Keys taxlili
Bularning oilasidagi muammo bir qizning emas, balki 3 inson taqdiridir. Aslida ular ham bir oila bo’lib yashashni xoxlashadi.Chunki eng katta baxt ota-ona bilan to’liq oila bulib yashashdir.
Ular «yopiq muassasa»larda o’qishining salbiy oqibatlari ko’p.
Opa –singillar deyarli birga yashay olmaydilar, axillik yo’qolgan:
Xavfli omillar; o’zini o’ylash, loqaydlik, g’amginlik, qo’rqoqlik.
Ular tezroq uyga ketishni xoxlaydilar, bilim olish ishtiyoqi yo’qolgan, xayollarida internatdan tezroq ketish
Ota –onasiga bo’lgan mexr susaygan. Hayot ga qiziqishlari yo’qolgan.
Bir xillikdan zerikkan, qorni ochmaganda ham ovqatlanishga, uyqusi kelmaganda uxlashga majburdirlar.
Kelgusidagi salbiy oqibatlari:
Hayot da yolg’iz yashashga o’rganib qoladilar. Insonlar bilan muloqotga kirishishga qiynaladilar. Ham ma narsaga qiziqishlari yo’qoladi.
Ularni ham o’z xududlaridagi maktablarda o’qitilsa, ijobiy natijalarga erishishlariga yordam beradi:
Ular o’z-o’ziga xizmat qilishni o’rganishadi. Birovning yordamiga muhtoj bo’lmaydilar.
Do’stlari ko’payadi, o’zlariga ishonchi ortadi, maktabda tengdoshlariga yetib olishi uchun yaxshi o’qishga harakat qiladilar.
Loqaydlik, ishonchsizlik yo’qoladi, hayot da yashashga qiziqish paydo bo’ladi.
Ota-onasining e’tiborida bo’ladilar, bir-biriga mexribon bo’lishga o’rganadilar.
Uyga bemalol do’stlarini taklif qila oladilar, xoxlagan paytda ovqatlanib, uyqisi kelganda uxlashga yotadilar. O’zlarini erkin his qiladilar.
Orzu qilish, kasb tanlash va boshqa qiziqishlar paydo bo’lgach, tengdoshlari qatori harakat qilishga kirishadilar.
Opa-singillar bir-birlarini qo’llab- quvvatlaydilar, oiladagi muhit yaxshi tomonga o’zgaradi
Kelgusidagi ijobiy oqibatlari:
Odamlarga mexribon bo’ladi, hayot da mustaqil yashashga o’rganadi, kelajakka ishonch bilan qaraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |