Norboyev Anvarning "Personalni boshqarish"
Ish hajmini kengaytirish va mazmunini boyitish uslublari
Download 98.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Personalni rag’batlantirish 4- topshiriq
Ish hajmini kengaytirish va mazmunini boyitish uslublari charchashning salbiy oqibatlari va ular bilan bog’liq
mehnat unumdorligining pasayishiga barham beradi. Ishning zeriktirishini kamaytirish maqsadida ish hajmini kengaytirish buning bir vositasidir. Bu xodimga bir-biri bilan bog’liq xilma-xil vazifalarni o’z kasbiy malakasi darajasida hal etishiga imkoniyat yaratadi. Ish mazmunini boyitish katta malaka talab etadigan vazifalar qo’yish, qaror qabul qilish mas'uliyatini oshirish, ayrim tashabbuslarni ko’tarishda kenfoq erkinlik berishga asoslangan. Ish hajmini kengaytirish va mazmunini boyitish natijasida xodimning ma'naviy holati yaxshilanishi uning shaxsiy (mehnat qilishga ichki qiziqish, ishdan qoniqish hosil qilish) va mehnat (yuksak sifatli mehnat samaradorligi) natijalari hamda qator salbiy holatlar (ishga kelmaslik, qo’nimsizlik) kamayishi tufayli ro’y beradi. Ushbu uslub tamoyillari quyidagilardan iboratdir: 1. Har bir ish uni qiziqarli qiladigan bir necha jihatlarga ega bo’lishi lozim. 8. Ish topshiriqlari o’zaro bog’liq bo’lishi kerak. Bir ishni yakunlash ikkinchisini bajarishni osonlashtirishi darkor. 9. Ish chegaralarini tayyorlab qo’yilgan yoki yordamchi operatsiyalar hisobiga kengaytirish. 10. Bajarilayotgan ish - mahsulot yoki xizmat foydali bo’lishiga sezilarli hissa qo’shishi kerak. Bunday hissa kichik bo’lgan ish operatsiyalarini xodim o’z mehnat faoliyatida muayyan maqsadni his etadigan boshqa topshiriqlarga qo’shib yuborish lozim. 11. Bir turli ish operatsiyalari turli texnologiyalar yordamida bajarilishi mumkin. Bunda samaraliroq ish uchun qulay imkoniyatlardan foydalaniladi. Shu holda xodim bu bir turli ishni bajarishdan ham qanoat hosil qiladi. Xodim uchun uning ishi qanday tashkil etilganligi, u qaysi sharoitda ishlashi, uning mehnati korxona faoliyatiga qanday ta'sir ko’rsatishi baribir emas. Download 98.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling