Non pishirish xodimlari uchun ishlar xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash haqida
-§. Uskunalarni joylashtirishda xavfsizlik talablari
Download 170.51 Kb.
|
Non pishirish xodimlari uchun ishlar xavfsizligi qoidalarini tas
10-§. Uskunalarni joylashtirishda xavfsizlik talablari
299. Ishlab chiqarish uskunalari ularga erkin yaqinlashish imkoniyati ta’minlangan hamda tozalash uchun qiyin va noqulay joylar qoldirmagan holda o‘rnatilishi lozim. 300. Ishlab chiqarish uskunalarini o‘rnatishda quyidagi kenglikdagi yo‘laklar qoldirilishi nazarda tutilishi lozim: xodimlar doimiy turadigan va boshqarish joyida xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan asosiy yo‘laklar — 2 m; mashinalar, sig‘imli apparatlar, mahalliy o‘lchov vositalariga xizmat ko‘rsatish bo‘ylab asosiy yo‘laklar — 1,5 m; aylanasiga xizmat ko‘rsatilishi zarur bo‘lsa, uskunalar orasidagi hamda ular bilan xona devorlari orasidagi yo‘laklarning kengligi — 1 m; uskunalarni ko‘rikdan o‘tkazish, davriy tekshirish hamda rostlashda foydalaniladigan yo‘laklarning kengligi — 0,8 m; alohida turuvchi nasoslar orasidagi yo‘laklarning kengligi — 0,8 m. 301. Bosim ostida ishlovchi idishlar, issiqlik ishlatuvchi qurilmalar, kompressorlar, yuk ko‘taruvchi mashinalar va boshqa uskunalar xavfli yuklarni qurish va ulardan foydalanish xavfsizligi talablariga muvofiq joylashtirilishi lozim. 302. Quvurlar GOST 14202-69 “Sanoat korxonalari quvurlari. Tanib olish bo‘yoq belgisi, ogohlantirish belgisi va tamg‘a bosish moslamasi” talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. 303. Yer ustidan o‘tkazilgan quvurlar xavfli egilishi va deformatsiyalanishining oldini olish maqsadida quvurlarning ilgaklari va gardishli biriktiruvchi qismlarining holati nazorat qilib turilishi, aniqlangan har qanday nosozliklar darhol bartaraf etilishi lozim. 304. Kapital ta’mirlashdan so‘ng, uskunalar va quvurlarning mexanik chidamliligi va germetikligi siqilgan havo bosimi yordamida sinovdan o‘tkazilishi lozim. 305. Foydalanilmayotgan uskunalar yoki quvurlarning klapanlarini ochiq qoldirish taqiqlanadi va ular ishlayotgan uskunalar yoki quvurlardan uzib qo‘yilishi lozim. 306. Muzlab qolgan quvurlarni ochiq olov yordamida eritish taqiqlanadi. 307. Quvurlarni joylashtirishda quvurlarning o‘zini, qulflash va rostlash klapanini, quvurlarga ulangan yoki bevosita yaqin yerda joylashgan uskunalarni montaj qilish, ta’mirlash, ularga xizmat ko‘rsatish ishlarini xavfsiz va qulay bajarish imkoniyati ta’minlanishi lozim. 308. Doimiy ish joylari zarur mebel va jihozlar, xususan, stol-stullar, ish va avariya asboblari uchun shkaf, zarur miqdorda yakka tartibdagi himoya vositalari, tibbiyot qutichasi, ishlab chiqarish yo‘riqnomalari to‘plami hamda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma bilan jihozlanishi kerak. 309. Texnologik uskunalarni ichki ko‘rikdan o‘tkazish va tozalash uchun mo‘ljallangan darchalar to‘silmagan bo‘lishi zarur. 310. Korroziyaga uchrashi mumkin bo‘lgan metall idishlar har 12 oyda ichki ko‘rikdan va sinovdan o‘tkazilishi kerak. 311. Ta’mirlash, ichki ko‘rik va sinovdan o‘tkazishdan oldin portlash jihatidan xavfli va toksik moddali apparatlarni yuvish, havo yordamida tozalash uchun suv, bug‘ tarmoqlarini ulashga mo‘ljallangan shtutsyerlar nazarda tutilgan bo‘lishi kerak. 312. Idish bilan saqlagich klapani o‘rtasida qulflash qurilmasi bo‘lmasligi lozim. 313. Zaharli, yonuvchan yoki portlash jihatidan xavfli moddalar bo‘lgan uskunalarga o‘rnatilgan saqlagich klapanlarini imkon qadar kam holatda ishga tushishini ta’minlovchi choralar ko‘rilishi lozim. 314. Zaharli gazlar bo‘lgan uskunalarga o‘rnatilgan klapanlardan chiqadigan havodan og‘ir chiqindilar ularni ishlab chiqarishga qaytarish imkonini beruvchi maxsus yopiq tizimga yuborilishi lozim. 315. Saqlagich plastinasi (membranasi) saqlagich klapanidan oldin, ular o‘rtasida plastina sozligini nazorat qilish imkonini beruvchi qurilma bo‘lgandagina o‘rnatilishi mumkin. 316. Barcha saqlagich plastinalarida (membranalarida) ishlab chiqaruvchi tashkilot tamg‘asi bo‘lishi va unda plastinani ochuvchi bosim ko‘rsatilgan bo‘lishi zarur. 317. Korroziya belgilari, egilgan, qirilgan joylari va boshqa mexanik shikastlanishlari bo‘lgan saqlagich plastinalarini (membranalarini) o‘rnatish taqiqlanadi. 318. Portlovchi plastinalarni (membranalarni) o‘rnatishda zararli va portlash jihatidan xavfli gazlarning ajralishi, portlovchi plastinalar (membranalar) ishlab ketgan taqdirda, uchqun chiqishi hamda uning parchalari va qismlaridan jarohatlanish ehtimolini istisno etish choralari ko‘rilishi zarur. 319. Yorilib ketadigan plastinalar (membranalar) o‘rnatilganligi ro‘yxatga olish daftarida qayd qilinishi va mas’ul shaxs imzosi bilan tasdiqlanishi lozim. 320. Uskunalarning harakatlanuvchi va aylanuvchi qismlari, tasmali va tishli uzatmalari, elektr uskunalari kontakti va vallarning chiqib turuvchi uchlarida olib qo‘yilishi mumkin bo‘lgan g‘iloflar bo‘lishi lozim. 321. Uskunalarni ta’mirlash uchun to‘siqlarni echish uskuna o‘chirilganidan va mexanizmlar to‘liq to‘xtaganidan so‘ng amalga oshirilishi kerak. 322. Ta’mirlash, ko‘rikdan o‘tkazish va tozalash ishlari yakunlangan uskunalar himoya to‘siqlari joyiga o‘rnatilganidan va uning barcha qismlari mustahkamlanganidan so‘ng ishga tushirilishi kerak. 323. Barcha uskunalar ularni ish joyidan bevosita uskuna oldida turgan holda ishga tushirish va to‘xtatish imkoniyati bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur. 324. Transportyorlar va konveyyerlarda ularning butun uzunligi bo‘yicha istalgan joydan turib to‘xtatish qurilmalari nazarda tutilgan bo‘lishi lozim. 325. Katta o‘lchamli va og‘ir uskunalarni montaj qilish, ta’mirlash, tozalash, ularni alohida ehtiyotkorlik talab etiladigan joylarda ko‘tarish va siljitish faqat mexanizatsiya vositalari qo‘llangan holda mexanik yoki ishlarni olib boruvchining bevosita nazorati ostida amalga oshiriladi. 326. Montaj qilinadigan uskunalarni ko‘tarish joyida o‘tish yo‘llari yopiq bo‘lishi kerak. 327. Portlashdan xavfli xonalarda montaj, demontaj va ta’mirlash ishlarini o‘tkazish faqat davlat yong‘in nazorati mavjudligida hamda sex boshlig‘ining yozma ko‘rsatmasiga asosan ruxsat etiladi, ushbu ko‘rsatma u yong‘in xavfsizligi boshlig‘i bilan kelishilgan, korxonaning bosh muhandisi tasdiqlagan bo‘lishi kerak. 328. Portlashdan va yong‘indan xavfli xonalarni montaj, demontaj va ta’mirlash ishlarini o‘tkazishga tayyorlash uchun quyidagi ishlarni bajarish kerak: texnologik jarayonni to‘xtatish; apparatlar, yig‘uvchi moslamalar va boshqa sig‘imlarni portlashdan xavfli suyuqliklardan tozalash, yaxshilab yuvish va suv bilan to‘ldirib qoldirish; xonani shamollatish; ishlar o‘tkaziladigan xonada, shuningdek qo‘shni xonalarda havo tahlilini o‘tkazish. 329. Uskunalar montaj va (yoki) ta’mirlangandan keyin ishga tushirish uchun sinov-ishlab chiqarish reglamenti asosida sinovdan o‘tkazilishi kerak. 330. Uskunalarni ishda sinash va tekshirishdan oldin quyidagilarga amal qilinishi zarur: sinashda ishtirok etuvchi xodimlarni ishlar o‘tkazilishining tartibi va xavfsizlik choralari bilan tanishtirish; asosiy boltlarning mustahkamlanishi, uskunalar elektr qismining izolatsiyasi hamda yerga tutashuvining holatini, atrofini o‘rovchi moslamalar, ishga tushirish, tormoz va bloklash moslamalarining, muhofaza va nazorat-o‘lchov asboblarining mavjudligi va sozligini tekshirish; ushbu ishlarni bajarish uchun tayinlanmagan shaxslarni sinalayotgan uskuna oldiga yoki sinov joyiga qo‘ymaslik; ish joyining yoritilganligini, yong‘inga qarshi choralarga rioya qilinishi va xavfsizlik texnikasi yo‘l-yo‘riqlarining mavjudligini tekshirish; uskuna ichida yoki tagida odamlarning, keraksiz buyumlarning yo‘qligini tekshirish va undan keyin lyuklarni yopish; quvurlar texnologik sig‘imlarining (jumladan, shisha sig‘imlari) mustahkamligi va germetikligini faqat gidravlik usulda tekshirish. 331. Ishlash jarayonida mashinalar, elektr ulangan mexanizmlar, transport moslamalari va hokazolarni tozalash, moylash va ta’mirlash qat’iy man etiladi. 332. Mashinalar, elektr ulangan mexanizmlar, transport moslamalari va hokazolarni ko‘rib chiqish, tozalash va ta’mirlashda ko‘rilayotgan yoki ta’mirlanayotgan mashina (mexanizm) elektr dvigateliga bexosdan kuchlanish berishining oldini olish choralari ko‘rilishi kerak. Download 170.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling