Ushbu 6 ta tur o'z ichida quyidagicha ikki turga bo'linadi:
1) egalik, kelishik va bog'lamalar ISMNING MUNOSABAT SHAKLLARI hisoblanadi
2) zamon, shaxs-son va mayl qo'shimchalari esa FE'LINING MUNOSABAT SHAKLLARI hisoblanadi.
LUG'AVIY SHAKL YASOVCHI QO`SHIMCHALAR HAQIDA MA'LUMOT
Asosga qo'shilib unga qo'shimcha lug'aviy ma'no beradigan shakl yasovchilarga LUG'AVIY SHAKL YASOVCHILAR deyiladi va ular quyidagilardir:
1.Ot turkumiga xos lug'aviylar: otlarning kichraytirish-erkalash, achinish, ko'plik, chegara ma'nosini, o'rin-joyga xoslikni bildiruvchi ushbu 👇👇👇 qo'shimchalar otning lug'aviy shakllaridir:
-choq. Qo'zichoq, toychoq
-chak. Kelinchak
-jon. Ukajonim
-oy. Komilaoy
-lar. Insonlar
-gina. Qizginam
-gacha. Farg'onagacha
-cha. Kitobcha
-xon. Otaxon
-dagi. Jizzaxdagi
-niki. Mansurniki
2.Sifat turkumiga xos lug'aviylar: sifatning darajalarini ifodalab keladigan ushbu 👇👇👇 qo'shimchalar sifatning lug'aviy shakllaridir:
-ish. Qizg'ish, sarg'ish, ko'kish
3.Son turkumiga xos lug'aviylar: sonning ma'no turlarini hosil qiluvchi quyidagi 👇👇👇qo'shimchalar sonning lug'aviylari hisoblanadi:
-ov. Beshovini ham ayadim.
-ala. Ikkala usta qoyil qilishdi.
-ovlon. Oltovlon ola edi, yutqazdi.
-ta. To'qqizta tosh olib keldim.
-tacha. Mingtagacha ism aytdi.
-lab. Yuzlab choralar ko'rildi.
-larcha. Minglarcha ishtirokchilar
-tadan. Beshtadan tarqating.
-nchi. Yettinchi bo'lmani chiqardi.
-inchi. O'ninchi sinfda o'qiyman.
Do'stlaringiz bilan baham: |