Нормаллаштириш тамойили куйидагича таърифланади: интеллектуал ва бошка функционал бузилишларга эга булган шахслар учун кундали
Download 365.83 Kb.
|
Очилова Зарина
Erta bolalik. Funksional buzilishlarga ega bola boshqa barcha bolalar qatori mexribonlik va yaqinlikka, insonlar bilan muloqotda bo’lishga extiyoj sezadi11.
Hech qaysi shifokor yoki boshqa inson vaziyatni qiyinlashtirmasligi ota-onalar tushuna olmaydigan yoki amalda qo’llab quvvatlolmaydigan uzoqni ko’zlovchi qarorlar qabul qilishga shoshilmasligi kerak. Biz shuni bilamizki, bolani intelektual va harakat funksiyalarini shuningdek, uning hissiy va shaxsiy rivojlanishida ota-onalar mehribonligi katta o’rin tutadi. Aynan shuning uchun shifokorhlar hamjamiyati va boshqa jamiyat tashkilotlari bunday oilalarga maslahatlar berib borish zamirida ushbu etik me’yorlarga va ushbu psixologiyaga katta e’tibor bilan yondoshishlari ayniqsa muhimdir. Agar natijada nogiron bola ilgarigidek o’z ota-onasi bilan yashay olmasligi va unga mos oila topilmayotganligi aniqlansa, unda bolani ilk muhitli bolalar, xizmat ko’rsatuvchi personal va ota-onalar doim yaqin munosabatda bo’ladigan katta bo’lmagan guruhli yashash uylariga joylashtirish kerak. Xizmatchilarni almashinuvi minimal bo’lishi lozim, chunki aynan shu yo’l bilan bolani har tomonlama himoyasini va ota-ona o’rnini bosuvchi insonlar bilan muloqotga kirishish imkoniyatlarini ta’minlasa bo’ladi. Funksional buzilishli bola o’zining hissiy taa’surotlarini boyituvchi bilim va malakalarini sug’oruvchi asosga ega muhitda o’ziga xos o’sish va rivojlanish extiyojiga ega. Xizmatchilarni bolalarga nisbatan me’yorlarga zid munosabatini, bolalarda esa yashashni noto’g’ri strategiyasini shakllantiruvchi yirik muassasalarda ushbu zaruriy ehtiyojlarni qondirib bo’lmaydi. Bunday muassasalarda xizmatchilarni aniq bolalarga emas, balki aniq masalalarga yo’naltirilgan amaliyoti ko’p hollarda muvoffaqiyasizlikka uchragan. Bunda bir xizmatchi bir qancha bolalarni har tomonlama parvarishlashga mas’ul bo’ladi. So’nggi holatda xizmatchi amaliyotni avtomatik aylanmasi bilan emas, balki bolalar ehtiyojlari bilan hisoblashadi. Bolalarni guruxli yashash uylari - maktab yotoqxonalari – faqatgina zaruriy jismoniy parvarishni ta’minlashi kerak emas. Avvalam bor, u bolalar uchun o’z uylari bo’lishi kerak, ikkinchidan bolalarga rivojlanish stimullarini taqdim etish kerak va uchinchidan, jamiyat bu bolalarga oddiy bog’cha va tayyorlov maktablariga va ularni rivojlantiruvchi dasturlarga yo’l ochib berish kerak. Jismoniy nuqsonga ega nogiron bolaga yangi taa’surotlarni olishga to’sqinlik, unda bu bolaga nafaqat davolovchi jismoniy tarbiya bilan shug’ullanishigina emas, balki uni harakatlarini kuchaytiruvchi yordamchi texnik vositalar imkonini ham berish lozim. Aqliy buzilishga ega bo’lgan bolalarda bo’lishi mumkin bo’lgan qo’shimcha funksional buzilishlar - serebral falaj yoki boshqa harakat funksiyalarini buzilishlari - ko’rlik, karlikni oldindan inobatga olish va ularga ta’sir etish lozim, bu aqliy qoloqlikni chuqurlashuvini oldini olish uchun zarur. Shu yerga autizmga ega bo’lgan bolani parvarishlashga qo’yiladigan asosiy talablar ham kirib ketadi. Download 365.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling