Non pishirish xodimlari uchun ishlar xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash haqida


-§. Rolikli, tasmali, shnekli transportyorlarda ishlashda xavfsizlik talablari


Download 170.51 Kb.
bet18/24
Sana03.10.2023
Hajmi170.51 Kb.
#1691134
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
Bog'liq
Non pishirish xodimlari uchun ishlar xavfsizligi qoidalarini tas

3-§. Rolikli, tasmali, shnekli transportyorlarda ishlashda xavfsizlik talablari
238. Transportlanayotgan ashyolar transportyor tasmasidan chiqib turmasligi va tushib ketmasligi kerak.
239. Harakatlanayotgan transportyorning roliklariga tegish taqiqlanadi.
240. Transportyorning ustida yurish, undan sakrab o‘tish, o‘tirish taqiqlanadi.
241. Transportyor harakatlanayotgan paytda chalg‘imaslik va boshqalarni chalg‘itmaslik kerak.
242. Transportyorlar mustahkam tunuka to‘siqqa ega bo‘lishi kerak. Uskuna va uning mexanizmlaridagi harakatchan qismlarning to‘siqlari nosoz yoki echilgan bo‘lsa ishlash taqiqlanadi.
243. Faqat uskuna to‘liq to‘xtatilgandan so‘nggina asbob-uskunani ta’mirlash yoki tozalash uchun to‘siqni echishga yoki uning harakatchan eshigini ochishga yo‘l qo‘yiladi.
244. Ish joyini ozoda tutish, uni tashilayotgan yuklar, chiqindilar bilan to‘ldirib yubormaslik kerak.
245. Boshqarish pultidagi barcha ishga tushiruvchi tugmalar soz holatda bo‘lishi kerak.
246. Qiya transportyorlar, konveyyerlar va yuklarni siljitishning boshqa vositalari uzatmalari lenta, zanjir yoki boshqa tortuvchi organning teskari harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan uskuna (xrap, tormoz va hokazo) bilan ta’minlanishi kerak.
247. 0,8 m masofadan yuqorida joylashgan transportyorlar tashilayotgan mahsulotlarning oxirgi o‘lchamlarining kamida yarmigacha keladigan balandlikdagi bortlar bilan ta’minlanishi lozim.
248. Elektr uzatmalarning ishga tushirish uskunalari zanjirda kuchlanish tiklangandan so‘ng, elektr uzatmasining avtomatik tartibda ishlab ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan nolli blokirovka bilan ta’minlanishi lozim.
249. Avtomatik oqimli liniyalar sozlash va avtomatik tartiblarda ishlash uchun markaziy boshqaruv pultlariga ega bo‘lishlari lozim.
250. Oqimli avtomatik liniya tarkibiga kiruvchi har bir mashina bevosita mashinaning o‘zida joylashgan boshqaruvning individual vositalari bilan jihozlanishi kerak.
251. Uskunani ishga tushirish va to‘xtatish jihozlarida xizmat ko‘rsatayotgan xodimlar ular bilan ish joyidan foydalanishlari qulay bo‘lgan tarzda joylashishi lozim. Mexanizatsiyalashgan oqim liniyalar, alohida apparatlar, mashinalar va mexanizmlarning ish joyidan 1,5 m dan ortiq masofada joylashganda, ish joyining bevosita o‘zida o‘chiradigan uskuna ko‘zda tutiladi.
252. 10 m dan uzun transportyorlar va konveyyerlar ularga xizmat ko‘rsatishning istalgan joyidan elektr uzatmani to‘xtatish uchun uskunalar bilan, shuningdek ikki tomonlama signalizatsiya bilan jihozlanishi lozim.
253. Uskuna ishlayotgan paytda tozalash ishlarini olib borish taqiqlanadi.
254. Harakatlanuvchi uskunalarni tozalashni boshlashdan oldin “Yoqilmasin, odamlar ishlamoqda!” taqiqlovchi xavfsizlik belgisini osib qo‘yish kerak.

Download 170.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling