JONBAXSH “hayotbaxsh; hayot hadya etuvchi”. Hayot baxsh etuvchi, hayot bagʻishlovchi, kuch-gʻayrat, dalda beruvchi. Sir va Amudaryoning jonbaxsh suvlari. – Nafas olsa, jonbaxshidan, dilkashidan ayrilib qolayotgandek, jim eshitdi. M. Ismoilov. 105-bet.
JONONA. Mahbuba, ma’shuqa, sevgili yor. Jondan kechmasang, jonona qayda, toqqa chiqmasang, doʻlona qayda? Maqol. 108-bet.
KARASHMA. Nozik koʻz qarashi, jilva, noz. Birovga yoqish uchun gavda, ayniqsa, yuz-koʻz bilan qilingan nozli harakat; qichiq. Karashma qilmoq. – Ketay deb oʻrnimdan turgandim, - dedi Zarifa Sheralidan koʻz uzmay, karashma bilan uning diqqatini oʻziga jalb qilishga tirishib. S. Karomatov, Oltin kuz. 320-bet.
MAJNUN. Ishq-muhabbat yoʻlida devona boʻlgan kimsa; savdoyi. Bu devona shaharning katta-kichigidan oʻziga ixlosmandlar orttirgan bir majnun edi. A. Qodiriy, Oʻtkan kunlar. 523-bet.
MAJNUNTOL. Toldoshlar oilasiga mansub, novdalari yerga egilib oʻsadigan daraxt. Ular kokillari suv oʻpib turgan majnuntollar tagidagi ariqda yuz-qoʻl yuvisharkan, Qulahmatni askiyaga olishardi. “Guldasta”. 523-bet.
Oʻzbek tilining izohli lugʻati 3-jildidan eskirgan soʻzlarni aniqlang va ularni arxaizm va istorizmlarga ajratib 2 jadvalga joylashtiring (lugʻatning qaysi sahifasidan olinganligini koʻrsating).
Tarixiy soʻzlar
|
Arxaik soʻzlar
|
Navkar 7-bet.
|
Navisanda 7-bet.
|
Nazd 11-bet.
|
Najjor 9-bet.
|
Na’l 28-bet.
|
Nazzora 11-bet.
|
Naqliyot 29-bet.
|
Nayrang 13-bet.
|
Nagʻma 30-bet.
|
Nash’u namo 28-bet.
|
Nahrulhayot 31-bet.
|
Naqdina 29-bet.
|
Omoch 124-bet.
|
Nahv 31-bet.
|
Otnon 157-bet.
|
|
Oʻzbek tilining izohli lugʻati 4-jildidan neologizmlarni aniqlang va etimologiyasini izohlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |