Norboboyev Baxtiyor Jaxongir o’g’li Toshkent shahar yuridik texnikumi 2-bosqich o’quvchisi Ilmiy rahbar: Isroilov Asilbek Fozilovich Toshkent shahar yuridik texnikumi o'quv-metodik bo'lim boshlig'i Annotatsiya
Download 31.34 Kb.
|
Maqola Baxtiyor 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kredit-modul tizimiga oʻtishning muhim jihatlaridan yana biri bu – oʻquv dasturiga tanlov fanlarining kirib kelishidir.
Fanlarni tanlash imkoniyati
Oʻqishning dastlabki yillarida soha boʻyicha umumiy bilimga ega boʻlgandan soʻng talabalarda ayrim yoʻnalish va fanlar boʻyicha chuqurroq bilimga ega boʻlish va kelajakda shu yoʻnalishda ishlashga ishtiyoq paydo boʻlishi tabiiy. Talabalar yildan-yilga mutaxassis sifatida shakllanib borar ekan, ular uchun oʻqish dasturidagi ayrim fanlarning ahamiyati ortib, ayrim fanlarning ahamiyati kamayib boradi. Hozirda universitetlar, texnikumlar qatʼiy belgilab qoʻyilgan oʻquv dasturlari asosida ish yuritadi. Yaʼni, talabalar oʻqishga kirgandan boshlab to bitirgunga qadar dasturda belgilangan barcha fanlarni oʻrganishga majbur. Bu qay darajada toʻgʻri? Taʻlim muassasasida taʼlim olayotgan talabalar qatʼiy belgilangan standart oʻquv dasturi asosida taʼlim olishi shartmi? Dasturdagi barcha fanlar har bir talabaning qiziqishlari, kelajak rejalariga toʻgʻri kelmasa-chi? Aslida, har bir talaba oʻz qiziqishlari, imkoniyatlari, kelajakda qaysi kasbni egallashi va bu uchun kerakli fanlarni universitet maʼmuriyatidan koʻra yaxshiroq biladi. Talabani majburlab xonada olib oʻtirish mumkin, lekin uning fikr va eʼtiborini xonada ushlab oʻtirib boʻlmaydi. Kredit-modul tizimiga oʻtishning muhim jihatlaridan yana biri bu – oʻquv dasturiga tanlov fanlarining kirib kelishidir. Unga koʻra, talabalar oʻqishning dastlabki yillarida sohaga oid asosiy, umumkasbiy fanlarni oʻzlashtirib, soha boʻyicha umumiy bilimni egallab olganlaridan soʻng, sohaga oid maxsus fanlarni oʻz qiziqishlaridan kelib chiqib oʻzlari tanlash imkoniyatiga ega boʻladilar. Bunda taʻlim muassasasi talabalarga oʻquv yili davomida taklif qilinayotgan tanlov fanlarning roʻyxatini va ular haqida batafsil maʼlumot taqdim etadi. Talabalar esa ushbu roʻyxat va maʼlumotlar asosida oʻzlari qiziqqan fanlarni tanlaydilar. Bu jarayon har bir talaba oʻzining oʻqish dasturini maʼlum maʼnoda oʻzi shakllantirishiga imkon yaratadi. Yaʼni, guruhda 50 nafar talaba boʻlsa, ularning har biri oʻz qiziqishlariga koʻra oʻz oʻqish dasturlariga ega boʻlishadi. Tanlov fanlari soni kursdan-kursga koʻpayib borishi zarur boʻladi. Chunki talaba kursdan-kursga oʻtgani sari mutaxassis sifatida shakllanib boradi va unda mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati ham shakllanib boradi. Taʻlim muassasalari esa asta-sekinlik bilan talabalarga oʻz fakultetlaridan tashqarida, yaʼni boshqa fakultetlardan ham tanlov fanlari olishga imkoniyat yaratishlari zarur. Fanlarni tanlash amaliyoti nafaqat talabalar uchun oʻzlari xohlagan yoʻnalish boʻyicha chuqurroq bilim olishlariga imkoniyat yaratadi, balki oʻquv dasturidagi fanlar tarkibi tabiiy ravishda saralanib borishiga ham xizmat qiladi. Chunki talabalar qiziqish va ehtiyojlariga javob bermaydigan fanlar dasturini tark etib borishadi, oʻrganayotgan fanlari roʻyxatini davr talablari va qiziqishlariga moslashtirishadi. Bunda oʻqituvchi uning fani oʻziga yetarli miqdorda talabalarni jalb qila olishi uchun doimiy ravishda oʻz ustida ishlashi, fanning talabalar uchun ahamiyatini saqlab qolish uchun darslar sifatini doimiy ravishda yaxshilab borishi zarur boʻladi. Aks holda ushbu fan oʻquv dasturidan chiqib ketishi va oʻqituvchi oʻz ishini yoʻqotib qoʻyishi mumkin boʻladi. Bu jarayon darslar sifati yaxshilanishiga ham xizmat qiladi. Fanlarni tanlash amaliyoti rivojlangan davlatlarda oʻzining foydasini isbotlagan amaliyotdir. Ulardagi fan taraqqiyoti, rivojlangan iqtisodiyot, mutaxassislarning salohiyati xususan taʼlimdagi aynan shu jihat bilan ham bogʻliq. Kredit-modul tizimi tarixi, uning paydo boʻlishi fanlarni tanlash amaliyoti bilan chambarchas bogʻliq. Yaʼni, kredit- modul tizimining yuzaga kelishiga tanlov fanlari amaliyoti sabab boʻlgan. Shunday ekan, agar taʻlim muassasasi oʻzida kredit-modul tizimini joriy etsa-yu, oʻquv dasturlariga fanlarni tanlash imkoniyatini olib kirmasa, ushbu taʻlim muassasasi tom maʼnoda kredit-modul tizimida faoliyat yurityapti, deb boʻlmaydi. Download 31.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling