Juft va takroriy otlar orasiga chiziqcha qo`yib yoziladi. Agar juft otlar o`rtasida ikki otni bir-biri bilan bog`laydigan u, yu tovushlari bo`lsa, kirilcha yozuvda chiziqcha qo`yilmaydi: Onayu bola - gulu lola. Takroriy otlar bir otni takrorlash yordamida hosil qilinadi: Aytilgan so`zlar jon-jonidan o`tib ketdi. Tilimizda takrorlangan, so`zning boshida kelgan undosh p eki m undoshidan biriga almashadigan yoki unli tovushdan oldin p tovushi orttiriladigan choy-poy, non-pon, qop-mop, oshposh, pul-mul kabi takroriy otlar ham bor. - Juft va takroriy otlar orasiga chiziqcha qo`yib yoziladi. Agar juft otlar o`rtasida ikki otni bir-biri bilan bog`laydigan u, yu tovushlari bo`lsa, kirilcha yozuvda chiziqcha qo`yilmaydi: Onayu bola - gulu lola. Takroriy otlar bir otni takrorlash yordamida hosil qilinadi: Aytilgan so`zlar jon-jonidan o`tib ketdi. Tilimizda takrorlangan, so`zning boshida kelgan undosh p eki m undoshidan biriga almashadigan yoki unli tovushdan oldin p tovushi orttiriladigan choy-poy, non-pon, qop-mop, oshposh, pul-mul kabi takroriy otlar ham bor.
- Otlarning tuzilish jihatdan turlari
-
- Otlar tuzilishi jihatdan sodda ot, qo`shma ot, juft ot, qisqartma otlarga bo`linadi.
- Sodda ot bir o`zak morfemadan tashkil topadi: daraxt, kitoblar, gulzor, uycha kabi.
- Qo`shma ot ikki va undan ortiq o`zak morfemaning birikishidan hosil bo`ladi: belbog`, atirgul, oqsoqol kabi.
- Juft ot ikki o`zak morfemaning o`zaro teng bog`lanishidan tuziladi: aka-uka, o`y-xayol, temir-tersak kabi.
- Qisqartma otlar birikma qismlarini qisqartish yo`li bilan tuzilgan otlar: AQSH, MDH, O`zMU kabi.
- Takroriy otlar: choy-poy, in-iniga, tomir-tomiriga, don-dun, irim-sirim, yor-yor (qo`shiq nomi).
Do'stlaringiz bilan baham: |