O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI URGANCH FILIALI TELEKOMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI TELEKOMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI YO’NALISHI 1-KURS
961-22 GURUH TALABASI Norboyeva gozal
O’zbekiston Tarix FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
Tayyorladi:________________________
Qabul qildi__________________________
Mustaqil ish: Milliy xavfsizlikni ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar
Reja:
1. Milliy xavfsizlikni ta’minlash.
2. Milliy xavfsizlikni ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yaqin qo‘shnilar bilan konstruktiv va o‘zaro manfaatli munosabatlar o‘rnatish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilab berildi. Markaziy Osiyoda ishonch muhitini qaror toptirish yo‘lida amalga oshirilgan sa’y-harakatlar Toshkentga chegara hamda suvdan foydalanish singari murakkab va nozik masalalarda tub burilish yasash imkonini berdi. Bu muammolar yillar davomida yechilmasdan, mintaqadagi tanglikka sabab bo‘layotgan edi. O‘tgan yili O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 20 foiz o‘sib, qariyb 3 milliard AQSh dollariga yetdi. Prezidentimiz Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan maslahat uchrashuvida yaqin yillarda o‘zaro savdo hajmini 5 milliard AQSh dollariga yetkazish mo‘ljallanayotganini ta’kidladi. Ayni paytda mintaqadagi barqarorlik hamda izchil taraqqiyot bevosita qo‘shni Afg‘onistonda tinchlik va osoyishtalik qaror topishi bilan uzviy bog‘liqdir. Binobarin, ushbu mamlakat Markaziy Osiyoning ajralmas qismi bo‘lgan hamda shunday bo‘lib qolajak. Bizni umumiy tarix, din, madaniyat va urf-odatlar hamda xavfsizlikni ta’minlash, savdo-sotiqni rivojlantirish sohasidagi manfaatlar birlashtiradi. Tinch Afg‘oniston Markaziy Osiyo davlatlarining Hind okeani va Fors ko‘rfazi portlariga eng qisqa yo‘lini ta’minlashi, Hindiston, Eron hamda Pokistonni Yevropa va Yaqin Sharq bozorlari bilan bog‘lashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |