Нормаллаштириш тамойили куйидагича таърифланади: интеллектуал ва бошка функционал бузилишларга эга булган шахслар учун кундали
Download 365.83 Kb.
|
Очилова Зарина
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.2. Imkoniyati cheklangan bolalarni hayot ini inklyuziv ta’lim orqali normallashtirish haqidagi keys va uning taxlili. KEYS 1.
Islohotlar. Inklyuziv ta’limda yangi fikrlarning talqin etilishi milliy islohot va maxsus yordamga muhtoj bolalar va yoshlar uchun strategiyalarda aniq aks etishi kerak.
Maxsus ta’limga muhtoj bolalar hozirgi maktab tizimida ehtiyojlari qondirilmayotgan bolalardir. Shu sababdan maktablar barcha bolalarning turli xildagi va umumiy maqsadlari, intilishlari, qiziqishlariga javob berishi kerak va ularning bilim olishlarini ta’minlashi kerak. Maxsus extiyojlar ta’limi ta’lim tizimining bir qismidir. U jamiyat va mutaxassislar qimmati va munosabatlari, moliyaviy resurslarni taqsimlash va o’qitish, o’qituvchilar va maktab tabiati borasidagi savollar bilan o’zaro bog’liqdir. Barchaga ta’limni rivojlantirish uchun umumiy ta’lim tizimiga tarkibiy o’zgartirishlar kiritish muhimdir. «Normal» va «maxsus» ta’lim o’rtasidagi to’siqlar olib tashlanishi kerak. Maxsus ta’lim oddiy ta’limning bir qismi bo’lishiga qaramasdan, o’zining o’quvchilari, o’qituvchilari, boshqaruv jamoasi va ta’minot tizimidan tashkil topgan ikkita ta’lim tizimi amalda qo’llanib kelinmoqda. Barcha o’quvchilarning talablariga javob beruvchi inklyuziv maktabda bunday tizimga extiyoj qolmaydi. Islohot lar ta’lim maqsadlarining amaliyotini boshqarishi mumkin, lekin ular pedagogik amaliyotni to’g’ridan-to’g’ri boshqara olmaydi. Shu sababdan samarali bo’lishi uchun, islohotlar yaxshi muhokama qilinishi va ta’lim tizimi boshqaruvchilari va uni amalda qo’llovchilar tomonidan ko’rib chiqilishi kerak. «Hukumat miqiyosida qabul qilingan isloholarning muhimligi ularni ta’lim masalalarini yetarli darajada hal qilishida emas, masalan qay tarzda o’qitish, balki ular sababli yuzaga kelayotgan munozaralarning tabiati va ta’lim apparatining boshqa bo’limlarida u yuritayotgan siyosatning muhimligidadir.» (Fulsher,1991). II.2. Imkoniyati cheklangan bolalarni hayot ini inklyuziv ta’lim orqali normallashtirish haqidagi keys va uning taxlili. KEYS 1. Javlon o’zlashtirishda qiyinchiligi bor bola. Javlon 15 yoshda. U aqli zaiflar internat maktabida 8-sinfda o’qiydi. Javlon o’qishni va yozishni biladi. Ko’pincha maktabga kelmaydi. Chunki onasi ham uni maktabga keltirmaydi. U 4-sinfgacha oddiy maktabda o’qigan, keyinchalik shifokorlar tashhisi bilan internat maktabiga o’qishga kelgan. U internatda o’qishni xoxlamaydi. Chunki u yerda yotib o’qish kerak. Diqqat doirasi 10-15 minut. Darsda o’tirishni xoxlamaydi. Ko’p gapiradi. Sinfdoshlari bilan yaxshi chiqisha olmaydi. Ular bilan urushadi. O’zining oldingi maktabi haqida ko’p gapiradi. U uyda televizor ko’rish va musiqa tinglashni yoqtiradi. O’zini boshqa narsalar bilan band qilmaydi. Uning bitta akasi va onasi bor. Oiladagilar unga uy yumushlarida qatnashishda ruxsat berishadi28. U katta bo’lgan sari internatda o’qishni xoxlamay qo’ydi. Onasi internatga kelib Javlon oddiy maktabga o’tishi kerakligini aytdi. Lekin internat ilmiy bo’lim mudiri u maktabga loyiq emasligini tushuntirdi. Ammo Javlon va uning onasi qattiq turib oldilar. Umumta’lim maktabi psixologi uning ruhiy holatidan xavotir olib uni maktabga olish-olmaslikka o’ylanib qoldi. Men maktab psixologi bilan gaplashib u shunchalik maktabda o’qishni xoxlayotgan ekan, unga imkon berishni so’radim. Download 365.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling