Norbekova Anora Oʻta 405 26-amaliy mashgʻulot. Mavzu. Nazar Eshonqul hikoyalari uslubi. “Maymun yetaklagan odam” hikoyasi misolida


Hikoyaning davr nuqtai nazaridan tahlili


Download 20.82 Kb.
bet3/4
Sana14.11.2021
Hajmi20.82 Kb.
#173905
1   2   3   4
Bog'liq
Norbekova A. Adabiyot nazariyasi. 26-mashgʻulot.

3. Hikoyaning davr nuqtai nazaridan tahlili.
Bir qarashda hikoya bir xil ohangda yozilganligi uchun ham zerikarli tuyuladi. Biroq uni tahlil qilish jarayoni bundan mustasno. Nazar Eshonqul hikoyalarining mazmun va mohiyatiga e’tibor bersak, ularda koʻproq tundlik, zulmat, qorongʻilik kabi holat tasvirlari juda koʻp uchraydi. “Maymun yetaklagan odam” hikoyasi sarlavhasini ikki xil izohlash mumkin. Maymunni yetaklayotgan inson yoki insonni yetaklayotgan maymun. Shuningdek, yozuvchi bu hikoyaning nafaqat sarlavhasini, balki syujetida ham ramzga murajaat qilganligi yorqin ifodasini topgan. Hikoyada asosiy detal hisoblangan chol chizgan suratlardagi quyuq oʻrmon, koʻzlaridan oʻt chaqnab turgan yigitning boʻyniga tarang qilib kishan tortilgan maymunni yetaklab chiqishi tasviri va hikoyaning soʻnggida, aksincha, maymun quyuq oʻrmonga munkaygan bir cholni yetaklab kirishi tasviri butun asarning mohiyatini

ochishga xizmat qiladi. Bu tasvirlar mohiyatan bir qancha ramzlarni qamrab oladi. Yigit bu yerda oʻzi yashayotgan jamiyat a’zolarini yetaklab ketayotganga oʻxshaydi. Uning koʻzidagi olov , yuzidagi ishonch va unga berilgan qizgʻish boʻyoq yigitning bunga qodir ekanliganing ramzidir. Aynan shu jihatlar bilan hayotni, insonlarni boshqarish mumkin. Zamonaviy hikoyanavislikda inson va jamiyat munosabatlari oddiy tushunilmaydi. Unda odam ijtimoiy munosabatlarning mahsuli sifatidagina emas, balki shaxsiyatidagi murakkabliklar va oʻziga xosliklar bilan uygʻun tasvirlanadi. Bu hol, birinchidan, ijtimoiy hayotda individual xususiyat kuchayganligini koʻrsatsa, ikkinchidan, oʻzbek hikoyanavislarining tasvir mahorati oshganligidan dalolat bermoqda. Bundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, quyuq oʻrmon sari maymunni yetaklab ketayotgan yigit bu yerda jamiyatni gʻuborlardan poklovchi, insonni ma’nan barkamollikka undovchi kuchdir. Uning koʻzida hayotiylik ufurib turishi bilan birga borliqdagi ezgu niyatlar ham jilvalanadi. Aynan bu holatdagi tasvir yigitning jamiyatni oldinga yetaklay olishiga boʻlgan ishonchidan dalolat beradi. Cholning koʻzida esa umidsizlik, befarqlilik kabi ma’no aks ettirilgan. Yigitda bor xususiyatlar cholda bir paytlari mavjud boʻlgan boʻlsa, lekin hozir ularda zarracha ham oʻxshashlik yoʻq. Chol ojiz, ilojsiz, mavjud muhit va jamiyatga taslim boʻlgan, loqayd jamiyat vakili ramzi. Biz guvohi boʻlgan tasvirning har ikkalasida yigit va chol obrazi ikki xil tasvirlangan. Ana shu ikki xillik bir-birini inkor etmaydi. Sababi, ularda tasvirlangan ikki xillik mutanosiblikda ifodalangan. Ular bir-birini toʻldirib keladi. Birinchi tasvirda yigit jamiyatni boshqarishni istagan boʻlsa, ikkinchi tasvirda jamiyat oʻz a’zosini boshqaryapti. Maymunning cholni oʻrmonga yetaklab ketishi kitobxonni biroz mulohazaga tortadi. Xoʻsh, cholning umri tugab boryaptimi yoki u vaqtga taslim boʻlganmi? E’tibor bersak, cholning boʻynida kishan yoʻq. Bu uning vaqti-soati oxirlaganidan dalolat. Biz aynan mana shunday damlardagina xohlaymizmi, yoʻqmi, jamiyatga yoki mavjud hayot tarziga tobe boʻlishimiz mumkin. Yigitning maymunni yetaklab oʻrmondan chiqishi jamiyatni ham maymun kabi yetaklay olishini, cholning maymunning ortidan koʻzlariga gʻam choʻkkan, hayotga boʻlgan intilishidan nishona qolmagan holda ergashishi esa jamiyatga, mavjud haqiqatga tobe ekanligining ramzidir. Ya’nikim, maymun bu yerda insoniyat, u yashayotgan jamiyat ramzi. Maymun tasvirida ta’sirchan va fikr-mulohaza talab etuvchi ramz, har ikkala tasvirda ham oʻrmondan chiqib kelayotgan maymun yoki kirib ketayotgan maymun ham bir xil koʻrinishda. Oʻrmon va chol zamon, jamiyat va muhit ramzi hamdir. Har ikkala tasvirda ham ular oʻzgarmydi. Maymun birinchi tasvirda boʻyniga tarang qilib tortilgan kishan bilan tasvirlanadi. Bunda yosh va begʻubor qalbli insonning jamiyatni boshqarish orzusi deya izohlansa, ikkinchi tasvirda jamiyatning murakkab talotumlari va boʻxronlari yigit kabilarni oʻz domiga tortib, ezgu niyatlarini “yutib” yuborganligi bilan izohlanadi. Aslini olganda hikoyada kishan alohida ramz sanaladi. Sababi, u ikki xillikni ajratib turibdi. Birinchi tasvirda maymunni yetaklab chiqib kelayotgan yigitning qoʻlida boʻlsa, ikkinchi tasvirda cholni yetaklab kirib ketayotgan yigitning qoʻlida oʻsha kishanning yoʻq ekanligi. Agar maymun ning qoʻlida kishan boʻlganida edi, unda cholning umri tugayotgan emas, balki cholni jamiyat boshqarayotgan boʻlardi. Kishan tarang qilib tortilgan birinchi tasvirda yigit jamiyat va hayot uchun kurashda har qanday toʻsiqni yengib oʻtishi mumkinligi tasvirlangan. Ikkinchi tasvirda esa kishan yoʻq boʻlsa-da, chol maymun ortidan oʻrmonga kirib ketishi tasvirlangan. Cholning avvalo yashashi uchun hech qanday kuchi va imkoniyatining oʻqligini bildiradi.

Demak, yozuvchi kichik bir detal orqali ikki holatni bevosita bogʻlab, hikoya obrazlarini ramzlar orqali tasvirlaydi. Aynan shuning uchun yozuvchi Nazar Eshonqul hikoyalarida ramzli obraz yetakchi sanaladi va deyarli hikoyalar mazmunini aynan ramzlar tashkil etadi. Shuning bilan birgalikda muallif cholning oʻgʻli obrazini ham asarga bejiz kiritgan emas. U qimor oʻynaydi, otasidan pul soʻraydi, uni uradi. Mana shu axloqsizligi bilan u bugungi kun yoshlari orasida uchrab turadigan oʻz ota-onasinida unutajak beboshlarning vakili sanaladi. Bugungi kun yoshlari orasida oʻzini har qanday buzgʻunchi gʻoyalardan himoya qila oladigan va kerak boʻlsa qarshi kurashadiganlari ham bor. Ana shunday yoshlarning vakili sifatida esa talaba obrazi kiritilgan.




Download 20.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling