Nooziq-ovqat sanoatida standart talablari
Oziq-ovqat sanoati texnologiyasi fanining predmeti, ahamiyati va bugungi
Download 394.63 Kb. Pdf ko'rish
|
Nooziq-ovqat sanoatida standart talablari
Oziq-ovqat sanoati texnologiyasi fanining predmeti, ahamiyati va bugungi kundagi vazifalari Oziq-ovqat xom ashyolarini ishlab chiqarish, yetishtirish, ularni qayta ishlash, sifatini oshirish, tashish, aholiga yetkazib berish bugungi kun talabi darajasida amalga oshirishda nazariy va amaliy bilimlarni beradigan bir qancha fanlar qatorida “Oziq-ovqat sanoati texnologiyasi” fanining ham alohida o‘rni bor. Texnologiya atamasi fanga birinchi marta 1872 yilda kiritilgan bo‘lib, u grekcha “texnos”-san’at, hunar va “logos”-fan so‘zlaridan tashkil topgan. Demak uning lug‘aviy ma’nosi hunar o‘rgatuvchi fan degan ma’noni anglatadi. “Oziq-ovqat sanoati texnologiyasi” fanining obyekti bo‘lib, o‘simlik xomashyolari va hayvonot xomashyolari hisoblanadi. Bu fanning predmeti esa o‘simlik xomashyolari va hayvonot xomashyolarini qayta ishlashda qo‘llaniladigan texnologik jarayonlar hisoblanadi. Ikkinchidan, bu fanning predmeti sifatida o‘simlik xomashyolari va hayvonot xomashyolari qayta ishlash natijasida olinadigan inson ehtiyojini qondirish uchun zarur bo‘ladigan tayyor mahsulotlarning iste’mol qiymati ham qaralishi mumkin. Chunki xomashyolarga sanoatda ishlov berish natijasida ularning iste’mol qiymati shakllanadi. Umuman olganda bu fan har xil xomashyolardan keng miqyosda halq iste’mol tovarlari ishlab chiqarish jarayonlarini o‘rgatadi. Oziq-ovqat xomashyolariga qayta ishlov berishda boradigan jarayonlarni fizik- mexanik va kimyoviy jarayonlarga bo‘lish mumkin. Shu sababli ham ishlab chiqarishning barcha turlari ikkita katta texnologiyaga, ya’ni mexanik texnologiyaga va kimyoviy texnologiyalarga bo‘lib o‘rgatiladi. Sanoat tarmoqlarida qo‘llaniladigan texnologiyaning asosiy vazifalari qo‘yidagilardan iborat: a) texnologik jarayonlarning optimal variantlarini ishlab chiqish; b) kam mablag‘lar sarflash hisobiga mahsulot miqdori va sifatini oshiradigan asbob uskunalar, agregatlar yaratish; v) mahsulotlar tayyorlash uchun zarur bo‘ladigan xomashyolarning sifatini tekshirish va tanlash; g) jarayonlarning texnologik sxemasini tuzish; d) mazkur jarayonlarga mos keladigan texnik parametrlarni (harorat, bosim, siklning uzluksizligi) tanlash va boshqalar. Har qanday oziq-ovqat ishlab chiqarish korxonasining texnologik darajasi uning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli ham korxonaning iqtisodchilari hozirgi zamon texnologiyalari bo‘yicha yetarli darajada ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Respublikamiz mustaqilikka erishgandan so‘ng oziq-ovqat sanoatida chuqur tashkiliy va iqtisodiy o‘zgarishlar amalaga oshirildi. Ko‘pgina korxonalar davlat tasarrufidan chiqarilib, ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi, tarmoq korxonalariga rahbarlik qilgan vazirliklar tugatilib “Oziq-ovqat sanoat” davlat aksiyadorlik konserni, “O‘zbekmevasabzavotxolding” kompaniyasi, “O‘zgo‘shtsanoat” davlat aksiyadorlik uyushmasi, “O‘zdonmahsulot”, “O‘zbaliq” davlat aksiyadorlik korporatsiyalari tashkil etildi. Mamlakatda amalga oshirilgan tub islohatlar tufayli oziq-ovqat sanoatida ham qator ijobiy yutuqlarga erishildi. Masalan, 2019 yilning yanvar holatiga ko‘ra, Respublika buyicha yog‘-moy, meva sabzavot konservalari, go‘sht, sut, qandolat, makaron mahsulotlari, chanqoqbosdi ichimliklar va boshqa oziq-ovqatlar ishlab- chiqaruvchi korxonalar soni 8927 taga yetdi. Mustaqillik yillarida bunday mahsulotlar ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari har yili 8-10 foizga oshirilishi natijasida ichki bozor ehtiyojlari asosan o‘zimizda tayyorlangan mahsulotlar hisobiga qondirilmoqda. Oziq-ovqat sanoati aholini oziqa mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirishga asoslangan korxonalarni o‘z ichiga oladi. Bu tarmoq boshqa tarmoqlarga qaraganda qishloq xo‘jaligi tarmog‘i bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, u qishloq xo‘jaligi tarmog‘idan don, sut, kartoshka, qand lavlagi va boshqa mahsulotlarni oladi. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘i agrosanoat kompleksining tarkibiga kiradi. Shuningdek, bu tarmoq mashinasozliq, energetika va boshqa sanoat tarmoqlari bilan o‘z aloqalarini o‘rnatgandir. Download 394.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling