BALDOQ aynan hassa, qoʻltiqtayoq. U baldoqqa suyanib yuradi. 148-bet.
BALOQ aynan pocha. .. u bola yigirmaga kirguncha shim koʻrmagan, yetti yoshgacha mutlaqo ishtonsiz yurgan, keyin baloqlari keng boʻz ishton kiygan. M. M. Doʻst, Lolazor. 153-bet.
BANOT aynan duxoba. Havoda uchib yurgan qanot boʻlsam, Bozorda yarqiragan banot boʻlsam. “Oq olma, qizil olma”. Toʻrvang banot, yeming kishmish, hay-hay, taktak, oʻzbekning oti. “Gulxiromon”. 160-bet.
BARAK II. aynan. Chuchvara. Xorazm va Qoraqalpogʻiston muhitida gumma, yumurtqa barak tansiq taom hisoblanadi. K. MMahmudov, Oʻzbek tansiq taomlari. Duk-duk etadi buvim, Barak bukadi buvim. “Boychechak”. 163-bet.
BACHALIK folklor. Yoshlik, bolalik; tajribasizlik. Hali oʻzi yosh, andak bachalik qildi. 181-bet.
BAQA I. Suvda va quruqlikda yashovchi dumsiz jonivorlar oilasi vakili; qurbaqa. Baqa botqogʻin qumsar, baliq – koʻlini. Maqol. Baqani bossangiz ham, “vaq” etadi-yu, axir men insonman-ku! Gazetadan. 185-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |