SAVOL: Quyidagi qaysi gaplarda fonetik hodisa asosida yozilgan so`z yasovchi qo`shimcha qatnashgan?
1) Kel, o`zbek qardoshom, aziz qo`nog`im bo`l.
2) Ko`rpaning guldor qavig`i hammani qiziqtirdi.
3) O`ynoqi musiqa sadolari o`tirganlarning mudroq kayfiyatini tarqatdi.
4) O`tovda chordona qurib o`tirgan chol asta o`rnidan qo`zg`alib qo`ydi.
A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3, 4, C) 1, 2, 3 D) 3, 4
Shu kabi savolarni qiyinchiliksiz yechish uchun QANDAY VOSITALAR TA'SIRIDA KO`MAKCHI MORFEMALARDA FONETIK HODISALAR KUZATILISHI mumkinligini o`rganishingiz kerak:
1) Sifat yasovchi "-qi" qo`shimchasi "-la" , "-a" kabi ko`makchi morfemalar tarkibida fonetik hodisalarni yuzaga keltiradi:
o`yin + a + qi = o`ynoqi
yig`i + la + qi = yig`loqi
2) Ot yasovchi "-q" qo`shimchasi "-a" ko`makchi morfemasida fonetik hodisalarni yuzaga keltiradi :
qiyin + a + q = qiynoq
son + a + q = sanoq
3) Egalik qo`shimchalari "Q va K" undoshlari bilan tugaydigan KO`MAKCHI MORFEMALARDAN keyin qo`llanilganidan ushbu ko`makchi morfemalarda fonetik hodisalar kuzatiladi:
tila + k + im = tilagim
so`ra + q + ingiz = so`rog`ingiz
yut + uq + i = yutug`i
sin + iq + i = sinig`i
belan + chak + imiz = belanchagimiz
kelin + chak + ingiz = kelinchagingiz (bunda lug`aviy)
o`yin + choq + i = o`yinchog`i
qo`zi + choq + im = qo`zichog`im
yaxshi + lik + im = yaxshiligim
qo`n + oq + im = qo`nog`im
kech + ik + i = kechigi (daryoning kechigi) va hokozo.........
TOPSHIRIQ: quyida berilayotgan so`zlarning nechtasida fonetik hodisa faqat yetakchi morfemada kuzatilgan, nechtasida fonetik hodisa faqat ko`makchi morfema da kuzatilgan, nechtasida esa ham yetakchi morfemada, ham ko`makchi morfemada fonetik hodisa kuzatilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |