Norevmatik karditlar etiologiyasi tasnifi


Download 68.76 Kb.
bet2/5
Sana24.04.2023
Hajmi68.76 Kb.
#1393785
1   2   3   4   5
Karditlar


Yurakning oldindan tashqi ko'rinishi

KXK-10

I30-I52[1]

Kardit[2] - bu revmatizm yoki boshqa tizimli kasalliklar bilan bog'liq bo'lmagan turli xil etiologiyali yurakning yallig'lanish kasalligi. Pediatriyada "kardit" atamasini qo'llashning maqsadga muvofiqligi yurakning ikki yoki uchta membranasiga (endo-, miyo- yoki perikard) bir vaqtning o'zida zarar yetkazish ehtimoli borligi bilan e'tibor talab qiladi[3].
Norevmatik kardit[
Nospetsifik yalligʻlanish xususiyatli oʻzgarishlar hisobiga yurak mushaklarining shikastlanishi[4]. Autopsiya maʼlumotlariga koʻra bolalar aholisi orasida kattalarga qaraganda karditlarning tarqalishi yuqori; ogʻir shakllari erta yoshdagi bolalarda uchraydi. Koʻpincha karditlar virusli epidemiya vaqtida ancha koʻpayadi.
Etiologiya va patogenezi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qoʻzgʻatuvchisidan qatʼiy nazar turli infeksion kasalliklar kardit bilan asoratlanishi mumkin. Lekin koʻpchilik hollarda kardit oʻtkir virusli infeksiyali bolalarda rivojlanadi. Ularning paydo boʻlishida Koksaki virusi, ayniqsa A va V guruhlari va ECHO virusi katta ahamiyatga ega. Boshqa etiologik omillarga gripp va paragripp, qizilcha, parotit, sitomegalovirus va boshq. kiradi. Norevmatik kardit bakteriyalar, rikketsiyalar, zamburugʻlar va boshqa infeksion agentlar tomonidan chaqirilishi mumkin. Noinfeksion kelib chiqish xususiyatiga ega norevmatik karditlar ham farqlanadi, jumladan allergik va toksik miokarditlar.
Bakterial karditlar koʻkrak yoshidagi bolalarda teri, otogen sepsis sababli rivojlanadi, ancha kattalarda esa – gematogen osteomiyelit fonida paydo boʻladi. Zamburugʻli karditlar surunkali kasalliklari mavjud bemorlarda, uzoq vaqt antibiotik olganlarda paydo boʻladi.
Oxirgi yillarda irsiy omilar diqqatni tortyapti. Bunday hollarda kardit kam simptomli, yurak yetishmovchiligi rivojlanishi faqat oxirida boʻladi. Uning asosida genetik determinirlangan virusga qarshi immunitet nuqsoni yotadi. Oʻtkir va surunkali kardit patogenezi turlicha. Oʻtkir karditda infeksion omil (boshlovchi omil) taʼsiri ahamiyata ega, yalligʻlanish mediatorlarini ajratish, gipersezuvchanlik reaksiyasining yuqori boʻlishi va hujayra infiltratsiyasi tomirlar devorlarini shikastlaydi. Autoallergiya kasallikning oʻtkir kechishida faqat komponent boʻlishi mumkin, lekin yetakchi emas. Immun komplekslarning turli tuzilishi, ular oʻlchamlari, joylashish joyi va miokardning reparativ reaksiyalari turli-tumanligi sababli oʻtkir karditning yaxshi sifatli va yomon sifatli oqibati boʻlishi mumkin. Surunkali kechishida qoʻzgʻatuvchi asosiy ahamiyatga ega emas va kasallik asosida autoimmun buzilishlar yotadi. Bu holda autoantitanachalar (antikardial antitanachalar) va/yoki sensibilizatsiyalangan limfotsitlarning autoallergenlar bilan oʻzaro taʼsir qilishi sodir boʻladi. Ikkilamchi autoantigenlarga javoban antikardial antitanachalar paydo boʻladi, odatda agressiv. Bunday holat hosil boʻlishi T-supressorlarning past faolligi natijasidir, bu xelper taʼsir qiluvchi va giperstimulyatsiyalangan V-limfotsitlarga bogʻliq. Avvalo surunkali karditlar (oʻz-oʻzini tutib turuvchi jarayon, tizimli xususiyatli, yomon sifatli va retsidivlanuvchi kechishi, terapiyaga rezistentligi) ularning shakllanishida autoimmunn mexanizm haqida oʻylashni taqozo qiladi. Koʻp yillik kuzatuvlar asosida Belokon N.A. hammualliflari bilan bolalardagi norevmatik karditlarning ishchi tasnifini berishdi. Norevmatik karditlar tugʻma va orttirilgan boʻladi. Kasallik tasnifi uning kechishini aks ettiradi. Norevmatik karditlarda jadal boshlanishi bilan kechadigan, yurak-qon tomir yetishmovchiligi mavjud va nisbatan terapiyaga moyil oʻtkir kechish turlarini ajratish mumkin. Oʻtkir osti karditlar baʼzi hollarda xuddi oʻtkirdek boshlanishi mumkin, lekin sogʻayish 18 oygacha davom etadi, boshqa hollarda kasallikning ancha yengil kechishi va sekin-asta rivojlanishi boʻlishi mumkin (birlamchi oʻtkir osti kechishi). Davomli surunkali kardit (18 oydan koʻp) baʼzi bemorlarda oʻtkir yoki oʻtkir osti boshlanish xarakeriga ega, boshqalarida esa u kuzatilmaydi (birlamchi surunkali kechish). Tugʻma karditlar ham oʻtkir va oʻtkir osti kechish xususiyatlariga ega. Kardit ogʻirligi kompleks klinik-instrumental maʼlumotlar: yurak oʻlchamlari, yurak yetishmovchiligi ifodalanganligi, EKG dagi ishemik va metabolik oʻzgarilar darajasi, kichik qon aylanioʻ doirasi holatiga bogʻliq. Yurak yetishmovchiligini baholash karditlarda oʻzining xususiyatlariga ega. Bemorlarni kompleks tekshirish chap va oʻng yurak yetishmochiligi darajalarini ajratishga imkon berdi.



Download 68.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling