Norbekova Anora Oʻta 405 26-amaliy mashgʻulot. Mavzu. Nazar Eshonqul hikoyalari uslubi. “Maymun yetaklagan odam” hikoyasi misolida


“Maymun yetaklagan odam” hikoyasi gʻoyasi, sujeti


Download 20.82 Kb.
bet2/4
Sana14.11.2021
Hajmi20.82 Kb.
#173905
1   2   3   4
Bog'liq
Norbekova A. Adabiyot nazariyasi. 26-mashgʻulot.

2.“Maymun yetaklagan odam” hikoyasi gʻoyasi, sujeti.

1989-yil 6-yanvar kuni “Oʻzbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida Nazar Eshonqulning yangi hikoyasi bosildi, ya’ni uning ijodi yana bir yangi va mazmunli asar bilan boyidi. Hikoya qahramonlarining ruhiy olami ham oʻzgachadir. “Hikoyada ruhiy holatni kuchaytiruvchi timsollar koʻp, ularning hech biri bevaj ishlatilmaydi, balki muallif ko'zda tutgan bosh maqsad – rassom chol fojiasini chuqurroq va boʻrttiribroq ifoda etishga xizmat qiladi”.

Yozuvchilar bir asari bilan, xoh u kichik hajmli she’r boʻlsin, xoh trilogiya

boʻlsin bundan qat’iy nazar oʻz maqsadiga erishish, ya’ni aytmoqchi boʻlgan fikrini yetkazib berish uchun harakat qiladi. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, muallif Nazar Eshonqul ham oʻz maqsadiga erishish uchun har xil timsollardan, ishoralardan foydalanib ijod qilayotgan yozuvchilardan. Yozuvchining koʻpchilik аsаrlаri qаtori hikoyаlаri hаm uning bolаligi oʻtgan muhitgа borib hаm bogʻlаnаdi, yoki umumiy holаtdа oʻzbеk millаtining bosib oʻtgan hаyot yoʻlining yaqqol dаlili sifаtidа hаm tаsаvvur qilish mumkin. “Nazar ana shu birgina hikoyasi bilan umr shomini boshidan kechirayotgan katta bir tuzum ustidan oʻzining badiiy hukmini oʻqigan edi. Uning tili-tasviri beshafqat, ba’zan me’daga tegadigan darajada qora boʻyoqlarga boy, lekin ifodalar beshafqatligi, qora rangning quyuqligi zamirida bedod tuzum tufayli barbod boʻlgan umrga, umrlarga nisbatan rahm-shafqat toʻla edi”, - degan edi Xurshid Doʻstmuhammad.




Download 20.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling