Nomoddiy madaniy meros obyektlarining ro‘yxatini yuritish to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga


g. Saqlash borasida amalga oshirilgan tadbirlar


Download 59.37 Kb.
bet8/8
Sana05.05.2023
Hajmi59.37 Kb.
#1431599
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
47 23.02.2011

2.g.

Saqlash borasida amalga oshirilgan tadbirlar

2.d.

Amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar

2.e.

Vazifalar

3.

Batafsil ma’lumot

3.a.

Tarixiy ma’lumotlar

3.b.

Hozirgi kundagi ahvoli

3.v.

Madaniy xilma-xillikni namoyon etishdagi o‘rni

3.g.

Yoshlar tarbiyasida foydalanish istiqbollari

4.

Merosni o‘zida saqlovchi va boshqalarga yetkazuvchi shaxslar haqida ma’lumotlar

4.a.

Tarixiy shaxslar

4.b.

Hozirgi kundagi mavjud shaxslar, shu jumladan yoshlar va o‘smirlar

5.

Obyektning ilmiy jihatdan o‘rganilganligi

5.a.

Ilmiy tadqiqotlar

5.b.

Ilmiy maqolalar

5.v.

Ilmiy ekspeditsiyalar

6.

Obyektning targ‘iboti bilan bog‘liq materiallar

6.a.

Bosma materiallar

6.b.

Audio materiallar

6.v.

Video materiallar

7.

Saqlash va rivojlantirish uchun mas’ul idora/tashkilot yoki muassasa

8.

Ma’lumotni tayyorlagan shaxs

Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-fevraldagi 47-son qaroriga
2-ILOVA
Nomoddiy madaniy meros obyektlarining tarixiy- madaniy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom nomoddiy madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasini tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2. Tarixiy-madaniy ekspertiza nomoddiy madaniy meros obyektini Nomoddiy madaniy meros obyektlarining ro‘yxatiga kiritilishini asoslash maqsadida o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Nomoddiy madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etiladi va amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
II. Tarixiy-madaniy ekspertiza obyektlari
4. Tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o‘zgacha madaniy qimmatga ega bo‘lgan urf-odatlar, xalq ijodiyoti (so‘z, raqs, musiqa, tomosha san’ati), shuningdek ular hamda xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati bilan bog‘liq bilimlar, ko‘nikmalar, asbob-anjomlar, artefaktlar, madaniy makonlar va boshqa Nomoddiy madaniy meros obyektlarining ro‘yxatiga kiritilishini asoslovchi materiallar tarixiy-madaniy ekspertiza obyektlari hisoblanadi.
III. Tarixiy-madaniy ekspertizani tashkil etish va o‘tkazish
Oldingi tahrirga qarang.
5. Tarixiy-madaniy ekspertizani tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodika markaziga (keyingi o‘rinlarda “Markaz” deb yuritiladi), uni o‘tkazish Markaz huzurida tashkil etiladigan Ilmiy-metodik kengashga (keyingi o‘rinlarda “Kengash” deb ataladi) yuklanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
6. Kengash tarkibiga davlat organlari, ilmiy institut va muassasalar, nodavlat, notijorat tashkilotlarning vakillari, nomoddiy madaniy merosni asrash va ulardan foydalanish yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan va tadqiqot ishlarini olib borayotgan alohida tadqiqotchilar va mutaxassislar kiritiladi.
Kengash tarixiy-madaniy ekspertizani o‘tkazish jarayoniga mustaqil ekspertlarni jalb etish huquqiga ega.
IV. Kengash faoliyatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
7. Kengash — uning raisi, a’zolari va kotibdan tashkil topadi. Kengashning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
8. Kengash yig‘ilishi zaruratga qarab, lekin yarim yilda kamida bir marta o‘tkaziladi.
9. Kengash tarkibida quyidagi shu’balar tashkil etiladi:
O‘zlikni namoyon qilishning og‘zaki shakl va an’analari;
Ijrochilik san’ati;
Urf-odat, marosim va bayramlar;
Tabiat va koinot bilan bog‘liq bilim va urf-odatlar;
An’anaviy hunarmandchilik bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalar.
10. Tarixiy-madaniy ekspertiza Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
11. Hujjatlarni kotib qabul qilib oladi va Kengash raisiga taqdim etadi. Kengash raisi bu hujjatlarni tegishli shu’baga yuboradi.
12. Kengash shu’balari hujjatlarni bir oygacha muddatda ko‘rib chiqishi shart.
13. Tarixiy-madaniy ekspertiza, zaruratdan kelib chiqib, nomoddiy madaniy meros obyekti joylashgan joyda ham tashkil etilishi mumkin.
14. Kengash shu’balari tarixiy-madaniy ekspertiza xulosasining loyihasini tayyorlaydi va barcha hujjatlarni ilova etgan holda Kengash raisiga taqdim etadi.
15. Kengash yig‘ilishi uning a’zolaridan uchdan ikki qismi qatnashganda vakolatli hisoblanadi. Kengash qarori oddiy ko‘pchilik ovoz berishi orqali qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lganda, raisning ovozi hal qiluvchi kuchga ega.
16. Kengash qabul qilgan qarorga qo‘shilmagan Kengash a’zolari o‘z fikrlarini bildirish huquqiga ega.
17. Yig‘ilishni tashkil etish, Kengash yig‘ilishi bayonini yuritish kotib zimmasiga yuklanadi.
18. Kengash qarori yig‘ilish bayoni bilan rasmiylashtiriladi va raislik qiluvchi hamda kotib tomonidan imzolanadi.
19. Kengash bayoni qarorga qo‘shilmagan Kengash a’zolarining yozma fikrlari jamlanib, kotib tomonidan Markazga yo‘llanadi.
V. Yakuniy qoidalar
20. Kengash qarori asosida tegishli nomoddiy madaniy meros obyekti Insoniyat nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ ro‘yxatiga tavsiya etilayotgan obyektlar ro‘yxatiga, Zudlik bilan muhofaza ostiga olinishi lozim bo‘lgan nomoddiy madaniy meros obyektlarining ro‘yxatiga, Nomoddiy madaniy meros obyektlarining milliy ro‘yxatiga yoki Nomoddiy madaniy meros obyektlarining mahalliy ro‘yxatiga Markaz tomonidan kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-fevraldagi 47-son qaroriga
3-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 29-iyuldagi 269-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi madaniy meros obyektlari davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomda (3-ilova):
a) nomi “O‘zbekiston Respublikasi” so‘zlaridan keyin “moddiy” so‘zi bilan to‘ldirilsin;
b) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Moddiy madaniy meros obyektlari davlat kadastri “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”, “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek mazkur Nizomga muvofiq moddiy madaniy meros (keyingi o‘rinlarda “madaniy meros” deb yuritiladi) obyektlarining davlat muhofazasini hamda ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida yuritiladi”.
2. Madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasi to‘g‘risidagi nizomda (4-ilova):
a) nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Moddiy madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasi to‘g‘risida nizom”;
b) 1-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Mazkur Nizom moddiy madaniy meros (keyingi o‘rinlarda “madaniy meros” deb yuritiladi) obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasini tashkil etish tartibini belgilaydi”.


(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 7-8-son, 66-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Download 59.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling