Non pishirish xodimlari uchun ishlar xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash haqida
-§. Deja ko‘targich va ag‘dargichga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
Download 170.51 Kb.
|
Non pishirish xodimlari uchun ishlar xavfsizligi qoidalarini tas
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-§. Xamir kesish mexanizmida ishlashda xavfsizlik talablari
- 9-§. Non pishirish pechlarida ishlashda xavfsizlik talablari
7-§. Deja ko‘targich va ag‘dargichga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
282. Deja ko‘targich va ag‘dargich deja ko‘tarish zonasi to‘siqlari va uni mustahkamlash mexanizmi bilan elektron tarzda blokirovka qilingan bo‘lishi kerak. 283. Blokirovka dejani ochiq to‘siqlar bilan va dejani mustahkamlamasdan ko‘tarishga yo‘l qo‘ymasligi kerak. 284. Barcha deja ko‘targich va ag‘dargich tashkilotning bosh muhandisi tomonidan ro‘yxatga olinishi va jurnalga kiritilishi lozim. 285. Deja ko‘targich va ag‘dargichda dejani yuqori va pastki maydonchalarda to‘xtatish uchun elektr uzgichlar hamda dejani pastka tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan moslama nazarda tutilishi kerak. 286. Deja ko‘targich va ag‘dargichni ortiqcha yuklanishdan saqlash uchun uning uzatmasi saqlagich elementi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 8-§. Xamir kesish mexanizmida ishlashda xavfsizlik talablari 287. Tayyor xamirni kesish mexanizmining pichoq ishlash zonalarida to‘siqlar bo‘lishi kerak. To‘siqlar pichoqlarning uzatma moslamalari bilan blokirovka qilingan bo‘lishi kerak. 288. Tayyor xamirni kesish mexanizmining pichoq ishlash zonalarida “Ehtiyot bo‘ling, pichoq!” degan plakat yozuv osib qo‘yilishi kerak. 289. Tayyor xamirni kesish mexanizmida ishlovchi xodimlar tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirilgan bo‘lishi lozim. 9-§. Non pishirish pechlarida ishlashda xavfsizlik talablari 290. Non pishirish pechlari texnologik rejim va yoqilg‘ining yonish jarayonini nazorat qilish uchun nazorat o‘lchov asboblari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 291. Non pishirish pechlari, unda gaz va suyuq yoqilg‘i bosimi belgilangan darajadan oshganda, alanga o‘chib qolganda, havo berish to‘xtab qolganda, elektr tarmog‘idan avariya holatida uzib qo‘yilganda gaz va suyuq yoqilg‘i berilishini avtomatik ravishda uzib qo‘yishni ta’minlaydigan xavfsizlik moslamasi bilan ta’minlanishi kerak. 292. Isitish kanali bo‘lgan pechlarda portlashdan saqlash klapanlari nazarda tutilishi kerak. 293. Portlashdan saqlash klapanlari o‘choq va gaz yo‘llarining yuqori qismida, gaz to‘planishi mumkin bo‘lgan joylarda o‘rnatilishi lozim. Portlashdan saqlash klapanlarning soni va o‘rnatish joyi loyihada belgilanadi. Bunda bitta portlashdan saqlash klapanining yuzasi 0,05 m2 dan kam bo‘lmasligi kerak. 294. Pechlarning tashqi devori yuzasining harorati 45° S dan oshmasligi kerak. 295. Non pishirish pechlarining konstruksiyasi ta’mirlash, xizmat ko‘rsatish, pishirish kamerasini ta’mirlash va ko‘rish uchun qulay bo‘lishini ta’minlashi kerak. 296. Non pishirish pechlari texnologik rejimning parametrlarini (pishirish kamerasidagi harorat, namlashga beriladigan bug‘ning bosimi, pishirish vaqti) va yonish jarayonining parametrlari (gaz yoki suyuq) yoqilg‘i bosimi, goryelka oldidagi havo bosimi, alanganing mavjudligini nazorat qilish va o‘lchash uchun nazorat-o‘lchov asboblari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 297. Elektr non pishirish pechlari normal rejim buzilishini ogohlantiruvchi blokirovka tizimlari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Elektr pechlarni boshqarish qutilarida qizdirish elementlariga kuchlanish berilganligini yoki uzib qo‘yilganligini ko‘rsatuvchi “Qizdirish ulangan!” degan signal chirog‘i bo‘lishi kerak. Elektr non pishirish pechlarining boshqarish qutilari hamma tomonlaridan to‘liq to‘silgan bo‘lishi kerak. 298. Non pishirish pechlarini ko‘rikdan o‘tkazish va ta’mirlash bo‘yicha ishlar non pishirish pechlarini davriy ta’mirlash me’yorini hisobga olib, bosh muhandis tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan reja-jadval asosida amalga oshirilishi kerak. Download 170.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling