Nooziq-ovqat sanoatida standart talablari
Shakar o'rnini bosishda qo'llaniladigan moddalar
Download 394.63 Kb. Pdf ko'rish
|
Nooziq-ovqat sanoatida standart talablari
Shakar o'rnini bosishda qo'llaniladigan moddalar
Asal- gul nektarini asal arilar yordamida qayta ishlash natijasida hosil bo'lgan mahsulotdir. Uning tarkibi, rangi va xushbo'yligi nektar qaysi o'simlik turidan olinganligiga bog'liq. Uning tarkibi 75% mono va disaxaridlar: 40% fruktoza, 35% glyukoza, 2% saxaroza, 5,5% kraxmal, S va V vitaminlari, mikroelementlar temir, yod, ftordan iborat. Davolash ovqatlarida dori-dormon sifatida, ya'ni konditer, non yopishda va ichimliklar tayyorlashda qo'llaniladi. Solod ekstrakti-arpa solodidan suvli vityashka-mono va oligosaxaridlar, oqsillar, mineral moddalar va fermentlar aralashmasi ko'rinishida bo'ladi. Tarkibiga 5 % gacha saxaroza kiradi. Konditer sanoatida sun'iy ovqatlanish uchun mahsulotlar olishda qo'laniladi. Kraxmal gidrolizga uchrash natijasida hosil bo'lgan mahsulotlar: patokalar past shakarli, karamelli, glyukozali mevali-glyukoza siroplari. Ko'p atomli spirtlar: sorbit (5 shakar birligi) va ksilit (2 shakar birligi), organizmda yaxshi xazm bo'ladi. Bizga ma’lumki XXI asrda insoniyat duch kelgan muammolardan biri-bu yer yuzi ahaolisining tez ko‘payib borayotgani bilan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o‘sishi imkoniyatlarining cheklanganligi o‘rtasidagi tafovut natijasida vujudga kelayotgan sayyoramiz aholisining oziq-ovqatlarga bo‘lgan talabini qondirish muammosidir. Bu muammo bizning mamlakatimizni ham chetlab o‘tgan emas. Shu sababli mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq mamlakatimiz aholisini yetarli miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash borasida bir qator farmon va qarorlar, davlat dasturlari qabul qilindi hamda ularning izchil ijrosi ta’minlanmoqda. Fikrimizning dalili sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni va shu asosda qabul qilingan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi ”ni keltirish mumkin. Mazkur strategiyaning uchinchi “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari” strategiyasida mamlakatimizni oziq- ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashning asosini tashkil etuvchi soha hisoblangan qishloq xo‘jaligi sohasini ham tez sur’atlar bilan rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan ana shu uchinchi ustuvor yo‘nalishning “Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish” uchinchi kichik bandida shunday deyilgan: “Tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish, paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, bo‘shagan yerlarga kartoshka, sabzavot, ozuqa va yog‘ olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek, yangi intensiv bog‘ va uzumzorlarni joylashtirish hisobiga ekin maydonlarini yanada optimallashtirish, fermer xo‘jaliklari, eng avvalo, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bir qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish, quritish ishlari va xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘illanayotgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rag‘batlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish kerak ”. Aholining oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash davlat ahamiyatiga ega masala ekanligi Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev qayd etib 2018 yil 28 dekabrda Oliy Majlisga Murojaatnomasida “2019-2024 yillarda mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash milliy dasturi”ni ishlab chiqish bo‘yicha Vazirlar Maxkamasiga topshriq bergan edilar. Bugungi kunda bu dastur qabul qilinib, dastur asosida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. “2019-2024 yillarda mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash milliy dasturi”ning maqsadi har bir insonning faol va sog‘lom hayoti uchun zarur bo‘lgan yetarli miqdordagi xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari uchun jismoniy va iqtisodiy imkoniyatga ega bo‘lishi, mahsulotlarning sifatini yaxshilash, narx barqarorligini ta’minlash, importga bog‘liqligini kamaytirish, to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanishni tartibga solish orqali aholining salomatligini ta’minlashdan iboratdir. Download 394.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling