Insoniyat nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ ro‘yxatiga kiritilishini asoslovchi materiallarining rasmiylashtirish shaklini to‘ldirish
MEZONLARI
1. Obyekt Nomoddiy madaniy meros obyektlarining ro‘yxatini yuritish to‘g‘risidagi nizomning 5-bandida aniqlangan nomoddiy madaniy meros tushunchasiga muvofiq bo‘lishi lozim.
2. Obyektni muhofaza qilish tadbirlari jamoa, guruh yoki shaxslar ishtiroki va ularning roziligi bilan amalga oshirilishi lozim.
3. Mualliflik huquqi milliy qonunchilikka muvofiq himoya qilinishi kerak.
4. Quyidagilar:
ilmiy tadqiqotlar asosida tasdiqlangan ma’lumotnomalar (ilmiy risolalar, muzey va kutubxonalarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar, anjumanlar va ekspeditsiyalar natijalari);
davlatning madaniy siyosatida (shu jumladan markaziy va mahalliy hokimliklar tomonidan) qabul qilingan hujjatlar (qaror nusxalari, festivallar va tanlovlar natijalari bo‘yicha ma’lumotlar);
davlat nodavlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar to‘g‘risida ma’lumotlar;
ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar (o‘quv dasturlari bo‘yicha hujjatlar);
ommaviy axborot vositalarida maxsus dasturlar orqali keng namoyish etilgan namunalar (audio-video hujjatlar) ilova etilishi lozim.
Nomoddiy madaniy meros obyektlarining ro‘yxatini yuritish to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Nomoddiy madaniy meros obyektlarini Zudlik bilan muhofaza ostiga olinishi lozim bo‘lgan nomoddiy madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga tavsiya etuvchi materiallarni rasmiylashtirish
NAMUNASI
Titul varag‘i
|
A.
|
Obyektning nomi (200 ta belgi yoki harfdan oshmasligi kerak)
|
| Do'stlaringiz bilan baham: |