Norbekova Anora Oʻta 405 26-amaliy mashgʻulot. Mavzu. Nazar Eshonqul hikoyalari uslubi. “Maymun yetaklagan odam” hikoyasi misolida


Download 20.82 Kb.
bet4/4
Sana14.11.2021
Hajmi20.82 Kb.
#173905
1   2   3   4
Bog'liq
Norbekova A. Adabiyot nazariyasi. 26-mashgʻulot.

4. Hikoyadan:
E’tiqod – agar bir umr e’tiqod qoʻyib, shunga ishonib, kurashib, yonib-kuyib, e’tiqod qoʻygan narsang puch, yolgʻon va puflab shishirilgan sharday omonat, siz ezgulik deb atagan narsalar asli razolat ekanini anglab qolsangiz shunda umringiz yomonlik va yaxshilikning farqi qolmagan, xuddi yoʻldan chiqib ketgan shaldir-shuldur, boʻm-boʻsh aravaga aylanardi! Siz esa boʻshliqni toʻldirish va aravaga nimanidir yuklash uchun har qanday yovuzlikdan qaytmasdingiz. Shumi e’tiqod?

Men bu soʻzni ishlatmay qoʻyganimga qirq yildan oshib ketdi. Bu soʻz shunchalik serjilo, jimjima, soxta, balandparvozki, eshitsam koʻnglim ayniydi...”

Ushbu parchaga kichik sharh yozing.

Nazar Eshonqul ijodi oʻzgacha bir olam. Uning hikoyalari falsafiylik poydevori ustiga quriladi. “Maymun yetaklagan odam” ham bundan mustasno emas. Ayniqsa hikoyada bosh qahramon tilidan aytilgan yuqoridagi gaplar har qanday insonni oʻyga soladi. Nechchi yoshda mutolaa qilgan boʻlsangiz ham bosib oʻtgan yoʻlingizga qayrilib qarashga majbur qiladi. Mushohadaga chorlaydi. Agar sizda ham rassomga oʻxshash hol boʻlgan boʻlsa “toʻkilasiz”. Aksincha boʻlsa, unga chin dildan achinasiz. Dastavval undan jirkangan, hazar qilgan boʻlsangiz, endi munosabatingiz tamomila oʻzgaragi. Inson va insoniylik, umr mazmuni, yashashning mohiyati haqida oʻylashga majbur boʻlasiz.



Yopiq test savollari:


  1. Alisher Navoiyning “Xamsa”siga oq fotiha bergan hamda oxirida hammaga olqishlagan insonlar kimlar edi?

Husayn Boyqaro va Jomiy.

  1. Mulamma-she’r-qanaqa she’r?

Turli tillarda she’r yozish san’ati.
Download 20.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling