Oʻzbek tilining izohli lugʻati 2-jildidan badiiy uslubga xos soʻzlarni aniqlang va ularni izohlang (lugʻatning qaysi sahifasidan olinganligini koʻrsating).
YEYIMLI Ishtaha bilan yeyiladigan, xushxoʻr (mol ovqati haqida) Kimyoviy usulda ishlangan ozuqaning ta’mini va yeyimli boʻlishini oshirish maqsadida ozuqalar, konsentratlar, bilan koʻpchitiladi. Gazetadan.
YELVIZAK. Qarama-qarshi eshik-derazalar ochiq boʻlgan vaqtda yoki tor oraliqdan, oʻqib turadigan havo oqimi, oʻtkinchi shamol; shunday shamolli holat. Nihoyat, deraza tepasidagi darchada yelvizak esa boshladi. Sh. Xolmirzayev. 6-bet.
YELVAGAY. Yengil kiyimlarni rostmana kiymay, oʻramay, yelkaga yoki boshga tashlagan holda. Choponini yelkasiga yelvagay tashlab, tokchada tikka turgan koʻzguga birinchi marta qaradi. Asqad Muxtor. Opa-singillar. 6-bet.
YELKAN1. Kema machtasiga oʻrnatilgan, shamol kuchi bilan kemani yurgizadigan katta keng chodir. Ba’zilari yelkan yamaydi, Keksa oshpaz charxlaydi pichoq. E. Rahim. Yangi qadam. 8-bet.
YELPISHTOVOQ 1. Don yelpish uchun ishlatiladigan yassi, yuza yogʻoch idish. U odamlarga picha qarab turdi, keyin yelpishtovoqday keng, salqi yuzi birdan tirjaydi. M. Ismoiliy. Fargʻona tong otguncha. 8-bet.
YODLAMOQ 1. Esga olmoq, xotirlamoq; koʻz oldiga keltirmoq. Yoʻlchini yodlarkan, uning (Nurining) yuragida endi gʻazab, qoʻzgʻalar edi. Oybek. Tanlangan asarlar. 26-bet.
JONAJON 1 Eng sevimli, qadrli, qadrdon;eng yaqin. Jonajon doʻst. – Xayr, jonajon doʻstim Yuvosh! – Meni unutma! dedi Yuvosh. E Raimov, Ajib qishloq. 105-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |