Nomoddiy aktivlarni hisobi Tayyorladi: Madraximov Abdulmutolib


Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar (0500)


Download 1.07 Mb.
bet4/4
Sana01.05.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1419061
1   2   3   4
Bog'liq
Shohrux Abdumutolib nomoddiy aktiv

Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar (0500)

  • Mulkchilik huquqi korxonaga tegishli bo‘lgan nomoddiy aktivlar ob’ektlari bo‘yicha jamlangan amortizatsiya to‘g‘risidagi ma’lumotlar quyidagi schyotlarda umumlashtiriladi:
  • 0510 "Patentlar, litsenziyalar va nou-xauning amortizatsiyasi";
  • 0520 "Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalarining amortizatsiyasi";
  • 0530 "Dasturiy ta’minotning amortizatsiyasi";
  • 0540 "Er va tabiat resurslaridan foydalanish huquqlarining amortizatsiyasi";
  • 0560 "Franchayzing amortizatsiyasi";
  • 0570 "Mualliflik huquqlarining amortizatsiyasi";
  • 0590 "Boshqa nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi".

Nomoddiy aktivlar

  • Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, 12-songa 1-ilova) va O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2005 yil 25 maydagi 35-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (7-son BHMS) "Nomoddiy aktivlar"da (2005 yil 27 iyunda 1485-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) ("O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami", 2005 yil, 25-26-son, 188-modda) nazarda tutilgan usullarga muvofiq, korxona tomonidan hisoblab chiqilgan me’yorlar bo‘yicha oyma-oy tegishliligiga qarab tannarxga va davr xarajatlariga kiritiladi.

Nomoddiy aktivlar

  • Nomoddiy aktivlarga hisoblangan amortizatsiya summasi xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning debeti va (0500) nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlarning kreditiga olib boriladi.
  • Nomoddiy aktivlarning chiqib ketishi (sotilishi, tekinga berilishi va boshqalar)da ular bo‘yicha hisoblangan eskirish summasi (0500) nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlarning debetidan 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyotining kreditiga hisobdan chiqariladi.
  • Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar (0500) bo‘yicha analitik hisob nomoddiy aktivlarning turlari va alohida ob’ektlari bo‘yicha yuritiladi.

T/r

Xo‘jalik muomalalarining mazmuni

Schyotlarning bog‘lanishi 

Debet

Kredit 

1

Asosiy, yordamchi ishlab chikarishda foydalanilayotgan nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya hisoblash

2010, 2310

0510-0590

2

Umumishlab chiqarish maqsadida va xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarda foydalanilayotgan nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya hisoblash

2510, 2710

0510-0590

3

Savdo korxonalarida foydalanilayotgan nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya hisoblanganda

9410

0510-0590

4

Boshqaruv maqsadida foydalanilayotgan nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya hisoblanganda

9420

0510-0590

5

Quyidagi maqsadlarda foydalanilayotgan asosiy vositalarga eskirish hisoblanganda: a) yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan ishga tushirish ishlarida;
b) umumiy yoki yakka tartibda ishlab chiqarishga mo‘ljallanmagan yangi texnologik jarayonlarni o‘zlashtirishda.

9430

0510-0590

6

Kapital quyilmalarda foydalanilayotgan nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya hisoblanganda

0810-0890

0510-0590

7

Nomoddiy aktivlarni tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, moliyaviy ijaraga berish, kamomad yoki buzilishi natijasida yig‘ilgan amortizatsiya summasini hisobdan chiqarish

0510-0590

9220

E’tiboringiz uchun raxmat!!!


Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling