Normamatova dildora
Download 113.68 Kb.
|
Mirzabek Ustoz ma\'ruza TAYYORI
- Bu sahifa navigatsiya:
- "chopiq, chiziq"
"kuldon" , "qalamdon" so'zlari tarkibidagi "-don" so'z yasovchi qo'shimchalari "qadrdon" , "bilimdon" so'zlari tarkibidagi "-don" so'z yasovchi qo'shimchalari bilan omonimlik hosil qilgan, chunki dastlabki ikkita so`zdagi "-don" qo'shimchasi ot yasashga xizmat qilgan, keyingi ikkita "-don" qo'shimchasi esa sifat yasashga xizmat qilgan, ya'ni "-don" qo'shimchasi turli turkumga oid bo'lgan yasama so'zlarni hosil qilgan va omonimlikni yuzaga keltirgan.
Yana misol keltiraman: "chopiq, chiziq" so'zlaridagi "-iq" qo'shimchasi ayni damdagi ikki so'zda omonim emas, chunki faqat ot yasagan, "tiniq, siniq" kabi ikki so'zlarda ham omonim emas, chunki faqat sifat yasagan, "yo'liqmoq, zoriqmoq" so'zlarida omonim "-iq" qo'shimchasining omonimligi kuzatilmagan, chunki faqat fe'l yasagan. "Chopiq, tiniq, yo'liqmoq" so'zlarida "-iq" qo'shimchasining omonimligi kuzatilgan, chunki ushbu yasama so'zlar turli turkumga mansub edi. ESLATMA: bir turkum doirasida omonim bo`la olmaslik xususiyati faqat ao`z yasovchi qo`shimchalar uchun xos bo`lgan xususiyatdir, ya’ni boshqa qo`shimchalar o`rtasidagi omonimlik bir turkum doirasida ham, boshqa turkum doirasida ham omonimlik hosil qila oladi. (Quyida ular haqida to`liq ma’lumot olasiz.) Agar yuqoridagi qoida tushunarli bo'lgan bo'lsa, omonim qo`shimchalar jadvalini boshlaymiz! "-m" qo'shimchasining omonimligi: sifat yasovchi: qara+m=qaram (inson) ot yasovchi: chida+m=chidam. To'pla+m=to'plam ismning munosabat shakli(egalik): hafsala+m=hafsalam, hovli+m fe'lning munosabat shakli(shaxs-son): olib keldi+m=olib keldim, borsa+m "-im" qo'shimchasining omonimligi: ot yasovchi: bit+im=bitim, tiz+im=tizim, bil+im=bilim, o`l+im sifat yasovchi: ayir+im=ayrim (insonlar) ismning munosabat shakli (egalik): kitob+im=kitobim, do`st+im * ismning munosabat shakli (qaratqich kelishigining she'riy shakli): O'zbekiston -- Vatanim manim. (Aslida-chi, mana shu oxirgisini omonim mavzuda aytmasam ham bo'ladi, chunki hech ahamiyatsiz, ismlar mavzusida qaratqich va tushum kelishigining she'riy(qisqargan) shakllari mavzusida o'rgansak, bizga shu kifoya edi. Ammo ayrim abituriyentlar internet testlarini yechishni yaxshi ko'radi, bu ham yetmagandek, telegramdagi chat guruhimizga "SHUNI JAVOBINI AYTVORILAAAA" deb asabni buzadi, internetning savollarida va ayrimlarning blok testida qaratqich kelishigining -im ko'rinishini berishi mumkinligi uchun men ham yoritib o'tdim.) "-ing"qo'shimchasining omonimligi: ismning munosabat shakli (egalik): bayroq+ing=bayrog'ing, manfaat+ing fe'lning munosabat shakli (buyruq mayli): Janjalni bas qil+ing=bas qiling. "-i"qo'shimchasining omonimligi: ismning munosabat shakli (egalik): kitob+i=kitobi, tashkiilot+i sifat yasovchi: jannat+i=jannati inson. qishloq+i=qishloqi bolalar. fe'l yasovchi: chang+i=changimoq, ranj+i=ranjimoq, tinch+i=tinchimoq, boy+i=boyimoq lug'aviy: to'zmoq+i=to'zimoq, qormoq+i=qorimoq (Aslida-chi, buni yozmasam ham bo'lardi, lekin ayrimlar...... tushunib oldingiz, shekilli.) "-si"qo'shimchasining omonimligi: ismning munosabat shakli(egalik): uka+si=ukasi fe'l yasovchi: garang+si=garangsimoq "-miz"qo'shimchasining omonimligi: ismning munosabat shakli(egalik): hovli+miz=hovlimiz juda keng. ismning munosabat shakli (bo'glama): Axir, biz inson+miz=insonmiz. Biz xalqimizning umid+i+miz=umidimiz. (bu gapda "-i" egalik va "-miz" bog'lama) fe'lning munosabat shakli (shaxs-son): Aybsizligingni isbotla+y+miz=isbohlaymiz. "-ngiz"qo'shimchasining omonimligi: ismning munosabat shakli(egalik): sizning korxoba+ngiz=korxonangiz. fe'lning munosabat shakli(shaxs-son): Siz ham yodlasa+ngiz=yodlasangiz. Uni qayatardi+ngiz=qaytardingiz. fe'lning munosabat shakli (buyruq mayli): Eshikka suyanma+ngiz=suyanmangiz. (Metroning eshigiga shunday yozilgan.) Download 113.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling