Normamatova dildora
) shartlarni bajarmoq; 2) kechki uchrashuv; 3) yoza boshlamoq; 4) tuzsiz ovqat; 5) qo'ymijoz kishi
Download 113.68 Kb.
|
Mirzabek Ustoz ma\'ruza TAYYORI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Demak, javob: D Mavzuni davom ettiraman. M O R F E M I K A (soz tarkibi)
- "ot yasovchi, sifat yasovchi, ravish yasovchi va fel yasovchi"
1) shartlarni bajarmoq; 2) kechki uchrashuv; 3) yoza boshlamoq; 4) tuzsiz ovqat; 5) qo'ymijoz kishi
A) 1, 2, 3, 4. B) 2, 3, 4. C) 1, 2, 5. D) 2, 4, 5. Iltimos, quyidagi bo`sh o`ringa tahlilingizni yozing, shunchaki variantni belgilash bilan cheklanib qolmang! Avval javobingizni yakunlang va quyidagi to`g`ri javob bilan taqqoslang. Ushbu savolning javobini belgilashda ko'pchilik abituriyentlar xato javobni olishadi, ular xatolikni quyidagicha boshlashadi: 2, 3 va 4 - so'z birikma(aslida 3-si so'z birikma emas)larining tobe qismidagi "-ki" , "-a" , "-siz" kabi morfemalarning omonimligidan quvonishib "B" javobni olishadi, aslida esa 3-si so'z birikmasi emas, ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi ekanligi uchun javobdan o'chib ketadi, ya’ni uchinchi raqam ostida so`z birikmasi yo`q. Bundan ham muhim holat bor --- tobe qisimdagi morfemalar deyilganida ko'pchilik abituriyentlar faqat qo'shimchalarni tushunishadi, aslida-chi, tarkibida hech qanday qo'shimcha mavjud bo'lmagan qism ham morfema hisoblanaveradi. Aytmoqchimanki, morfemalar deyilganida faqaaaat qo'shimchalarni tushunmang va quyidagi tahlilga e'tibor bering: To'g'ri javob "D" edi. Chunki ushbu so'z birikmalarining tobe qismidagi barcha morfemalar omonimlik xususiyatiga ega edi: "kech" so'zi fe'l va ravish o'rtasida omonim, "-ki" qo'shimchasi esa ot yasovchi, sifat yasovchi va yuklama o'rtasida omonim; "tuz" so'zi ot va fe'l o'rtasida omonim, "-siz" qo'shimchasi esa ismning va fe'lning munosabat shakllari o'rtasida, sifat yasovchi va ravish yasovchi o'rtasida omonimdir; qo'ymijoz so'zi tarkibida ham ikkita morfema mavjud va ular ham omonim: "qo'y" ot va fe'l o'rtasida omonim, "mijoz" esa ot va ot o'rtasida omonim (mijoz- xaridor, mijoz- tana harorati). Demak, javob: D Mavzuni davom ettiraman. M O R F E M I K A (so'z tarkibi) So'zning eng kichik ma'noli qismiga MORFEMA deyiladi va bu atamaning o'rniga "SO'ZNING ENG KICHIK MA'NOLI QISMI" atamasi ham qo'llanilaveradi. Morfemalar "nutqda qanday qo'llanila olish imkoniyaiga ko'ra" quyidagicha ikki turga bo'linadi: 1) ASOS (yetakchi morfema) 2) QO'SHIMCHA (ko'makchi morfema) Tarkibida hech qanday qo'shimchalarsiz nutqda mustaqil qo'llanila oladigan so'z qismiga ASOS (yetakchi morfema) deyiladi. Yetakchi morfemasiz nutqda mustaqil qo'llanila olmaydigan so'z qismiga esa QO'SHIMCHA (ko'makchi morfema) deyiladi. Buvim toshbag'ir insonlarning qismatini ko'p so'zlab bergan. Ushbu jumlada 16 ta MORFEMA (so'zning eng kichik ma'noli qismi) mavjud va ularning 8 tasi ASOS (yetakchi morfema), qolgan 8 tasi esa QO'SHIMCHA (ko'makchi morfema): Buvi(asos) + m (qo`sh.) tosh(asos) + bag'ir(asos) inson(asos) + lar (qo`sh.) + ning (qo`sh.) qismat(asos) + i (qo`sh.) + ni (qo`sh.) ko'p(asos) so'z (asos) + la (qo`sh.) + b (qo`sh.) ber(asos) + gan (qo`sh.) Yuqoridagi savolda nega "D" javob to'g'ri ekanligini endi tushundingizmi? Agar tushungan bo'lsangiz, men sizlarga yana bir savol beraman va maqsadli holda mavzuni davom ettiraman. Qo'shimchalar asosga qo'shilib ularga yangi ma'no berishi yoki yangi ma'no bera olmasligiga ko'ra quyidagi ikki turga bo'linadi: 1) so'z yasovchi qo'shimchalar 2) shakl yasovchi qo'shimchalar Asosga qo'shilib unga yangi ma'no beradigan qo'shimchalarga SO'Z YASOVCHI QO'SHIMCHALAR deyiladi va ular qaysi turkumni hosil qilishiga ko'ra quyidagi to`rt turga bo`linadi: "ot yasovchi, sifat yasovchi, ravish yasovchi va fe'l yasovchi"kabi turlarga bo'linadi: Download 113.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling