoz: Mavzuga oid rasmlar, boshqotirma va test savollari I. Tashkiliy qism. a) salomlashish. b) davomatni aniqlash. II. Asosiy qism: Muvaffaqiyatli karyera uchun muhim tavsiyalar Ishingizdan ko‘nglingiz to‘lishi kerak. Ko‘pchilik odamlar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan xato — ishdagi maqsadlarga erishish uchun vosita. Yillar o‘tib keragidan ortiq pulingiz bor bo‘lishi, lekin ortga nazar tashlab, umringiz faqat moddiyat uchun sarflanganini bilish og‘ir. Moddiyat asosiy rollardan birini o‘ynashini, ishini sevsa ham ehtiyojlarni qoplamaydigan maoshga indamay ishlab yurish kerak bo‘lmagani bilan, jamoa va ish jarayoni sizning hayotingizning bir qismi ekanini ham unutmaslik kerak. Ish bor joyda muammo va kamchiliklar bo‘lib turishi tabiiy, lekin siz o‘z sohangiz va faoliyat turingizni sevsangiz, ular bilan o‘ralashishni emas, yechim topishga diqqatingizni qaratasiz. Balansda bo‘lish 2017-yilda germaniyalik hamda amerikalik tadqiqotchilar ishidan ma’no va rohat qidiradigan insonlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazgan. Tadqiqot natijasiga ko‘ra, ishidan ma’no qidiradiganlar ikkinchi guruh kishilariga nisbatan karyera qilishga ko‘proq qiziqishi ma’lum bo‘lgan. Aslida esa faoliyat davomida balansni topa bilish kerak. Ishga bo‘lgan qiziqish, xursandchilik va rohatlanishni his eta bilish juda muhim. Sizga nima kerakligini o‘zingizdan boshqa hech kim bilmaydi Karyera qilish bir-biridan farq qilishi mumkin. Kimdir bir joyda uzoq vaqt ishlashni, kimdir qisqa fursatda ish joyini o‘zgartirib turishni, yana kimdir bo‘lsa, oldindan ma’lum ishga erishish uchun boshqasi orqali ko‘tarilishni ma’qul biladi. Qaysi yo‘lni tanlash — bu sizning xohishingiz, faqat qayerda va qachon ishlashingizdan qat’i nazar ishingizni sevib bajaring. Bunda ikki tomonga foyda — sevimli ish bilan shug‘ullanib siz baxtiyorlikni, rahbariyat esa sizdek salohiyatli xodimi borligidan mamnuniyatni his qiladi. Me‘yorni bilish Ishni yaxshi ko‘rgan yaxshi, lekin butun hayotni ish bilan o‘tkazish ham yaramaydi. Sohangizning ustasi bo‘ling, yuklatilgan vazifani qoyillating, lekin ishni shaxsiy hayot bilan qorishtirib yubormang. Vaqtida salohiyatingizga yetarli baho berishni, salomatligingiz va yaqinlaringizga vaqt ajratishni, dam olish va asosiysi, ko‘ngildagidek yashashni unutmang. Topshiriq: Bugungi mavzu yuzasidan o‘quvchilar matn tayyorlash. Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi Foydalanadigan ko‘rgazmali qurollar: shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Doskada: Tilingga ehtiyot bo‘l. Rost yo‘lda yengiltaklik qilma. Motrudiy O‘qituvchi: O‘z ona tilini bilmagan odam o‘zining shajarasini, o‘zining ildizini bilmaydigan, kelajagi yo‘q odam, kishi tilini bilmaydigan uning dilini ham bilmaydi, deb juda to‘g`ri aytishadi. Lekin ona tilimizni bilish yo‘lidagi intilishlarimizni, harakatlarimizni rus tiliga qarama-qarshi qo‘yish, rusiyzabon birodarlarimiz bilan aloqani buzish mutlaqo noto‘g`ri bo‘lur edi. Bir-birimiz bilan ahil va do‘st bo‘lib yashayotgan bir paytlarda xalqlarni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yib, ular orasiga nifoq solishga urinishlar yaxshilikka olib kelmaydi. Har qaysi millat, katta yo kichikligidan qat‘i nazar, o‘z ona tilini hurmat qiladi. O‘zbeklar o‘zbek tilini hurmat qilsa, tojiklar tokik tilini, qozoqlar qozoq tilini, aytaylik, boshqa millat vakili, katta yo kichik bo‘lishiga qaramay, o‘z ona tilini hurmat qiladi. (O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining o‘n birinchi sessiyasida so‘zlangan nutqdan 1989 yil 25 oktabr) Agar 1897 yilda mamlakatimiz hududida 70 millat va elat vakillari yashagan bo‘lsa, 1926 yilda ularning soni 91 taga, 1959 yilda 113 taga, 1979 yilda esa 123 taga yetdi. Hozirgi kunga kelib, ularning soni 130 dan ziyod bo‘lib, O‘zbekiston aholisi tarkibidagi ulushi 20 foizni tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqaviy tadqiqotlar institute tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari tahlil qilinganda, boshqa millat vakillari, ya‘ni slavyan diasporasi (ruslar, ukrainlar, beloruslar) ning – 38,6 foizi, Volgabo‘yi xalqlarining (tatarlar, boshqirdlar, chuvashlar) ning – 72,5 foizi, Markaziy Osiyo xalqlari (qozoqlar, tojiklar, qirg`izlar, turkmanlar) ning – 78,2 foizi O‘zbekistonni o‘zlarining ona Vatani deb hisoblaydilar. Bu boshqa millat vakillarining O‘zbekistonni o‘z ona yurtidek e‘zozlashi hamda uning tiliga bo‘lgan munosabat hurmat va ehtirom darajasiga ko‘tarilganligidan dalolat beradi. Hozirgi paytda ko‘pmillatli respublikamizda 27 millat vakillari tomonidan tuzilgan 150 ga yaqin milliy madaniy markaz Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan ―Turkiston- umumiy uyimiz‖ g`oyasi asosida faoliyat yuritib kelmoqda. Shundan 14 ta milliy- madaniy markaz respublika maqomiga ega. achchiq ham shirin‖ so‘zlarini sharhlash. O‘tgan zamonda bir dehqon bo‘lgan ekan. Uni kambag'al oshnasi bor ekan. Kunlardan bir kuni dehqondan bir tanob yerini sotishni iltimos qilibdi Dehqon yerning bir chekkasini kambag'al oshnasiga sotibdi. Yerni olgan odam bir qalin og'aynisidan ho‘kiz olib kelib, yer haydayotganida, omochning tishi bir nimaga tegibdi. Dehqon parvo qilmay haydayveribdi. Qaytib o‘sha yerga kelganida omochning tishi yana haligi narsaga urilibdi. Kambag'al dehqon: ilgari bu yerda daraxt bo‘lgan, uning to‘nkasi qolib ketgan, shekilli", deb o‘ylabdi. U ketmon olib kelib, omoch tishiga qadalgan narsani kovlay boshlabdi. Nihoyat, u yerdan xumcha chiqibdi. Uni ochib qarasa, ichi to‘la tilla emish. Dehqon yerning qolgan qismini ham haydab, urug' sepibdi. So‘ng ho‘kizlami egasiga topshiribdi. Xumchadagi tillani ko‘tarib, to‘g'ri yer sotgan dehqon oshnasining uyiga boribdi. U oshnasiga: - Sizdan olgan yerimni haydayotgan edim, mana shu xumchani topib oldim, ichidan tilla chiqdi. Uni o‘zingizga olib keldim, - debdi. O‘quvchilarga quyidagi savollar bilan murojat qilaman: 1. Boy dehqon nima uchun o‘z yerini sotibdi? 2. Kambag'al dehqon va uning oshnasi nima uchun donishmand huzuriga borishibdi? Donishmand ularga qanday maslahat beribdi? 3. Siz nima deb o‘ylaysiz, kambag'al dehqon to‘g'ri ish qildimi? Topshiriq: O‘quvchilardan mavzu yuzasidan fikrlar so‘rash Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi Foydalanadigan ko‘rgazmali qurollar: Shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomat,tozalik II.Asosiy qism: Har bir shahar va tumanda 18 yosh- ga to‘lmagan fuqarolarning muammolarini hal etish uchun maxsus bo‘lim - voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug'ullanuvchi komissiya mavjud. Bunday komissiyani tuzishdan Maqsad: - voyaga yetmaganlarning huquq va qonuniy man faatlarini ta'minlash; - voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi, qarov- sizligi, huquqbuzarligi va jamoatga qarshi harakatlarining oldini olish, bunga ko‘makla- shuvchi sabab va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish; - ijtimoiy xavfli ‘ holatga tushib qolgan voyaga yetmaganlarga yordam berishdir. O‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun komissiya voyaga yetmaganlarni tarbiyalash, ta'lim berish, moddiy ta'minlash sharoitlarini nazorat qiladi, ularga ishga joylashish va maishiy jihatdan yordam beradi. Komissiya quyidagilarga haqli: - umumta'lim maktablari va voyaga yetmaganlar bo‘lgan boshqa tashkilotlarda bolalar va o‘smir- lar bilan tarbiya ishlari ahvolini tekshirish; - voyaga yetmaganlar, ularning ota-onalarini shaxsan qabul qilish, ularning shikoyat va arizalarini ko‘rib chiqish; - voyaga yetmaganlarni afv etish to‘g'risida ilti- mosnomani qo‘zg'ash; javobgarlikdan ozod qilish to‘g'risida, yengilroq jazo qo‘llash to‘g‘risi- da, sudlanganlikni muddatidan awal bekor qilish to‘g'risida sudga taqdimnoma kiritish. Komissiya oyda bir marta yig'iladi. Bu vaqt ichida maxsus kishi - komissiyaning mas'ul kotibi - ko‘rib chiqish uchun ishlarni tayyorlaydi, muammoni hal etishda yordam bera oladigan mutaxas- sislarni taklif qiladi. Yig'ilishda xalq ta'limi bo‘li- mi inspektori, voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug'ullanuvchi inspektor, shifokorlar, peda- goglar, mehnat birjasi vakili albatta qatnashadilar. Komissiya a'zolarining hammasi asosiy ishga ega va komissiyaga faqat yig'ilishga keladilar. Agar ayrim o‘quvchilar yoki ularning ota- onalari "Ta‘lim to‘g'risida"gi qonunni buzsalar, komissiyaga maktab murojaat qilishi mumkin. O‘smirlarning ma'muriy huquqbuzarliklarini ham komissiya ko‘rib chiqadi. Qaror chiqarishdan oldin komissiya a'zolari o‘smirning haat sharoitlari, oilaning mod- diy-maishiy sharoitlari to‘g'risida ma'lumotlar to‘playdi, o‘smir va uning ota-onasi bilan suhbat- lashadi. Komissiya a'zolari - Rozaga, uning onasiga, sinf rahbariga savollar beradilar. Voqea yechimini topishga harakat qiladilar. Qaror chiqaradilar. Roza - unga ko‘chada savdo qilishga to‘g'ri kel- ganidan uyaladi, biroq u oiladaga bolalarning kat- tasi va onasiga yordam berish uning burchi. Ona - Roza maktabda yetarlicha o‘qidi va endi ko‘proq yordam berishi kerak deb hisoblaydi. Agar oila pirojka sotmasa, unda Rozaning maktab uchun kiyimi bo‘lmaydi. Sinf rahbari - qizcha maktabga borishga va to‘qqizinchi sinfni tugatishga majbur deb hisoblaydi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. 41-modda. "Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta‘lim olish davlat tomonidan kafo- latlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir‖. O‘zbekiston Respublikasining "Ta'lim to‘g'risi- da"gi qonuni 30-modda. "Voyaga yetmagan bolalarning ota- onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi,.. ta'lim olishlari uchun j avobgardirlar ". 34-modda. Ta‘lim to‘g'risidagi qonun hujjatlari- ni buzganlik uchun javobgarlik "Ta'lim to‘g'risidagi qonun qujjatlarini buzish- da aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar". O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 73-modda. Ota-onalarning bolalarga ta'lim berishga oid huquq va majburiyatlari "Ota-onalar o‘z bolalarini tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashi shart. Ota-ona o‘z bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir. Ular o‘z bolalarining sog'lig'i, jismoniy, ruhiy, ma‘naviy va axloqiy kamoloti haqida g'amxo‘rlik qilishlari shart. Oila psixologiyasi va etikasi haqida tushunchalar Kun shiori: Oila-qo‘sh ustunli ayvon. Mashg‘ulotning maqsadi:O‘quvchilarga oilaviy qadriyatlar oilaning ma`naviy iqlimi deganda nimani tushunishi,oila sha`nini, uning obro‘- e`tiborini saqlash oila a`zolaridan nimalarni talab etishi,oilaviy muhitning sog`lomligi nimalarga va kimlarga bog`liq ekanligi,o‘z oilangiz tinchligi va totuvligini ta`minlashga siz ham o‘z hissamni qo‘shyapman, deya olishi,«Uzumini yeng-u, bog`ini surishtirmang» degan maqolning salbiy maqsad-mohiyatini sharhlashga urinib ko‘rishi,«Halol» va «harom» tushunchalari to‘g`risida sinfdoshlaringiz bilan bahs o‘tkazishi, «Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona» degan iboraning mohiyatini izohlab berishi, Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish. Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr- oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e‘tiqodli bo‘lish, badiiy va san‘at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog’lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish. Mashg‘ulot turi: Amaliy, og`zaki Jihoz: Mavzuga oid rasmlar, boshqotirma va test savollari III. Tashkiliy qism. a) salomlashish. b) davomatni aniqlash. Qisqa savol-javoblar 1. Islohot so‘zining ma`nosi nima? 2. Hozirgi kunda Prezidentimizning islohotlarini aytib bering? 3. O‘zbekiston aholisining katta qismini kimlar tashkil etadi? 4. Sho‘ro davrida ―o‘rta maktab‖lardagi o‘qish muddati qancha bo‘lgan? IV. Asosiy qism: Hurmatli o‘quvchi, insonning shakllanishi, hayotda o‘z o‘rnini topishi, el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lishida u voyaga yetadigan oila muhiti hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Chunki oila shunday makonki, unda hayotning davomiyligini ta`minlovchi shaxs shakllanadi, milliy madaniyat, urf-odatlar, axloqiy qadriyatlar saqlanadi va rivojlantiriladi. Har bir oila ahil va totuv bo‘lsa, demakki, jamiyatda ham tinchlik va hamjihatlikka erishiladi, yurtda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi. Chunki oilani bekorga jamiyatning kichik ko‘rinishi demaydilar. Xuddi jamiyatda bo‘lgani singari unda ham o‘zining boshlig`i, shuningdek, uning izmi va ko‘rsatmalari bilan u yoxud bu ishni bajaruvchi a`zolari bo‘ladi. Dono, tadbirkor, uzoqni ko‘ra biladigan rahbardan jamiyat taraqqiyotini boshqarish talab etilsa, oila kattalari ham o‘z uyining tinchligi, farovonligi, farzandlar kamoliga shunchalik mas`uldirlar.Oilada inson tarbiyasiga asos solinadi. U bolada shakllanishi lozim bo‘lgan barcha insoniy jihat va fazilatlarni tarbiyalovchi hayot maktabi hisoblanadi. Oilaviy tarbiya masalasida xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun avvalo har qaysi xonadondagi ma`naviy iqlimni o‘zaro hurmat, axloq-odob, insoniy munosabatlar asosida qurish ayni muddao bo‘lur edi.Sohibqiron bobomiz Amir Temur o‘g`il uylantirishda kelin tanlashdan tortib farzandlarni tarbiya qilishgacha bo‘lgan jarayon-larga shaxsan o‘zi jiddiy e`tibor bergani bejiz emas, albatta. Chunki har qanday davlatning qudrati - sog`lom fikrli, bilimli, xalq va Vatan taqdiri uchun jonini tikishga tayyor farzandlarning ko‘pligi bilan o‘lchanadi. Qolaversa, biz mansub bo‘lgan Sharq xalqlarida oila sha`ni va obro‘sini saqlash, uni har qanday tajovuzlardan himoya qilish oilaning har bir a`zosi uchun ham farz, ham qarz sanaladi. Oila - muqaddas dargoh, degani quruq gap bo‘lmay, balki uning zamirida mana shu muqaddaslikni ta`min-lash, oila sha`niga gard yuqtirmaslikdek ma`nolar yotadi. Siz ham hozirdan bilib olmog`ingiz kerakki, turmush qurishga chog`langan yigit va qizning o‘zaro roziligi, hurmati va muhabbati zaminiga qurilgan oila mustahkam bo‘ladi. Shunday nikoh asosida dunyoga kelgan farzandning baxti ham barqarordir. Farzand - oilaning orzu-umidi, er-xotin o‘rtasidagi mehr rishtalarini qattiqroq bog`lovchi ulug` ne`mat. Hayotning mazmuni, achchiq yoxud chuchuk bo‘lishi farzand bilan. Xalqimizning «Bolali uy - bozor, bolasiz uy - mozor», «Bolalilar bosh bo‘lar, bolasizlar yosh bo‘lar», «Bola - er-xotin tilmochi», «Odobli o‘g`il - ko‘kdagi yulduz, odobli qiz - yoqadagi qunduz» kabi ko‘plab maqollarini ming yillik hayotiy tajribalar mevasi desak, aslo xato boimaydi.Er-xotin, oilaning boshqa a`zolari o‘rtasidagi sog`lom ma`naviy muhit, xushmuomalalik bolaning bexavotir, sog`lom tug`ilishiga garovdir. Mutaxassis-shifokorlarning fikricha, homilador ayolning kayfiyati yaxshi, asablari tinch, iste`mol qiladigan taomlari bola organizmi uchun foydali bo‘lishi kerak. Bu gaplarning sizga ham bevosita aloqasi borligini sezib turgandirsiz. Chunki siz yashaydigan oilada ham kamida bitta kelinoyi bor, to‘g`rimi? Uning oilangizning yangi a`zosi sifatida bu yerdagi muhitga o‘rganib ketishi oson kechmasligini ham yaxshi his qilsangiz kerak. Shunday ekan, kelin-oyingizga har tomonlama ko‘maklashish, uning kundalik yumushlarida dalda bo‘lish sizning ham qo‘lingizdan keladi. Ayniqsa, u tug`ilajak jiyaningizga homilador bo‘lib, yurishga, yumush bajarishga qiynalib qolganida, sizning yordamingiz juda asqatadi. Masalan, kir yuvmoqchi bo‘lganida chelakda suv tashib bersangiz, hovlining u ulgurmagan qismini supurib qo‘ysangiz, xullas, ozgina bo‘lsa ham qo‘lidan ishini olsangiz, uning ko‘ngli qanchalar ko‘tariladi! Bilsangiz, homilador ayollar tansiq narsalar yegisi kelib qoladi. Balki u o‘rik shoxidagi dovuchchadir, biror tuzlamadir yoki karsillagan olmadir. U uyalib, istagini boshqalarga aytolmay turganida ko‘ngli tusagan narsani darrov muhayyo qilsangiz, qanchalar savob.«Ayol sizga yoqmagan alfozda ham qozoningizni qaynatib, chirog`ingizni yoqib yuraveradi, o‘tingizdan kirib, kulingizdan chiqaveradi. Yuklik holatida ham o‘shanday-tinimi yo‘q. Ichidagi bolasi uning o‘pka-jigariga chirmovuqday yopishib, bag`ridagi bor mag`zini shimib tursa ham, (bekorga «og`iroyoq» demaydilar) oyoqlari shishib, beli uzilay desa ham, yotib olmaydi, ro‘zg`orning, sizning xizmatingizni qilaveradi! Sizningcha, hurmat unga bo‘lmay, kimga bo‘lsin?! «Ko‘zi yoridi» deydilar va bekorga bunday demaydilar. Farzand ko‘rish jarayonida ayol qorong`i go‘rni ko‘rib qaytadi, «yo hayot, yo mamot» deya qutqu solib turgan ko‘prikdan o‘tadi. Ko‘zi yorir ekan, ayol suyaklarining qirsillab surilayotganini eshitib, etlarining uzilayotganini bilib turadi. Joni ko‘z kosasidan chiqay deb tursada, «do‘xtirjon, nima qilsangiz ham bolamni tirik oling», deya faryod uradi! O‘zim nima bo‘laman deyish yo‘q! Ayting-chi, birodar, hurmat faqat unga bo‘lmay, kimga bo‘lsin?» Aziz o‘quvchi, biz bu gaplarni bekorga keltirmayotganimizni o‘zingiz ham sezib- bilib turibsiz. Zero, siz ham, aka-ukalaringiz, opa-singillaringiz ham xuddi shu tarzda dunyoga kelgansiz. Tug`ilajak jiyanlaringiz ham xuddi shunday og`riqlar evaziga olam yuzini ko‘radi. Ayolning, onaning mo‘tabarligi, azizligi shundan. Demak, hozirdan boshlab bu ulug` zotni asrab-avaylash, unga qo‘ldan kelgancha xizmatda bo‘lish har birimizning insoniy burchimiz ekanini unutmaylik! Qolaversa, ajdodlarimizning bolani u tug`ilmasdan oldin tarbiyalay boshlash kerakligi xususidagi o‘gitlari bor. Harqalay, mana bu rivoyatni eshitgan bo‘lsangiz kerak:Bir kishi yangi tug`ilgan chaqaloqni donishmand oldiga olib kelib: «Taqsir, bolam tarbiyasini qachondan boshlay?» - deya savol beribdi. «Bolangiz dunyoga kelganiga necha kun bo‘ldi?» - so‘rabdi donishmand. «Ikki oy bo‘ldi, taqsir», - javob beribdi ota. «Attang, siz ancha kech qolibsiz, farzandning tarbiyasini ona- sining qornidaligidan boshla-shingiz kerak edi», - degan ekan donishmand. Yuqorida ta`kidlaganimiz oiladagi sog`lom ma`naviy iqlim xuddi shu tarbiyani o‘zida mujassam etadi.O‘zbek oilalarida farzand ko‘rish bilan bog`liq qator marosimlar, rasm-rusumlar mavjud bo‘lib, ularning har biri yaxshi niyatlar bilan ado etiladi. Jumladan, chaqaloqqa munosib ism qo‘yish, uni birinchi marta cho‘miltirish, beshikka belash, soch, tirnoq olish, tish chiqishi, yoshiga to‘lishi, o‘g`il bolalarni xatna qilish, birinchi muchal munosabati bilan bog`liq oilaviy tantanalarning o‘tkazilishida ramziy ma`nolar bor. Bunday marosim, rasm- rusumlar bola va uning atrofidagilar quvonchiga quvonch qo‘shadi, farzandning ma`naviy kamolotiga, o‘zining qanday millatga tegishli ekanini anglashiga ijobiy ta`sir ko‘rsatadi. «Taassufki, ba`zi ota-onalar o‘z farzandining qiziqishi va intilishlariga, uning ong- u tafakkurida har kuni bir o‘zgarish ro‘y berib, ko‘zida yangi-yangi savollar paydo bo‘layotganiga ahamiyat bermaydi. Boz ustiga, agar ota oilada o‘zini tutishni bilmasa, axloq-odob bobida farzandlariga o‘rnak bo‘lish o‘miga qo‘pol muomala qiladigan bo‘lsa, bu holat, tabiiyki, bola ma`naviy olamining shakllanishiga salbiy ta`sir ko‘rsatadi, vaqti-soati kelib, uning xarakterida inson degan nomga noloyiq, xunuk bir odat sifatida namoyon bo‘ladi». Loqaydlik degan bir bedavo illat borki, u keltirayotgan ziyon tufayli ko‘plab ko‘ngillarga ozor yetadi. Ko‘plab hayotlar barbod bo‘ladi. Ayni kunda giyohvandlik, OITS, ichkilikbozlik kabi odamzodning kushandasi bo‘lgan illatlar nimadan kelib chiqmoqda? Shubhasiz, buning sabab va omillari ko‘p, inchunin, oila, atrof-muhit kabi. Ammo bularning bosh sababi eng avvalo ota-onaning farzand tarbiyasi, uning yurish- turishiga e‘tiborsizligi yoki beparvoligi tufaylidir, desak to‘g’ri bo‘ladi. To‘qlikka sho‘xlik, oilada nazoratning yo‘qligidan ayrim yoshlar yuqoridagi singari illatlarga chalinib, oxir-oqibatda ba‘zi oilalar parokanda bo‘lib ketmoqda. Alloh ko‘rsatmasin, mana shunday loqaydlik oqibatida ayrim yoshlar esa nafaqat jamiyat va davlat uchun, balki insoniyat uchun zararli, yot oqimlar, diniy ekstremistik guruhlarga qo‘shilib qolayotgan hollar ham uchrayapti. Biz esa, bularni ko‘rib ko‘rmaganga, bilib bilmaganga oldik. Zero, bunday loqaydlik va beparvolikning to‘lovi shunchalar qimmatki, uni faqat inson umri, or-nomusi, hayoti bilangina o‘lchash mumkin bo‘ladi. Afsuski, bolalari kelajagi bilan qiziqmagan, ularning taqdiriga yillar davomida loqayd bo‘lib kelgan ota-onalar g’isht qolipdan ko‘chgandan keyin ming marta attang, deb boshni changallab o‘tirishadi. Ammo, qani endi, bundan biror-bir naf bo‘lsa. Holbuki, xoh o‘g’il bo‘lsin, xoh qiz bo‘lsin, oila kattalari avval boshdanoq ularning har bir qadam qo‘yishini kuzatib, kerak joyda tanbeh berib, bu yo‘ldan qaytarishi zarur edi. Agar ota- ona ogoh bo‘lib ko‘zining oqu qorasini maktab, kollej yoki ko‘chada kimlar bilan do‘stlashayotganini, darsdan keyin nima mashg’ulot bilan bandligi-yu, qayoqqa borayotganini so‘rab-surishtirib, tergab turganida, vaqtida nazorat qilganida, shubhasiz, bunday noxushliklarning oldi olingan bo‘lardi. Shuni ham bilib qo‘yishimiz lozimki, loqaydlik hukm surgan oilada farzandlarning bebosh, bemehr bo‘lib o‘sishi, oxir-oqibatda ota-onani kuydirishi ajablanarli hol emas. Shuningdek, loqayd kimsa rahbarlik qiladigan idorada ishlarning orqaga ketishi, tibbiyot maskanida esa bemorlarning hayoti xavf ostida qolishi turgan gap. Bundan kelib chiqadiki, loqaydlikning miqyosi va darajasining ham, u keltirayotgan zararning o‘lchov-me‘yorini ham o‘lchashning imkoni yo‘q. Kechagina yurt, ota-ona bag’rida yurgan, ko‘ngli orzu-havaslarga to‘la qanchadan- qancha navqiron yigitlar o‘z taqdirlariga loqaydliklari bois chet elda pul topaman deb, qullik iskanjasiga tushib o‘tiribdi. Farzandlarini mo‘may pul topish ilinjida yot yurtga jo‘natib yuborib, keyin esa ulardan pul olish tugul, hatto bir dom-darak va mujda eshitishga mushtoq bo‘lib, qon yig’lab o‘tirgan ota-onalarni ham ko‘rayapmiz. Holbuki, bu ota-onalar bolalari taqdiriga befarq bo‘lmasdan, vaqtida bu yo‘ldan qaytarib, to‘g’ri maslahat berganlarida shunday holatga tushmas edi. Boriga qanoat qilmasdan erini chet elga kuzatib qo‘yib, keyin afsus chekib o‘tirgan xotin-qizlarning holatlarini ham ko‘ryapmiz. Faqat bir haqiqat shuki, loqaydlikning katta-kichigi, muhim yoki nomuhimi bo‘lmaydi. Darhaqiqat, bugungi davr jamiyatimizning har a‘zosidan, har bir yoshidan faollik va hushyorlikni talab qilmoqda. Ayniqsa, yuqorida aytganimizdek, bunda ota-ona va maktab, kollej-litsey o‘qituvchilarining roli muhimdir. Xulosa Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e‘tiqodli bo‘lish, badiiy va san‘at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog’lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish. Foydalanadigan ko‘rgazmali qurollar: shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Allohga behisob shukurlar bo‘lsinki, Vatanimiz yildan-yilga ravnaq topmoqda, qayoqqa qaramang, obodlik, bunyodkorlikni ko‘rasiz. Mehnat qilgan, intilgan kishilar aslo kam bo‘lmayapti. Kecha amalga oshirishimiz mushkul tuyulgan ishlarni bugun bemalol bajarayapmiz. Yashashimizdan, turmushimizdan nolishga mutlaqo asos yo‘q. Bularning barchasi avvalambor, Vatanimizning tinch-osoyishtaligi, el farovonligi va eng asosiysi yurtboshimizning olib borayotgan odilona siyosatlaridandir. Foydalanilgan adabiyotlar 1.A. Zunnunov va boshq. Adabiyot o’qitish metodikasi. — Т.: „O’qituvchi41, 1992. 2. A. Rafiyev. Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosi va imlosi. — Т.: 2003. 3. A. G’ulomov. Ona tili o’qitish prinsiplari va metodlari. - Т.: „O’qituvchi", 1992. 4. B. Ma’qulova, T. Adashboyev. Kitobim - oftobim (1 -sinf uchun sinfdan tashqari o’qish kitobi). — Т.: „O’qituvchi", 1999. 5. B. Ma’qulova, S. Sa’diyeva. Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari (1-sinf o’qituvchilari uchun metodik qo’llanma). — Т.: ,,0 ‘qituvchi", 1997. Download 305.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling