Norevmatik karditlar etiologiyasi tasnifi


Erta tugʻma karditlarning tashxisiy mezonlari


Download 68.76 Kb.
bet4/5
Sana24.04.2023
Hajmi68.76 Kb.
#1393785
1   2   3   4   5
Erta tugʻma karditlarning tashxisiy mezonlari
Anamnestik[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yurak-qon tomir kasalliklariga irsiy moyillik; homiladorlik paytida onaning kasallanishi; tugʻilishida bola tana vaznining pasayishi. Kasallikning birinchi belgisi bola hayotining birinchi yarmida kuzatiladi, postmiokardik elastofibrozda – hayotining 6-18 oylarida.
Klinik[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ekstrakardial: tana vaznining sababsiz kam qoʻshilishi; jismoniy rivojlanishda orqada qolish; statistik funksiyalar rivojlanishining sekinlashishi; rangparlik, lanjlik, koʻp terlash, afoniya, sababsiz bezovtalanish xurujlari.

  • Kardial: shilliq qavatlarning, barmoqlar uchlarining yengil sianozi; chap tomonlama yurak bukri; yurak turtkisi susaygan yoki aniqlanmaydi; tonlarning boʻgʻiqlashuvi yoki pasayganligi; davolashga rezistent boʻlgan taxikardiya; yurak-qon tomir yetishmovchiligi, odatda total, lekin chap qorincha yetishmovchiligi ustunligi bilan.

Paraklinik[tahrir | manbasini tahrirlash]
Labarator[tahrir | manbasini tahrirlash]
ECHT, leykotsitlar, qon zardobi oqsil fraksiyalari, ASL va AST titri meʼyorda boʻladi yoki ozgina oʻzgargan.
Rentgenografik[tahrir | manbasini tahrirlash]
Chap oʻpka pastki boʻlagi atelektazi. Yurakning sharsimon yoki oval koʻrinishi, chap qorinchaning kuchli dilatatsiyasi bilan birga yurak boʻshliqlarining kattalashishi.
EKG[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tugʻma fibroelastozda QRS komplekslarining yuqori voltaji, rigid tez marom (koʻpincha marom surʼati va oʻtkazuvchanlik buzilishlarisiz), chap qorincha miokardi gipertrofiyasi, ishemiya belgilari bilan subendokardial boʻlimlarning ishemiyasi (ST segmentning izochiziqdan pastga siljishi va manfiy T tishcha)
Kech tugʻma karditlarning patomorfologik tekshiruvi yurak qavatlarining bir yoki bir nechtasining, oʻtkazuvchi tizimning, baʼzida koronar arteriyalarning patologik jarayonga qoʻshilishini aniqlaydi, kardioskleroz va miokard gipertrofiyasi rivojlanadi. Lekin kasallik davomiyligi unchalik ahamiyatli emas, bu haqida endo- va miokardda elastik toʻqima yoʻqligi va faol yalligʻlanish jarayoni guvohlik beradi.
Kech tugʻma karditlarning tashxisiy mezonlari[]

Download 68.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling