Normamatova dildora


Endi sizlar bilan qo'shimchalar o'rtasidagi omonomlikni o'rganamiz


Download 113.68 Kb.
bet29/47
Sana03.02.2023
Hajmi113.68 Kb.
#1150320
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   47
Bog'liq
Mirzabek Ustoz ma\'ruza TAYYORI

Endi sizlar bilan qo'shimchalar o'rtasidagi omonomlikni o'rganamiz.
Dastlab bitta savol beraman.
SAVOL: Qaysi gap(lar)da birinchi qo'shimchasi shakl yasovchi qo'shimcha bilan, ikkinchi qo'shimchasi sifat yasovchi qo'shimcha bilan omonim bo'la oladigan so'z(lar) aniqlovchi vazifasida kelgan?
1) Bilimdon va tadbirkor yoshlar Vatanimizning kelajagi hisoblanadi.
2) Ishsizlik ildiziga bolta urdik.
3) Sizga jo'shqinlik yetishmayapti.
4) Hasharga yig'ilganlar fidokorona ishladi.
A) 1, 2, 3, 4. B) 2, 3. C) 2. D) 1, 2.
Avval tayyorlanganlar ushbu savolni quyida qoldirilgan bo`sh o`ringa tahlil qilib ishlasin va mavzuni davom ettirsin. Avvval bu mavzuni o`qimaganlar esa ayni damda ishlashlari shart emas.

Ishlab ko`rdingizmi? Endi javobingizni quyidagi to`g`ri javob bilan taqqoslang.


Yuqoridagi savolning javobi C. edi, chunki "bilimdon" so'zi aniqlovchi, lekin javobga olinmaydi, -don bu so'zda sifat yasagan, so'z yasovchilar hech qachon bir turkumda omonim bo'lmaydi.“Jo'shqinlik” so'zidagi qo'shimchalar aytilgan talabga javob beradi, lekin bu so'z ega vazifasini bajargan. “Ishsizlik” so'zidagi qo'shimchalar aytilgan talabga javob beradi va bu so'z aniqlovchi vazifasini ham bajargan, ya'ni to'g'ri javob. 4-gap tahlil qilinishi ham shartmas.
Endi sizlarga
OMONIM QO'SHIMCHALAR HAQIDA MA'LUMOT
berishni boshlayman.
QOIDA:Yozilishi va o'qilishi (ya'ni shakli) bir xil, biroq vazifasi har xil bo'lgan qo'shimchalarga OMONIM QO'SHIMCHALAR deyiladi, masalan: o'qiding va hovling so'zlari tarkibidagi "-ng" qo'shimchasining yozilishi va o'qilishi bir xil, lekin birida shaxs-son "-ng" , ikkinchisida esa egalik "-ng" edi. Bugungi mavzuda nihoyasiz "masalan"larni ko'rasizlar, lekin quyidagi qat'iy qoidaga e'tiborli bo'linglar: 👇👇👇


QAT'IY QOIDA:So'z yasovchi qo'shimchalar o'rtasidagi omonimlik hech qachon bir so'z turkumini yasovchi qo'shimchalar o'rtasida yuzaga kelmaydi, ya'ni so'z yasovchilar o'rtasidagi omonimlik turli turkumni hosil qilganidagina omonim bo'la oladi: "kuldon" , "qalamdon" so'zlarining tarkibidagi "-don" so'z yasovchi qo'shimchasi ayni shu so'zlarda omonim emas, chunki ikkalasida ham ot yasagan, ya'ni bir turkumga oid yasama so'z hosil qilgan. "bilimdon" , "qadrdon"so'zlari tarkibidagi ayni ikkita "-don" qo'shimchasi ham omonim emas, chunki ikkalasida ham sifat yasagan, ya'ni bir turkumga oid yasama so'zlarni hosil qilgan.

Download 113.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling