Нормаллаштириш тамойили куйидагича таърифланади: интеллектуал ва бошка функционал бузилишларга эга булган шахслар учун кундали
Download 365.83 Kb.
|
Очилова Зарина
S. O’qituvchilar.
Tuman-viloyatda «Inklyuziv ta’lim Resurs jamoasini tuzing. U 6-8 sadoqatli o’qituvchidan tashkil topgan bo’lishi mumkin. Imkon qadar tayyorlovdan o’tgan va turli nogironlik haqida bilimlarga ega maxsus ta’lim o’qituvchilarini tanlang. Ularni Halq Ta’limi Vazirligidagi 6 xaftalik kurslarga jo’nating (3 xafta nazariya va 3 xafta dars olib borish amaliyoti). Resurs jamoaning maqsadi oddiy maktab tizimida qisqa muddatli va mahalliy kurslarni tashkil qilishdir. Bu kurslar uchun Tuman-viloyatdagi barcha o’qituvchilarni jalb etishga harakat qiling. Bu inklyuziv talimni muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun juda muhimdir. Uni maktabgacha ta’lim o’qituvchilari va 1-3 sinflardan boshlang. Maqsad barcha o’qituvchilarga inklyuziv ta’lim to’g’risida boshlang’ich bilimlarni berishdir, bu ularga oddiy sinflarda yengil ta’limga muhtoj bolalarga yordam berishlarida qo’l keladi. Bu kabi bolalar maxsus ta’limga muhtoj deb topilgan bolalarning 70-80%ni tashkil qiladi.20 Darslarni olib boruvchi o’qituvchilar maxsus bilimlar, Brayl va boshqalarni berish bilan cheklanmasdan, xulq-atvor, tekshiruv baholash, gurux, ishlari, dasturga moslashish, individual o’qitish metodlari, sinfni boshqarish va arzon o’qitish qo’llanmalari ulardan foydalanishga ham diqqatni qaratishlari kerak. «Sinf xonalaridagi maxsus extiyojlar» UNESCO resurs qo’llanmasi ushbu maqsadda ishlatilishi mumkin. Maxsus ta’limga muhtoj bolalar va ularning o’qituvchilariga yordam beruvchi maktablararo qatnab yuruvchi, ko’p tomonlama nogironlik bo’yicha resurs o’qituvchi tizimini rivojlantirish kerak. Bu vazifa uchun eng yaxshi o’qituvchilaringizni tanlang. Halq Ta’limi Vazirligi tomonidan tashkil etilgan maxsus tayyorlov kurslariga jo’nating. Ularning bo’yniga juda katta joyni yuklamang, tansport muammolarii bartaraf eting. Bir xil yoshdagilar, katta yoshdagi o’quvchilar, ota-onalar, qarindosh urug’lar, ishsiz ko’ngillilar va boshqalarni o’qituvchilarga maxsus yordamga muhtoj bolalarga yordam berishda jalb qiling va ruhlantiring. Boshqarish va maslahat berish xizmatlari Viloyatlar ta’lim muassasalari maxsus yordamga muhtoj yoshlar va bolalarni boshqarish, rivojlantirish va uyushtirishda inklyuziv maxsus ta’lim mutaxassislariga muhtojdir. Viloyatlarda maslaxatlar berish, ruhlantirish va maktablarda yangiliklar yaratishga qodir inklyuziv maxsus ta’lim «Maslaxatchilariga» talablar mavjud. Download 365.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling